• Bevosita oʻtish
  • Bosqichma-bosqich amalga oshirish
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologi




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet157/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    98
    9-sinf Informatika va axborot texnologi
    yalari


    Kamchiligi – xodimlar oʻz vaqtlari hisobidan mashgʻulot 
    oʻtishlari kerak.
    Tizimni amalga oshirish
    Yangi tizim toʻrt usulda amalga oshirilishi mumkin.
    Misol tariqasida nomzodlarning natijalarini saqlash, barcha 
    fanlar boʻyicha har bir nomzodning natijalarini solishtirish, har 
    bir nomzod uchun natijalarni chiqarish va bu natijalarni dunyo 
    boʻylab imtihon markazlariga yuborish uchun foydalanadigan 
    tizimni oʻzgartirishi kerak boʻlgan imtihon kengashini koʻrib 
    chiqish mumkin. Soʻnggi vaqtda imtihondan oʻtuvchi 
    nomzodlarning soni keskin oshgani sababli tizim sekinlashgan 
    va ishonchsiz boʻlib qolgan.
    Bevosita oʻtish
    Eski tizim oʻchirilgan va yangi tizim ishga tushirilgan. Eski 
    tizimdan foydalanishning imkoni yoʻq. Agar biror xato yuz 
    bersa, eski tizimga qaytish yoki imkonsiz, yoki juda qiyin. 
    Bu oddiy amalga oshirish usuliga oʻxshasa-da, puxta 
    rejalashtirishni taqozo etadi. Barcha fayllar yuklangan 
    boʻlishi va foydalanishga tayyor turishi kerak hamda 
    hamma xodimlarga mashgʻulot oʻtilgan va tizim toʻliq 
    sinovdan oʻtgan boʻlishi kerak.
    Yuqorida imtihon kengashi haqidagi misolda oʻzgartirish 
    vaqtida saqlab qolinishi kerak boʻlgan juda muhim 
    maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, natijalarni ishlab 
    chiqaradigan qism toʻgʻri ishlamasa, natijalar vaqtida ishlab 
    chiqarilmaydi. Bu tashkilot uchun vaqtning ahamiyati katta 
    ekaniga juda muhim misol boʻlib, shuning uchun bevosita 
    oʻtish usuli mos kelmaydi.
    Bevosita oʻtishning afzalligi – uni amalga oshirish oddiy 
    va arzon, kamchiligi esa, agar toʻgʻri rejalashtirilmasa va 
    sinalmasa tashkilot faoliyati toʻxtab qolishi mumkin.
    Bosqichma-bosqich amalga oshirish
    Bosqichma-bosqich amalga oshirishda tizimning bir qismi 
    oʻzgartiriladi, qolgan qismi esa eski usulni qoʻllashda davom 
    etadi
    Bizning misolda baholar yangi kiritish usullarini yordamida 
    yangi kompyuterlashgan tizimdan kiritilishi mumkin. Qayta 
    ishlash va natijalarni chiqarish esa eski tizimda amalga 
    oshiriladi. Bu eski tizimning ma’lumotlarni qayta ishlash qismi 
    yangi tizimning ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi dasturiy 
    taʼminotiga almashtirilayotganida yangi kiritish tizimini toʻliq 
    sinab koʻrish imkonini beradi.
    Buning kamchiligi shuki, ikkita tizim bir vaqtning oʻzida ishlashi 
    natijasida xodimlar bitta maʼlumotni qayta ishlash uchun 
    ikkita har xil tizimdan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Ammo 
    muhim dasturlarda qoʻshimcha ish bajarilishi oʻzini oqlaydi. 
    Eʼtibor bering, barcha fanlar boʻyicha hamma nomzodlarning 
    turli natijalari bir vaqtning oʻzida bir xilda koʻrib chiqiladi. 
    Tizim foydalaniladigan maʼlumotlarga emas, qayta ishlash 
    jarayoniga koʻra taqsimlangan.
    Tizim toʻliq amalga oshirilguniga qadar, keyingi bosqichda 
    tizimning boshqa qismi oʻzgartirilishda davom etadi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish