|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 159/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik7.05 Hujjatlashtirish
Tashkilotga axborot tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun
tizimning har bir qismi qanday ishlashini taʼriflab beruvchi
texnik qoʻllanma va axborot tizimi foydalanuvchilariga
undan qanday foydalanishni tushuntiruvchi
foydalanuvchi
qoʻllanmasi talab etiladi.
Qoʻllanmalar tizim ishlab chiqilayotgan vaqtda yaratilishi
kerak. Bu, ayniqsa, texnik qoʻllanma uchun muhim. Chunki
yechim ustida bir nechta odam ishlashi aniq va bunga
aloqador har bir shaxs boshqalar nima qilayotganini bilishi
shart.
Texnik hujjatlar
Texnik qoʻllanma texnik xodim texnika qanday ishlashini
tushunishi uchun kerak boʻladigan yechim haqidagi
maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. U tizimni yangilash yoki
undagi muammoni hal qilish uchun zarur. Unga quyidagilar
kiradi:
• Tizimdan maqsad: mijoz bilan kelishilgan holda tizim
tomonidan hal qilinadigan muammoning taʼrifi. Bu taʼrif
yechim miqyosini oʻlchash vositasini taqdim etadi va
bevosita keyingi bandga olib oʻtadi.
7.06-SAVOL
Uchta dastur misoli ajratib koʻrsatilgan ushbu moduldagi
1-savolga qarang. Har bir dastur uchun quyidagilarni
koʻrib chiqing:
• kerakli maʼlumot fayllari va ular qanday qilib ishlab
chiqarilishi, fayl ichidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini
taʼminlash uchun qanday choralar koʻrilishi;
• amalga oshirishning turli usullari.
Har bir misol uchun nima sababdan ayrim amalga oshirish
usullari mantiqiy emasligi va qay biridan foydalanish
kerakligini asoslab bering.
Amalga oshirish usuli
Afzalliklar
Kamchiliklar
Sinov amaliyoti: yangi tizim tashkilotning
boʻlimlaridan birida tekshiruvdan oʻtadi
yoki sinab koʻriladi. Sinov amaliyoti
muvaffaqiyatli oʻtsa, yangi tizim tashkilot
boʻylab amalga oshiriladi.
Agar yangi tizimda muammo yuzaga kelsa, ushbu
muammo tashkilotning faqat bir boʻlimiga taʼsir
qilishi uchun tizimdagi har bir funksiya toʻliq
sinaladi.
Sinovda ishtirok etgan xodimlar qolgan xodimlarni
tayyorlaydi.
Agar muammo yuzaga kelsa,
sinov amaliyoti oʻtkazilgan
boʻlimda maʼlumotlar zahirasi
boʻlmaydi.
Bevosita oʻtish: eski tizim toʻxtatiladi va
yangi tizim ishga tushadi.
Oʻzgartirish oson.
Kam vaqt va kam harakat talab etiladi.
Agar yangi tizimda xato yuz
bersa, maʼlumot yoʻqotilishi
mumkin.
Zaxira nusxasi yoʻq.
Bosqichma-bosqich amalga oshirish:
yangi tizim bosqichma-bosqich, sekin-
asta eski tizim oʻrnini bosguniga qadar
amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilar yangi tizim bilan bosqichma-
bosqich tanishib chiqishiga imkon beradi.
Har bir bosqichda xodimlarga mashgʻulot o‘tish
mumkin.
Agar yangi tizimning biror
qismida xato yuz bersa, zaxira
mavjud emasligi sababli
maʼlumot yoʻqotiladi
Parallel ishga tushirish: yangi tizim ishga
tushiriladi va yangisining talab etilgan
darajada ishlayotganiga ishonch hosil
boʻlmaguncha, eski tizim u bilan yonma-
yon ishlaydi.
Agar yangi tizimda muammo boʻlsa, eski tizim
zaxira sifatida ishlashda davom etadi.
Yangi tizim toʻgʻri ishlayotganini tekshirish uchun
ikkala tizim chiqarib berayotgan maʼlumotlarni
solishtirish mumkin.
Maʼlumot ham eski, ham yangi
tizimga kiritilishi kerak boʻlgani
uchun uzoq vaqt va harakatni
talab etadi hamda ancha
qimmat.
7.03-jadval. Turli usullarda amalga oshirishning afzallik va kamchiliklari.
|
| |