|
• Qurilma va dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar Pdf ko'rish
|
bet | 161/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik• Qurilma va dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar:
tizim faoliyati uchun zarur boʻlgan qurilmalar roʻyxati,
jumladan, zaxira tanlovini asoslab berish uchun kerakli
fayllarning taxminiy hajmi keltirilgan. Serverlar, tashqi
qurilmalar, xotira qurilmalari, tarmoq va foydalanuvchi
terminallari oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatuvchi diagrammalar
mavjud boʻlishi mumkin. Dasturiy taʼminot talablari,
jumladan, xarid qilingan, oʻzgartirilgan yoki maxsus
yozilgan dasturiy taʼminot tafsilotlari ham koʻrsatilishi
kerak. Dasturiy taʼminotning ishlashi uchun kerak boʻlgan
tizimga nisbatan qoʻyilgan minimal talablar ham keltirilishi
kerak.
• Tekshirish amaliyoti: tekshirish funksiyasini qoʻllash
sabablari, shuningdek, tekshirish funksiyasini sinovdan
oʻtkazish uchun qoʻllash mumkin boʻlgan turli sinov usullari
avvalroq ushbu bobda keltirilgan. Kiruvchi maʼlumotlarni
tekshirishda ishlatiladigan turli tekshirish amaliyotlariga
oid tafsilotlar texnik hujjatlarning ushbu ruknida keltirilgan.
Foydalanuvchi hujjatlari
Foydalanuvchi hujjatlari tizimdan foydalanadigan shaxslar
uchun taqdim etiladi. Foydalanuvchilarga tizim qanday
ishlashining texnik tafsilotlari kerak emas, lekin ular tizimning
xususiyatlari va funksional imkoniyatlarini bilishi kerak. Bu
hujjat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
• tizimning maqsadi;
• tizimning cheklovlari;
• uning qurilma qismi va dasturiy taʼminotiga oid talablar;
• atamalar lugʻati.
Tizimning maqsadi – foydalanuvchi tizimni nima uchun
ishlatishi mumkinligini tushunishi va shunchaki bayon qila
olishidan iborat. Cheklovlar hamda qurilma va dasturiy
taʼminot talablari ham xuddi shunday. Bu rukn uni nima
uchun va qanday qoʻllash haqida. Atamalar lugʻati hujjatlarda
uchraydigan barcha texnik atamalar bilan tanish boʻlmagan
foydalanuvchilar uchun zarur.
|
| |