Ma’lumotlarni kiritish dizayni
Chiqariladigan ma’lumot ishlab chiqilgandan keyin kiritilishi
kerak boʻlgan ma’lumoti aniq boʻladi. Shundan soʻng
kiritish
ekranlarini ishlab chiqish mumkin. Ushbu kiritish ekranlari
xuddi chiqarish ekranlaridagi kabi bir xil prototip yaratish
jarayonidan oʻtadi. Biroq kiritiluvchi maʼlumotlarning
hammasi
ham ekran orqali kiritilmaydi. Tahlilchi maʼlumotlarning
qanday toʻplanishi haqida qaror qabul qilishi va ularni kiritish
usulini ishlab chiqishi kerak. Masalan:
• Maʼlumotlarni avtomatik toʻplashdan foydalaniladimi?
Masalan, sensor binoga kimdir kirganini yoki jarayon
harorati qanday ekanini tizimga xabar beradi.
• Soʻrovmalardan
(maʼlumot toʻplash shakllari)
foydalaniladimi? Agar foydalanilsa, javoblar varaqasi
maxsus OCR mashinasi oʻqiydigan qilib ishlab chiqiladimi?
• Maʼlumotlar klaviatura yordamida
kiritiladimi yoki ekran
yordamidami?
Maʼlumotlar tizimga kiritilganda uning toʻgʻriligi tekshirilishi
kerak. Chunki kompyuter tizimidagi maʼlumotlar qancha yaxshi
boʻlsa, tizimning oʻzi ham shuncha yaxshi boʻladi.
Shu sababli
kiritilayotgan maʼlumotlar tekshirilishi va tasdiqlanishi kerak.
7.03-rasm. Maʼlumot toʻplash shakli namunasi.
7.04-rasm. Hisobotning printerda chop etilishidan avvalgi
koʻrinishiga misoln.
7.05-rasm. Xodim haqidagi hisobotning printerda chop etilgan
koʻrinishiga misol.
7.06-rasm. Ekran maketi koʻrinishining namunasi.