|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 139/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
ANPR: Avtomobil davlat raqamini avtomatik aniqlash.
U quyidagicha ishlaydi: transport vositasi ANPR kamerasi
qarshisidan oʻtayotganda uning registratsiya raqami oʻqiladi va
darhol politsiya qiziqtiradigan transport vositalari yozuvlarining
maʼlumotlar bazasida tekshiriladi. Kamera qarshisidan oʻtuvchi
barcha transport vositalarining yozuvlari saqlanadi. ANPR
texnologiyasidan foydalanish huquqbuzarliklarni aniqlashda,
masalan, oʻgʻirlangan yoki sugʻurta qilinmagan transport
vositalarini topish, terrorizm, shuningdek, uyushgan jinoyatchilik
ishlarini ochishda yordam berishi mumkin.
6.15 Nazorat va kuzatuv tizimlari
Bular ish beruvchilarga istalgan vaqtda xodimlarning qayerda
ekanini koʻrish uchun ular bilan aloqada boʻlish imkonini
beruvchi real vaqt tizimlaridir. Bu odatda mobil telefonida
ilova boʻlgan har bir xodimda ishlaydi; keyinchalik ish beruvchi
xodimlarining joriy geolokatsiyasini tekshirish imkonini
beruvchi veb-portalni koʻrish uchun onlayn hisob ochishi
mumkin.
Ilovada odatda “geolokatsiyani yuborish” tugmasi ham boʻladi
va u xodimga joriy geolokatsiyada roʻyxatdan oʻtish imkonini
beradi.
Agar telefonlarida “geolokatsiyani yuborish” funksiyasi
faollashtirilgan boʻlsa, smartfonga ega jamiyat aʼzolarini
kuzatish ham mumkin. Agar sayohat qilayotgan boʻlsangiz,
unda u shartnomangizdagi trafikdan foydalanadi, chunki u
doim internetga ulangan boʻladi. Bu qimmatga tushishi va
boshqalarning sizni kuzata olishini xohlamasligingiz mumkin, shu
sababli ushbu funksiyani yoqishdan oldin yaxshilan oʻylab koʻring.
Cookie fayllar
Siz kiradigan veb-saytlarning koʻpchiligi
cookie fayllardan
foydalanadi. Yaʼni ular siz bilmagan holda yoki sizning
roziligingizni soʻragan holda kompyuteringizning qattiq diskiga
“cookie fayl” deb ataluvchi kichik faylni yozadi.
|
| |