Xakerlik hujumi qanday oqibatlarga olib




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Xakerlik hujumi qanday oqibatlarga olib 
keladi?
Xakerlik hujumi oqibatida barcha maʼlumotlaringizni 
yoʻqotishingiz mumkin. Chunki xakerlar koʻpincha fayllarni 
oʻchirib tashlaydi yoki oʻzgartiradi. Kompaniyalarda esa 
mijozlar yoki buyurtmalar haqidagi maʼlumotlarning 
oʻgʻirlanishi yoki oʻchirilishi yoxud oʻta maxfiy maʼlumotlarning 
sizib chiqishi voqelikda xavfsizlikka oid ulkan muammolarni 
keltirib chiqarishi mumkin.
Oqibatlardan biri – maxfiylikning zaiflashuvi boʻlishi 
mumkin. Kompyuterni buzib kirgan xakerlar undagi barcha 
ma’lumotlarni koʻra olishi mumkin. Hozirgi kunda insonlar 
hayotining aksariyat shaxsiy, professional va moliyaviy sohalari 
internetga koʻchgani sababli, pul yoki axborot yoʻqotishdan 
koʻra kattaroq xavf mavjud. Elektron pochtangiz yoki ijtimoiy 
tarmoqdagi akkauntingiz va shaxsiy fotosuratlaringizga kira 
olgan xaker maxfiyligingizni juda tez barbod qilishi mumkin.
8.05-SAVOL
Ehtimol, kibermakonda oʻz shaxsiy burchagingiz boʻlsa 
kerak. Siz u yerda qanday ma’lumotlar himoyalanishi 
kerakligini bilishingiz kerak. Chunki ular sizning 
axborot 
resurslaringizdir.
Elektron jadval yoki 8.01-jadvaldagi matritsadan 
foydalangan holda kompyuteringizda yoki internetda 
saqlanadigan har xil turdagi maʼlumotlar roʼyxatini tuzing. 
Masalan, shaxsiy yozishmalar, fotosuratlar, ishchi hujjatlar, 
shaxsiy maʼlumotlar, onlayn xizmatlar uchun ishlatadigan 
barcha parollaringiz va boshqalar. Har bir maʼlumot 
turi siz uchun qanchalik ahamiyatli ekani haqida oʻylab 
koʻring. Eng koʻp ahamiyatga ega axborot turlarini “Yuqori 
daraja”, eng kam ahamiyatlisini “Past daraja” va ular 
oʻrtasidagilarni “Oʻrta daraja” deb belgilang.
Maʼlumotning muhimligi uni vaqt yoki pulga almashtirish 
xarajatlari yoki uning boy berilishi obro‘yingizga qanday 
taʼsir qilishi bilan oʻlchanishi mumkin. Masalan, har 
qanday elektron xatlaringiz yoki fotosuratlaringiz 
internetda tarqalib ketishi mumkin.
8.06-SAVOL
Oʻzingiz shugʻullanadigan onlayn faoliyat uchun xuddi shu 
mashqni bajaring. Masalan, siz onlayn banking xizmatlari, 
xaridlar yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishingiz 
mumkin. Bu safar ularga begona shaxsning ruxsatsiz 
kirishi bilan bogʻliq ehtimoliy sarf-xarajatlardan kelib 
chiqib, ularning har birini alohida qiymat bilan belgilang.
Oʻzingizdagi xavfni baholash uchun 8.01-jadvalga 
oʻxshagan jadval tuzing. Kompyuteringizdagi mavjud 
maʼlumot turlarini va kompyuteringizni nima maqsadda 
ishlatishingiz haqida oʻylab koʻring. Soʻng oʻz xavfingiz 
darajasini baholash uchun quyida rang bilan ajratilgan 
katakchalar ichiga yozib chiqing.
Siz oʻquv materiallari, bank rekvizitlari, parollar, yuklab 
olingan musiqa, fotosuratlar kabi ma’lumotlarni 
kiritishingiz mumkin, lekin boshqa narsalar haqida ham 
oʻylab koʻring.

Download 132,8 Mb.
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xakerlik hujumi qanday oqibatlarga olib

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish