• 6.10-SAVOL Kompyuteringizda saqlangan cookie faylni qanday oʻchirishni oʻrganing. 88 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
  • Sunʼiy yoʻldosh tizimlari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    6.16 Sunʼiy yoʻldosh tizimlari
    Istalgan vaqtda qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar,
    “koʻrinadigan” bir nechta GPS sunʼiy yoʻldoshlar bor boʻladi.
    Ularning har biri smartfoningiz yoki sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi
    kabi GPS qabul qiluvchiga signal yuboradi. Ular sunʼiy
    yoʻldoshning joylashuvi va joriy vaqt haqidagi maʼlumotlarni
    uzatadi, bu maʼlumotlar muayyan vaqt oraliqlarida uzatiladi
    hamda yorugʻlik tezligida harakatlanadi. Sizdagi qabul qiluvchi
    signallarni tutgach, xabarlarning yetib kelishiga qancha vaqt 
    ketgani haqidagi maʼlumotlardan foydalanib har bir sunʼiy
    yoʻldosh qanchalik uzoqlikda ekanini hisoblaydi. Qabul qiluvchi
    kamida uchta sunʼiy yoʻldoshdan qanchalik uzoqda ekanini bilib
    olgach, 
    trilateratsiya deb ataluvchi jarayon yordamida tuzgan 
    yeringizni aniqlaydi (6.21-rasm).
    A
    B
    C
    6.21-rasm. Trilateratsiya: GPS qabul qiluvchi sariq sunʼiy
    yoʻldoshdan signalni tutadi, siz sariq aylananing qayeridadir
    turgan boʻlishingiz kerak; agar u koʻk va qizil sunʼiy
    yoʻldoshlardan ham signallarni tutsa, siz uchta sunʼiy yoʻldosh
    signallari uchrashgan qora nuqtadasiz.
    6.10-SAVOL
    Kompyuteringizda saqlangan cookie faylni qanday oʻchirishni
    oʻrganing.
    88
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Agar, safarni boshlashdan oldin, sunʼiy yoʻldosh
    navigatsiyangizni bormoqchi boʻlgan yeringiz haqidagi
    maʼlumot bilan dasturlasangiz, navigatsiya manzilingizga
    eng tez olib boruvchi yoʻnalishni hisoblab beradi. Lekin,
    xohlasangiz, yurmoqchi boʻlgan yoʻnalishingiz boʻylab
    turli 
    yoʻl nuqtalarini kiritish orqali boshqa yoʻnalishni
    tanlashingiz mumkin.
    Geografik axborot tizimlari (GIS)
    GIS (Geographic Information Systems) Yer sirtidagi 
    joylashuvlarga oid maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, tekshirish
    va namoyish etishga moʻljallangan kompyuter tizimidir; u bitta
    xaritada har xil turdagi maʼlumotlarni koʻrsata oladi.
    Tizim aholi, ularning daromadi yoki taʼlim darajasi haqidagi
    axborotlar, shuningdek, yer, masalan, daryolar va soylar, 
    oʻsimlik turlari yoki tuproq haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga
    olishi mumkin. Unda zavodlar, fermer xoʻjaliklari, maktablar,
    drenajlar, yoʻllar, elektr quvvati liniyalari va boshqa turdagi
    koʻplab maʼlumotlar boʻlishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish