7-bob: Tizimlarning hayot davri




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

93
7-bob: Tizimlarning hayot davri


7.02 Loyihalash
Barcha kompyuter tizimlar quyidagilardan tashkil topadi:
kiritish;
ishlov berish;
chiqarish;
saqlash.
Ma’lumotlarni chiqarish dizayni
Dizayn bosqichining maqsadi natijaning qanday koʻrinishga 
ega boʻlishini hal qilishdir. Ishni notoʻgʻridek koʻringan 
narsadan boshlash noodatiy tuyulishi mumkin, ammo 
tahlilchining vazifasi muayyan ishni bajaradigan tizimni 
yaratishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, eng muhim 
qism – tashkilot 
yakunda nima xohlayotganini hal qilishdir. 
Agar mijozga natija yoqsa, uning butun yechimni qabul qilishi 
ehtimoli yuqori boʻladi.
Tasavvur qiling, mijoz pochta orqali yetkazib berish 
kompaniyasi. U tahlilchidan telefon operatoriga buyurtmalarni 
telefon orqali qabul qilish imkonini beruvchi tizim ishlab 
chiqish soʻraydi. Mijoz operatorning mahsulot bor yoki 
yoʻqligiga aniqlik kiritib boʻlgandan keyin buyurtmani qabul 
qilishni xohlaydi. Ularga tizim buni qanday bajarishi aslida qiziq 
emas. Tahlilchi ekranga chiqariladigan ma’lumotning loyihasini 
ishlab chiqadi, keyin uning prototipini yaratadi. Bu 
prototip 
yetarlicha haqiqiy boʻlib, mijoz va xodimlarga ular bajarishni 
xohlagan vazifalar uchun mos kelish-kelmasligini aytish 
imkonini beradi.
Ekranga chiqarilayotgan ma’lumot loyihalashtirishda 
maketning toʻgʻri ishlab chiqilganiga eʼtibor qaratish kerak. 
Ekranda chiqadigan kontent undan foydalanadigan insonlarga 
tushunarli boʻlishi lozim. Barcha bosqichlarda mijoz va 
tizimdan foydalanadigan xodimlar ekranga chiqariladigan 
ma’lumot dizaynlarining mos kelishi-kelmasligi yuzasidan fikr 
bildira olishi kerak.
7.02-rasm Tahlilchi mijozning dizayn boʻyicha fikr bildirayotgan 
xodimlari bilan.
Mijoz chiqarilayotgan har bir ma’lumotda kompaniyaning 
logotipi boʻlishi hamda fon uchun korporativ rangdan 
foydalanishni xohlashi mumkin. Xodimlardan biri esa 
ayrim ranglarni ajrata olmasligi, natijada baʼzi ranglardan 
foydalanmaslik talab etilishi mumkin. Bu kabi tafsilotlar tahlil 
bosqichida aniqlanishi kerak. Tahlilchini oldingi bosqichga 
qaytishga, talab etilgan parametrlarni, shuningdek, dizaynni 
oʻzgartirishga majbur qiluvchi koʻplab holatlar yuz berishi 
mumkin.

Download 132,8 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish