Bilasizmi? Qariyb 90% parollarni
sanoqli soniyalarda
buzish mumkin!
Brandmauzer nima va u qanday maqsadda
ishlatiladi?
Fayervol – siz va siz ulangan
istalgan boshqa kompyuter
oʻrtasidagi himoya toʻsigʻidir. Fayervol zararli ulanishlarni
bloklash maqsadida kompyuteringiz va tashqi dunyo oʻrtasida
xabarlarni ushlab oluvchi dasturiy yoki qurilmaviy taʼminot
boʻlishi mumkin.
U quyidagicha ishlaydi. Har safar
internetga kirganingizda
turli portlar raqamlarga koʻra identifikatsiya qilinuvchi oʻzingiz
muloqot qiladigan qurilmadagi “port”ga ulanasiz. Siz eng
koʻp foydalanishingiz mumkin boʻlgan internet xizmatlari – bu
Butunjahon oʻrgimchak toʻri (odatda 80-portdan foydalanadi),
kiruvchi elektron pochta (odatda 110-port)
va chiquvchi
elektron pochta (odatda 25-port) dir.
KALIT SOʻZLAR
Fayervol: kompyuteringiz va siz ulangan istalgan boshqa
kompyuter oʻrtasidagi himoya toʻsigʻidir.
Bu kabi minglab xizmatlar mavjud
va ularning har biri port
nomeriga ega. Fayervol siz foydalanmaydigan barcha port
xizmatlarini yopadi.
Agar u buni bajarmasa, kompyuteringizga
foydalanilmayotgan port raqami orqali kirish mumkin.
Bu boʻlimda oʻqigan xavfsizlikni
oshirishning barcha
turdagi usullari samaradorligini batafsil muhokama
qiling.