|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 168/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik8.01 Xavfsizlik texnikasi
muammolari
Kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari bir-biriga ulanishi
kerak boʻlgan elektr qurilmalar boʻlib, buning uchun bir qancha
kabellar va elektr toki manbai talab etiladi. Bunga tarmoq
yaratish uchun bir nechta kompyuterni kabellar yordamida
ulash imkoniyatini qoʻshsangiz, atrof simlarga toʻlib ketadi.
Buning natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfsizlik
texnikasi muammolarining oldini olish uchun oddiy ehtiyot
choralarini koʻrish mumkin.
Ideal holatda, kompyuterlarni oʻrnatish puxta rejalashtirilgan
boʻlishi, kabellar esa yaxshilab berkitilishi va ishga xalaqit
qilmasligi kerak. Ammo koʻpincha bunday boʻlmaydi. Bu
kabellar juda xavfli boʻlishi, kimdir ularga qoqilib ketishi
mumkin. Agar kabellar osilib turgan boʻlsa va xavfsizlik
texnikasi muammolarini keltirib chiqarayotgan bo‘lsa, sim
bogʻichlardan foydalanib, ularni mahkamlab birlashtirish va
odamlardan uzoqroq tutish mumkin.
Ichimliklarning toʻkilib ketishi!
Kompyuter va qurilmalarning aksariyati elektr toki manbaiga
ulangan holda ishlaydi. Shu sababli ham tok urish xavfidan
saqlanish uchun ehtiyot boʻlish zarur.
Agar kompyuteringiz yoki qurilmangiz ustiga ichimlik toʻkilib
ketsa, unga zarar yetishi va siz jarohatlanishingiz mumkin!
Qurilmaga tasodifan ziyon yetkazmaslik yoki oʻzingizga
shikast yetmasligi uchun kompyuteringiz oldiga ichimlik
qoʻymasligingiz kerakligi aytilgan boʻlsa kerak. (8.01-rasm).
Toʻkilib ketgan ichimlik qanday muammo keltirib chiqarishi
mumkin? Maʼlumotlar kompyuterning komponentlari orasida
elektr toki yordamida harakatlanadi. Elektr toki manbaiga
ulangan holatda ushbu komponentlarga suyuqlik toʻkilib
ketadigan boʻlsa, ikkita nuqta tasodifan bir-biriga ulanib
qolishi va sxemaning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Nima yuz berishi mumkin? Bu klaviatura, asosiy plata, xotira
yoki protsessorga taʼsir qilishi mumkin.
8.01-rasm. Kompyuteringiz ustiga ichimlik toʻkib yuborishdan
ehtiyot boʻling!
Klaviaturangiz ustiga ichimlik toʻkilib ketsa, nima qilish kerak?
|
| |