|
Talab etilgan parametrlarga muvofiqlikni Pdf ko'rish
|
bet | 163/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikTalab etilgan parametrlarga muvofiqlikni
baholash
Yechim ishlab chiqilishidan oldin tizim tahlilchisi va
buyurtmachi tashkilot tayyor yechim bajarishi kerak boʻlgan
qator vazifalarni kelishib olgan. Bu vazifalar talab etilgan
parametr, tizim muvaffaqiyatli ishlashi uchun bajarilishi
kerak boʻlgan talablar roʻyxati edi. Agar tizim bu talablarga
javob bermasa, muammo hal etilmagan boʻlishi mumkin.
Yechim barcha talablar bajarilganidagina muvaffaqiyatli
deb hisoblanadi. Sinov rejasi talablar bajarilgani va dasturiy
taʼminot undan talab qilingan barcha narsani bajarayotganini
tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish uchun tuzilgan. Bundan
tashqari, foydalanuvchilardan tizimni amalga oshirish jarayoni
qanday oʻtgani va u qanchalik yaxshi ishlayotgani haqidagi
fikrlarini soʻrash kerak. Chunki odatda foydalanuvchilar
kompyuter savodxonligiga ega sinovchilar oʻylamagan
muammolarni topadi.
Cheklovlar va takomillashtirish
Baholash natijasida zaruriy oʻzgarishlar roʻyxati tuzilishi
mumkin.
Ayrim oʻzgarishlar talablar xususiyati va taqdim etilgan
mahsulotlar oʻrtasidagi nomuvofiqliklarni – cheklovlarni
bartaraf etish uchun zarur. Sinovning bu turi funksional
sinov sifatida mashhur. Funksional sinov yechimning
mukammalligini yoki u eng yaxshi usulda amalga
oshirilayotganini isbotlamasa-da, oʻziga qoʻyilgan barcha
talablarga muvofiq ekanidan dalolat beradi.
Boshqa oʻzgarishlar tizimdan foydalanish vaqtida aniqlangan
takomillashtirishlarni, ehtimol, mijozning oʻzgaruvchan
ehtiyojlariga javoban yoki tashqi muhitdagi oʻzgarishlarga
moslashishiga taalluqli boʻladi.
Doimiy baholash orqali tizimni takomillashtirib borish
mumkin. Muammolarni hal qilish yoki takomillashtirishni
amalga oshirish uchun istalgan avvalgi bosqichga qaytishingiz
mumkinligini koʻrsatuvchi zinapoya modeliga qayting (7.01-
rasm). Oʻzgarishlarni kiritishda texnik hujjatlarga havola berish
juda muhim. Shuningdek, kiritilgan barcha oʻzgarishlarni qayd
etish uchun hujjatlarni yangilab borish zarur.
|
| |