• Elektr energiyasi tarmogʻining haddan ortiq yuklanishi nima
  • Elektr energiyasi tarmogʻining haddan ortiq yuklanishi
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Vahimaga tushmang.
    Kompyuteringizni darhol elektr toki manbaidan uzing 
    (kompyuteringiz dasturiy taʼminot yordamida oʻchishini 
    kutmang). Kompyuterni zudlik bilan oʻchirsangiz, uning 
    ichidagi elektronikani shikastlanishdan saqlab qolishingiz 
    mumkin.
    • Yumshoq mato yordamida imkoni boricha koʻproq 
    suyuqlikni quritib oling.
    • Kompyuteringizga ulangan har qanday kabellar, jumladan
    USB komponentlar, kartalar va boshqa har qanday tashqi 
    qurilmalarni uzib qoʻying.
    • Noutbukni yoki klaviaturani yuz tarafini pastga qaratib, 
    ichidagi suvni tushirish uchun ehtiyotkorlik bilan ikki 
    tarafga harakatlantiring. Uni silkitmang! Uning ichidan koʻp 
    suyuqlik chiqib ketishi kerak.
    • Qolgan suyuqlik chiqib ketishi uchun uni stol ustida yuz 
    tarafi pastga qaragan holatda qoldiring.
    • Taxminan 24 soat oʻtganidan keyin uning sirtini yumshoq 
    va nam mato bilan arting.
    Eng sodda va eng yaxshi maslahat: kompyuter yoki boshqa 
    qurilmada ishlayotganingizda uning oldida ichimlik ichmang!
    Elektr energiyasi tarmogʻining haddan ortiq 
    yuklanishi nima?
    Uzaytirish kabelida birdan ortiq qurilmani ulashga imkon 
    beruvchi bir nechta rozetka boʻlsa, barcha qurilmalar ulab 
    boʻlingandan soʻng, ular birgalikda uzaytirish kabeli uchun 
    belgilangan maksimal koʻrsatkichdan koʻproq tok isteʼmol 
    qiladi. Bu 
    elektr energiyasi tarmogʻining haddan ortiq 
    yuklanishi boʻlib, u rozetkadagi vilkaning haddan tashqari 
    qizib ketishiga va ehtimol yongʻin chiqishiga olib kelishi 
    mumkin.
    106
    9-sinf Informatika va axborot texnologi
    yalari


    KALIT SOʻZLAR
    Elektr energiyasi tarmogʻining haddan ortiq yuklanishi: 
    elektr zanjirining haddan ortiq zoʻriqishi - bitta rozetkaga juda 
    koʻp elektr jihozlari ulangani sababli elektr sim yoki elektr 
    zanjiri orqali u koʻtara oladiganidan koʻproq tok oʻtishi tufayli 
    sodir boʻladi.
    Vilkalar yoki rozetkalarning qizib ketishi yoki saqlagichlarning 
    kutilmaganda kuyishi, rozetkalar yoki vilkalarda uchqunlar yoki 
    kuyish alomatlarining kuzatilishi xavfli belgilar hisoblanadi.
    Shunday holat yuz bersa, mahkamlanmagan simlar 
    yoʻqligini, devordagi har bir rozetka uchun bitta uzaytirgich 
    ishatilayotgani va bir uzaytirish kabeli boshqasiga ulab 
    qoʻyilmaganini tekshiringiz kerak.
    Quvvat hajmini kuchlanishga boʻlib, tok kuchini hisoblashingiz 
    mumkin. Misol uchun, agar sizda 1000 vatt quvvatga ega 
    elektr jihozi boʻlsa va u 120 voltda ishlasa, ularni boʻlish orqali 
    20 amperlik zanjirning qariyb yarmi allaqachon band ekanini 
    koʻrasiz. Bunday maʼlumotni odatda qurilmaning orqa, tag 
    tarafi yoki uning simiga yopishtirilgan yorliqdan topsa boʻladi.
    1000 vatt
    _________ 
    120 volt = 8.33 amper
    Yodda tuting, uzaytiruvchi kabel rozetkasiga bir nechta 
    qurilma ulangan boʻlsa, bu qurilmalarning tok kuchini qoʻshib 
    hisoblashingiz kerak (8.02-rasm).
    8.02-rasm. Elekt energiyasi tarmogʻining haddan ortiq yuklanishi 
    haqida oʻylab koʻring!

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish