• 8.01-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT 8.02-SAVOL
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet172/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    KALIT SOʻZLAR
    Shaxsiy maʼlumotlar: tirik odamga tegishli maʼlumotlar 
    boʻlib, shaxsni identifikatsiya qilishi mumkin boʻlgan hamda 
    tirik odamga tegishli har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga 
    oladi.
    8.01-SAVOL
    Maktabingizdagi kompyuter tizimlarini koʻrib chiqing. Xavfsizlik 
    texnikasining barcha talablari bajarilganmi? Kompyuter 
    tizimlaridan foydalanuvchilar xavfsizlik texnikasida tavsiya 
    etilgan barcha koʻrsatmalarga rioya qiladimi?
    Uyingizda ham shunday kompyuter tizimlaridan biri 
    boʻlsa, u haqda nima deya olasiz?
    Kompyuterdan foydalanishda oʻzingiz va boshqalar uchun 
    xavf yuzaga kelmasligi uchun qanday choralar koʻrish 
    mumkinligini muhokama qiling.
    Kompyuterlar, monitorlar va printerlarning komponentlari 
    turli xildagi koʻplab toksik moddalarni oʻz ichiga olgan. 
    Ular kompyuterda ishlash vaqtida sizga yoki boshqa 
    foydalanuvchilarga taʼsir qilmaydi, ammo kompyuter 
    uskunalari qayta ishlanganda yoki tashlab yuborilganda 
    muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
    Agar maktabingiz ayrim kompyuterlarni yangilashni 
    rejalashtirayotgan boʻlsa, eski jihozlar qanday utilizatsiya 
    qilinishi kerak?
    Shaxsiy kompyuter, ekran va printer ichida nimalar toksik 
    boʻlishi mumkinligini aniqlash uchun biroz izlaning.
    Elektron chiqindilar va kompyuterlarni qayta ishlashni 
    koʻrib chiqib, sizningcha, tashlab yuborilgan kompyuter 
    uskunalarini utilizatsiya qilishning eng yaxshi usuli qaysi 
    ekani haqida xulosa qiling. Boshqalar bilan birgalikda 
    ayrim yoʻriqnomalarni ishlab chiqing.
    8.01-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
    8.02-SAVOL
    Sizningcha, qanday ma’lumot shaxsiy maʼlumot 
    hisoblanadi? Gapni odam shaxsini identifikatsiya 
    qilishning turli usullari bilan boshlashingiz mumkin.
    Shaxs identifikatsiyasi uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan 
    jismoniy xususiyatlar roʻyxatini tuzing. Endi bu roʻyxatga 
    kimnidir identifikatsiya qilish uchun uning ismidan 
    boshlab imkon qadar koʻproq usullarni qoʻshing.
    Oʻzingiz yashaydigan mamlakatda “maʼlumotlar 
    himoyasini” oʻrganing va “shaxsiy maʼlumotlar” 
    taʼrifini aniqlashga urinib koʻring. Shu va avvalgi 
    muhokamalaringizdan kelib chiqib, oʻz taʼrifingizni yozing.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish