|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 183/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
Biometrik maʼlumotlar: insonlarni oʻzgarmaydigan jismoniy
belgilarga koʻra identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan
yozuvlar. Taniqli jinoyatchilar barmoq izlarining maʼlumotlar
bazasi bunga misol boʻlishi mumkin.
8.04-rasm. Barmoq izlari yoki qoʻlni skanerlash yordamida
biometriya.
Biometrik maʼlumotlar ikki turga boʻlinadi:
• Fiziologik biometrik maʼlumotlar inson tanasining jismoniy
jihatiga bogʻliq boʻladi (masalan, barmoq izi yoki koʻzni
skanerlash).
• Texnik biometrik maʼlumotlar imzo, husnixat tahlili va ovoz
tonini tanish kabi amallarni oʻz ichiga oladi.
Maʼlumotlar universal boʻlishi, yaʼni ular hammada mavjud
narsa boʻlishi lozim. Shaxsni aniq tanib olish uchun ular noyob
boʻlishi kerak. Shuningdek, ular doimiy boʻlishi, yaʼni inson
yoshi oʻtgani sayin sezilarli darajada oʻzgarmasligi kerak.
Biometrik qurilmalar, odatda, ikkita asosiy usullardan biri
yordamida ishlaydi: tasdiqlash va shaxsni aniqlash.
Tekshirish uchun biometrik texnologiyalar maʼlumotlarni
shaxsiy kompyuter yoki elektron seyfda ilgari saqlangan
andoza orqali barmoq izi yoki koʻz, qorachiq yoki yuz
skanerlari kabi boshqa jismoniy tokenlar bilan qiyoslaydi. Bu
autentifikatsiya, shunchaki siz oʻzingiz taklif qilayotgan shaxs
ekaningizni tasdiqlash, xolos.
Navbatdagi bosqichda indetifikatsiya qilish uchun barmoq
izi kabi element kiritilishi bilan tizim bu maʼlumotlarni
maʼlumotlar bazasida mavjud har qanday element bilan
qiyoslashga harakat qiladi. Taniqli jinoyatchilar barmoq
izlarining maʼlumotlar bazasi indetifikatsiya biometriyasiga
yaxshi namuna hisoblanadi.
Internetdagi maʼlumotlarning xavfsizligi
Raqamli sertifikat – kompyuteringizda saqlanadigan bir juft
fayldir. Ular shaxsiy imzo hamda muhrlangan konvertlarning
raqamli ekvivalentini yaratishga imkon beradi. Fayllar
|
| |