Biror dasturiy taʼminot uzluksiz ishlash-ishlamasligini uzil-
kesil tekshib boʻlmasligini yodda tuting. Ikkita sonni bir-biriga
qoʻshadigan oddiy dasturni tasavvur qiling. Mantiqan, uning
ishlashini tekshirish uchun 3 va 4 sonlarini kiritish kerak.
Agar dasturiy taʼminot 7
javobini chiqarsa, sinovdan oʻtgan
hisoblanadi. 5 va 9 sonlari kiritilsa-chi? 7 va 3,5 sonlari kiritilsa-
chi? Dasturiy taʼminot uzluksiz ishlayotganini koʻrsatish uchun
cheksiz sonlarni kiritish mumkin, ammo buning imkoni yoʻq.
Dasturiy taʼminot ishlamayotganini isbotlovchi sinov haqida
oʻylab koʻrish toʻgʻriroq yondashuv boʻladi.
Agar sinovda xato
chiqmasa, demak u ishlayapti deb taxmin qilinadi.
Agar sinov yechimning bir qismi toʻgʻri ishlamayotganini
koʻrsatsa, shu bobning boshida siz koʻrgan zinapoya modelini
koʻrib chiqing. Biror narsa toʻgʻri ishlamasa, mutaxassis
muammoga sabab boʻlgan loyiha
yoki tahlil qismini topish
uchun ishni qayta koʻrib chiqishi va unga sinov natijalari
asosida yana bir nazar solishi kerak boʻladi. Spetsifikatsiya
yoki loyihaga, yoki ikkalasiga ham oʻzgartirish kiritilishi kerak
boʻlishi mumkin.
Mijoz doim sinov rejasining ishtirokchisi boʻlishi kerak.
Dasturiy
taʼminot kelishilgandek ishlashiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar sinov rejaga mos ravishda bajarilsa va natijalar qoniqarli
boʻlsa, mahsulot qabul qilinadi va keyingi bosqichga oʻtiladi.