Mahkamlanmagan kabellar Kompyuterlarga odatda elektr yoki tarmoq kabellari kabi
koʻplab kabellar ulanishini koʻrgan boʻlsangiz kerak. Bu
kabellar pol ustidan oʻtadigan boʻlsa, odamlarning qoqilib
ketishi xavfi yuzaga keladi.
Kimdir kabelga qoqilib ketsa nima boʻladi? Odamga shikast
yetishi yoki uni elektr toki urishi mumkin. Agar vilka qurilma
ishlab turganida chiqarib olinsa, sim yoki vilka shikastlanishi,
kabelga ulangan uskunalar stol ustidan tortib olinsa, ularga
zarar yetishi mumkin.
Elektr toki urishi yoki yongʻin yuzaga kelishi bilan bogʻliq
ehtimoliy xatarlar sababli salomatlik va xavfsizlikni taʼminlash
uchun poldan tortilgan kabellarning bari kabel kanallari ichida,
gilam yoki pol tagida boʻlishi kerak.
Kompyuter jihozlariga aloqador boshqa xatarlar Koʻpincha kompyuter uskunalari ogʻir boʻlgani uchun uni
joyidan siljitsangiz yoki kimningdir ustiga tushib ketsa,
shikastlanish xavfi yuzaga keladi.
Yangi printerni sotib oladigan boʻlsangiz, u odatda
kompyuterga ulanadi. Shuning uchun uni qayerga
joylashtirishni hal qilishingiz kerak boʻladi. Katta ehtimol bilan
siz uni kompyuter yonidagi stolga qoʻyasiz. Lekin bunday
qilishdan oldin oʻzingizga ikkita savol bering: stol shuncha
ogʻirlikni koʻtarishga moʻljallanganmi? Printer stolga toʻgʻri
holatda, muvozanati buzilmay joylashadimi?
Qurilmalar qulay joylashtirilishi kerak. Uskunalar yetarlicha
mustahkam stollar yoki tokchalarga joylashtirilganiga
ishonch hosil qiling. Ular qurilma ogʻirligini koʻtara olishi
zarur va har bir burchak ostida qurilmani ushlab turadigan
darajada katta ekanini tekshirish kerak. Shuningdek,
8.03-rasm. Osilib yotgan kabellar xavf tugʻdirmasligi uchun ularni tartibga keltirish mumkin.
107 8-bob: Xavfsizlik texnikasi qoidalari
qurilmalar foydalanuvchilarning qoʻli osonlikcha yetadigan
qilib joylashtirilishi kerak. Bu qurilma printer boʻlsa, siz unga
muntazam ravishda qogʻoz qoʻyishingiz va talab etilganda
siyohni almashtirishingiz lozim boʻladi.