• Axborotlarni himoyalash protokoli (SSL) 8.06-rasm. Axborotlarni himoyalash protokoli. 8.06-rasmdan koʻrinadiki, axborotlarni himoyalash protokoli (SSL)
  • KALIT SOʻZLAR Axborotlarni himoyalash protokoli (SSL)
  • Demak, SSL va raqamli sertifikat oʻrtasida qanday farq mavjud
  • Raqamli sertifikat nimadan tashkil topgan?




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet185/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Raqamli sertifikat nimadan tashkil topgan?
    Raqamli sertifikat quyidagilardan iborat:
    shaxsning ismi;
    elektron pochta manzili;
    seriya raqami;
    ommaviy kalit;
    amal qilish muddati (sertifikatlar faqatgina cheklangan 
    vaqt mobaynida amal qiladi);
    raqamli imzo.
    Axborotlarni himoyalash protokoli (SSL)
    8.06-rasm. Axborotlarni himoyalash protokoli.
    8.06-rasmdan koʻrinadiki, 
    axborotlarni himoyalash 
    protokoli (SSL) siz va internetdagi boshqa kompyuter 
    oʻrtasida xavfsiz shifrlangan kanal oʻrnatadi. Masalan, 
    veb-sahifalarni koʻrish uchun u oddiy httpdan emas, https 
    protokolidan foydalanadi (tafsilotlar uchun 10-bobga qarang).
    KALIT SOʻZLAR
    Axborotlarni himoyalash protokoli (SSL): Internetda 
    xabarlarni xavfsiz yuborish xavfsizligini boshqarish protokoli.
    8.05-rasm. Ommaviy kalitni shifrlash.
    115
    8-bob: Xavfsizlik texnikasi qoidalari


    “Soketlar” soʻzi maʼlumotlar mijoz (siz) va tarmoqdagi 
    server dasturi oʻrtasidagi maʼlumotlar qanday uzatilishini 
    anglatadi. SSL ochiq va yopiq kalitlar yordamida shifrlashdan 
    foydalanadi. Bu, shuningdek, raqamli sertifikatdan 
    foydalanishni ham oʻz ichiga oladi.
    Demak, SSL va raqamli sertifikat oʻrtasida qanday 
    farq mavjud?
    Raqamli sertifikat hisob maʼlumotlaringizni hosil qiladi 
    (yuqoridagi roʻyxatdagi oltita elementga qarang), SSL esa 
    internetda xabarlarni uzatish xavfsizligini boshqaradi.
    Shifrlash
    Maʼlumotlarni shifrlash yordamida maʼlumotlar shunday 
    shifrlanadiki, ularni faqat maxfiy kod yoki kalitga ega kishi 
    oʻqishi mumkin. Bu usul kimdir oʻqiy olishi uchun bir joydan 
    boshqa joyga maxfiy xabar yuborish imkonini beradi.
    Shifrlash kalit deb ataluvchi juda katta diskret sondan iborat 
    chiqariluvchi xabarni shifrlaydi. Foydalaniladigan kalit tegishli 
    foydalanuvchining ommaviy kaliti hisoblanadi. Axborotni 
    oluvchi kompyuter keyin xabar shifrini oʻzining yopiq kaliti 
    yordamida ochishi (shifrdan chiqarishi) mumkin.
    Elektron tijoratda oʻzingiz xarid qilishingiz mumkin boʻlgan har 
    qanday internet-doʻkonga maxfiy axborotni yubora olishingiz 
    uchun shifrlash qoʻllanadi. Shu bois xaridlarni amalga oshirish 
    uchun zarur boʻlgan toʻlov rekvizitlari sir saqlanadi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli sertifikat nimadan tashkil topgan?

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish