TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA SAMARADORLIKNI
OSHIRISHNING METODIK ASOSLARI.
Xudoyberdiev Pardaboy
,
JDPI Tasviriy san’at
va muhandislik
grafikasi kafedrasi mudiri
Annotatsiya:
Har bir sohaning faoliyat qonuniyatlari, amal qiladigan
tendensiya, qo‘llaniladigan texnologiya hamda yondashuvlari mavjud. San’at
sohasi bundan mustasno emas. San’atning barcha turlarida bo‘lganidek, tasviriy
san’atda ham o‘zining xususiyatlarini tavsiflovchi omillar, xususiyatlar hamda
parametrlari mavjud.
Kalit so‘zlar:
Tasviriy san’at, manzara janri, didaktik, perspektiva,
tur
va janrlari, rangtasvir, idrok etish
Har bir sohaning faoliyat qonuniyatlari, amal qiladigan tendensiya,
qo‘llaniladigan texnologiya hamda yondashuvlari mavjud. San’at soxasi
bundan mustasno emas. San’atning barcha turlarida bo‘lganidek, tasviriy
san’atda ham o‘zining xususiyatlarini tavsiflovchi omillar, xususiyatlar hamda
parametrlari mavjud. Bu jihatlar uning tur va janrlarida yaqqol namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga
oshiriladigan badiiy ta’lim tizimida o‘quvchilarning tasviriy san’atning tur va
janrlari haqidagi nazariy bilim hamda amaliy malakalarini shakllantirishga
o‘quvchilarning badiiy-estetik saviyasini oshirishning muhim omili, tasviriy
san’at ta’limining asosiy komponentlaridan biri sifatida qaraladi. Shuning
uchun o‘quvchilarning bu boradagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari
tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim
shartlaridan biri xisoblanadi. Didaktik qulaylik, imkoniyat nuqtai nazaridan
soddadan murakkabga prinsipi samaradorlikni ta’minlash borasida bir qator
qulayliklarga ega. Shu ma’noda didaktik qulaylik nuktai nazaridan ta’limiy va
tarbiyaviy imkoniyatlari kengroq janrlarga aloxida e’tibor qaratish maqsadga
muvofiq. Bu borada, shubxasiz, tasviriy sana’tning manzara janrining
imkoniyatlari ko‘proq.
Manzara san’atshunoslik termini sifatida, asosan, “peyzaj” (fransuzcha
“paysage” - joy, makon, tabiat ma’nosini anglatadi) tarzida qo‘llaniladi. Uning
janr sifatidagi ifoda vositalarining rang-barangligi bois rangtasvir soxasida
asarlar yaratiladi. Chunki tabiat manzarasining go‘zalligi undagi detallarning
go‘zalligi bilan bir qatorda ranglarning turli-tumanligida namoyon bo‘ladi. Bu
omil o‘quvchilarda rangshunoslikka oid nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash
uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Shunday bo‘lsada, grafik rassomlar ham
grafikaning turli texnikalarida jozibali manzara asarlari yaratganlar. Grafik
rassomlar Marat Sodiqov, Iskandar Vaxitov, Georgiy Chiganov, Medet
Kagarov kabi rassomlarning grafika texnikasidagi manzaralari diqqatga
sazovordir. Ularning tajribalari, asarlaridan o‘quvchilarning manzara janrida
raem ishlashning qalamtasvir asoslarini egallashlari uchun o‘ziga xos na’muna
sifatida foydalanish ularning ranggasvirda manzara ishlashlarida tasviriy san’at
qonuniyatlari nuqtai nazaridan ishning belgilangan tartiblar darajasida
bo‘lishini ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladigan tasviriy san’at
ta’limi mazmunida o‘quvchilarni manzara chizishga o‘rgatish murakkab
mavzular sirasiga kiradi. Bu murakkablikni quyidagi omillar bilan izohlash
mumkin.
Birinchidan,
o‘quvchilarning manzara chizish yuzasidan dars
maqomidagi amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatlari cheklangan.
Ikkinchidan, ochik tabiat kuynida, bevosita ob’ektdan, naturadan raem
ishlash sinf sharoitidagi vaziyat, xolat, tartib va uning imkoniyatlaridan keskin
fark qiladi. Agar sinf shiroitida o‘quvchilar statik vaziyatdagi aniq naturadan
rasm chizsalar, tabiatda har tomonlama, ayniqsa, kunning xarakati natijasida
yorug‘-soya holatlarini o‘zgaruvchanligi tufayli ob’ektning rangshunoslik
yechimlarini tez va to‘g‘ri hal etish, ob’ektlarni umumiy aloqadorlikda
tasvirlash borasida qiyinchiliklar yuzaga keladi. Qolaversa, tabiatda ranglarning
o‘zaro ta’siri ham boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
O‘quvchilarni manzara janrida rasm ishlashga oid nazariy bilim va
amaliy malakalarini shakllantirishda quyidagi komponentlarga e’tibor
qaratiladi:
-
manzara janrini tasviriy san’atning mustaqil janr sifatida shakllanishi va
taraqqiy etish bosqichlari, uning tarixiy ildizlari;
-
mashxur manzarachi rassomlarning ijodi (milliy va jax.on tasviriy
san’atining qiyosiy tahlili misolida);
-
manzara janrida amal qilinadigan qonuniyatlarning nazariy va amaliy
asoslari (rang, kolorit, gamma, chiziqli va xavo (rang) perspektivasi,
kompozitsiya, natura va boshqa elementlarni manzara ishlashdagi o‘rni va
mohiyati)
-
manzara ishlashda yordamchi vositalardan foydalanish tartibi (qalamda
ishlangan qoralamalar, rangda ishlangan qisqa muddatli ranglavxalar va ularni
yaxlit kompozitsiyaga birlashtirishga oid kombinatsiyalar va x.k.);
-
o‘quvchilarni manzara maqomlarini (industrial manzara, qishloq
manzarasi, togli manzara. shaxar manzarasi va x.k.) anglashga o‘rgatish;
-
manzara kompozitsiyasining mazmuni va motivlari (ulugvor romantik,
lirik, ijtimoiy-falsafiy va b.), talqin etilayotgan voqeliqning xususiyatlari.
O‘quvchilarni manzara janrida tasviriy faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatish tizimida
ularni mazkur janrni tasviriy san’atning alohida janri sifatida shakllanishi va
taraqqiy etishi xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish, shuningdek, manzara
janrida yaratilgan kartinalarning xususiyatlari ga, jumladan, ularning mazmuni,
asarda ilgari surilgan motivlarga ko‘ra maqomini aniqlash. mustaqil ijodiy
faoliyatda unga amal qilish malakalarini shakllantirish alohida ahamiyatga
molik ta’limiy vazifalar sirasiga kiradi. Bu omil o‘quvchilarda manzarachi
rassomlarning asarlarini badiiy-estetik idrok etish, ularning ijodidagi uziga
xoslikni anglashga oid bilimlarini shakllantirish hamda olingan tasavvurlarni
shaxsiy tasviriy-ijodiy faoliyatga tatbiq etish malakalarini shakllantirish va
rivojlantirishda muhim, rol o‘ynaydi.
Aynan turli motivlar asosida yaratilgan manzara asarlarini to‘g‘ri idrok
etishga oid tasavvurlar o‘quvchilarning shu yo‘nalishdagi bilimlarining
ko‘lami, mazmuni va sifatini belgilab beradi. Demak, o‘qituvchi o‘z pedagogik
faoliyatida o‘quvchilarda manzara ishlash malakalarini shakllantirishda
qo‘llaydigan metodik yondashuvlarida manzara maqomini belgilash (aniqlash)
va unga oid bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olishga o‘rgatishni nazarda
tutmog‘i lozim.
Perspektiva barcha ob’ektlar, buyumlarning konstruksiyalari, shakli,
ularning makondagi to‘g‘ri tasvirlashni ta’minlaydi. Faoliyag(janrlar)ning
boshqa turlariga nisbatan manzarada perspektivaning ikki kurinishi - chiziqli va
rangli perspektivaga amal qilinishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan,
natyurmort yoki portret janrlariga tatbiqan bu qonuniyat o‘quvchilar tomonidan
har doim ham to‘g‘ri bajarilmasligi mumkin. Chunki bu holat mazkur janrlarda
yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Manzara janriga mansub asarning shartli ravishda
uch o‘lchovli bo‘lishini ifodalovchi illyuzionistik talqin zamirida tasvir
ob’ektidagi borlik, undagi detallarning joylashuvini belgilab beradi. Demak,
tasviriy san’at o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida o‘quvchilarda bu
yunalishdagi malakalarni shakllantirishga oid ko‘rsatmalari o‘quvchilarning
tasviriy savodxonligini oshirishning yetakchi omillaridan biri xisoblanadi.
Shuning uchun ham tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarda manzara ishlashga
oid malakalarni shakplantirish va rivojlantirishda ularning perspektivaga oid
nazariy bilimlari va amaliy-ijodiy malakalarini tarkib toptirishga ustuvor tarzda
qaralishi talab etiladi. Chunki tasviriy san’atning bu janrida mazkur
qonuniyatga amal qilmaslik natijasida detallarning uzoqlashgan sari qisqarib
borishi (chiziqli perspektiva), ranglarni esa xiralashib, umumiy tusga aylanib
borishi (xavo (rang) perspektivasi) kabi qonuniyatlarga amal qilmaslik manzara
janrining muhim ko‘rsatgichi - ob’ekt (manzarining planliligini buzilishiga olib
keladi. Shuning uchun ham o‘quvchilarda manzara ishlash malakalarini
shakllantirishda perspektiva qonuniyatlarini tushuntirish tasviriy san’at
ta’limining dolzarb masalalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Tasviriy san’at o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida o‘quvchilarning
ishlarida kuzatilayotgan xatolarni tahlil qilib borish va ularga mos metodik
yunalish va yordam berib borish tasviriy san’at ta’limining barcha sohalari
(faoliyat turlari) buyicha ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim
omilidir. Shuningdek, kamchiliklarning faoliyat turlari, janrlar buyicha
klassifikatsiyalab borish mavjud kamchiliklarni batratarf etishga yunaltirilgan
metodikani to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
O‘uvchilarning ishlarida kuzatiladigan elementar xatoliklar sirasiga
ularning manzara tasvirida xdvo perspektivasi qonuniyatlariga amal
kilmasliklarini kiritish mumkin, ya’ni chiziqli perspektiva qonuniyatiga ko‘ra
ko‘rish nuqtasidan uzoklashgan detalning nafaqat o‘lchamlari qisqaradi, balki
ranglari ham umumiyga qarab boradi va uni to‘g‘ri tasvirlay olish o‘rta va orqa
planlardagi detallarni yaxlit tarzda tasvirlash imkonini beradi. Bu talablarni
e’tiborga olmasdan to‘g‘ri manzara tasvirini hosil qilib bo‘lmaydi.
Tasviriy san’at o‘qituvchisinipg o‘quvchilarda manzara ishlash malakalarini
shakllantirish
jarayonida
qullaydigan
metodikasida
o‘quvchilarda
tasvirlanayotgan manzaraning maqomini to‘g‘ri belgilashga yunaltirish, ijodiy
topshiriq; mazmunini shunga monand tanlash tavsiya etiladi. Shundagina aniq
maqom (kurinish)dagi manzara, masalan, lirik kayfiyatdagi (erta tong,
charogon kun, sokin okshom, kun botishi va xk. mavzular) manzara ishlashda
boshqa ko‘rinishdagi manzara kompozitsiyalariga nisbatan uzgacha detallar
qo‘llaniladi. Manzara ishlashning bu omillarini o‘qituvchi professional
rassomlar tomonidan ishlangan manzara janriga oid tasviriy san’at asarlarining
reproduksiyalari - illustrativ materiallarni namoyish etish hamda o‘quvchilar
bilan utkaziladigan savol-javoblar vositasida rassom tomonidan qo‘llanilgan
badiiy-tasviriy vositalarni tahlil qilish orqali tushuntirib berishi tavsiya etiladi,
ya’ni nazariy asos bilan amaliy tatbiqni alokadorlikda qo‘llash malakalarini
shakllantirish orqali o‘quvchilarda manzara ishlashga oid amaliy-tasviriy
kompetansiyalarini rivojlantirib borish mumkin.
Maktab o‘quvchilarining yoshi, tasviriy-ijodiy malakalarining shaklanganlik va
rivojlanganlik darajasiga ko‘ra kup detalli manzara ishlash tavsiya etilmaydi.
Chunki detallarning kupligi ularning kompozitsion yaxlitligini, tasvirning
umumiy xolati (kompozitsiyasi, kolorita va boshqa ko‘rsatgichlari)ni
ta’minlash imkoniyatlarini cheklab kuyadi.
Bu turdagi manzara asarlarining e’tiborli jixati shundaki, ularda yirik
planlar asosiy ob’ekt sifatida tanlanmaydi, balki oddiygina kucha, uyning bir
kismini muayyan vokelik bilan alokadorlikda tasvirlanishi bilan ajralib turadi.
Ularda oddiy vokelikka poetik rux berish asosiy motiv sifatida tasvirlanadi.
Zamonaviy ta’limda, ayniqsa, badiiy ijodiyot bilan bog‘liq soxalarda
bolalarning iqtidorlariga ko‘ra tabaqalashtirilgan yondashuv qo‘llanishi ta’lim
sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili xisoblanadi. Tasviriy san’at
ta’limining
aynan
shu
yunalishida
tabaqalashtirib
o‘qitish,
ya’ni
o‘quvchilarning badiiy-tasviriy iqtidori va imkoniyatiga qarab topshiriq
berilishi sinfdagi umumiy sifat va darajani ko‘tarishga xizmat qiladi. Chunki
nisbatan murakkabroq topshiriq olgan va uni talab darajasida bajargan iqtidorli
o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy faolligi va intilishi bilan boshqa o‘quvchilarga
ijobiy ta’sir etadi. Bu omil tasviriy san’at ta’limi sifatini oshirishning samarali
omillaridan biridir. Shu ma’noda tasviriy san’atning aloxida tur va janrlariga
nisbatan ko‘proq qiziqish bildirgan va bu borada boshqalarga nisbatan
ko‘proq, yaxshiroq (savodliroq) ishlayotgan o‘quvchilarning faoliyatlaridan
ijobiy xolat sifatida foydalanishga ham aloxida e’tibor qaratish lozim.
O‘quvchilar orasida esa manzara janriga qiziquvchilar ko‘pchilikni tashkil
etadi. Kezi kelganda ta’kidlash joizki, odatda, tasviriy san’at ta’limi
mazmunida o‘quvchilarni manzara ishlashga o‘rgatish darslari qiziqarli
kechadi. Chunki buning uchun ob’ekt, mavzu va uning mazmuni, motivlarini
tanlashda o‘quvchining xotirasi, taassurot va tasavvurlarini maksimal darajada
ijodiy topshiriqni bajarishga qulay muxit, sharoit mavjudligi bois o‘quvchilar
jarayonda faol ishtirok etadilar. To‘g‘ri yo‘naltirilgan faollik esa ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladigan badiiy ta’lim
tizimida o‘quvchilarning tasviriy san’atning tur va janrlari xaqidagi nazariy
bilim hamda amaliy malakalarini shakllantirish tasviriy san’at ta’limining
muhim komponentlaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchining
o‘quvchilarda manzara ishlash malakalarini shakllantirish megodikasiga oid
kasbiy kompetensiyasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi
sifati va samaradorligini oshirishning muhim komponenti sanaladi.
Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarni manzara ishlashga o‘rgatishga oid
metodik ishlar tizimida maxalliy xarakterdagi materiallardan foydalanishga
alohida e’tibor karatiladi. Chunki maxalliy material, u kanday shaklda
bo‘lishidan kagi nazar, birinchidan, o‘quvchilarga tanish bo‘ladi, ikkinchidan,
o‘quvchilarga tanish bo‘lganligi uchun idrok etish jarayoni oson hamda zavkli
kechadi. Maxalliy materiallar deganda xududning manzarsasi, maxalliy rassom
larning manzara janridagi asarlaridan ijodiy foydalanish kabi xususiyatlarni
tushuntirish nazarda tutiladi.
Tabiat ko‘rinishlaridagi xududiy o‘ziga xoslik o‘quvchilarni manzara
ishlashga o‘rgatish metodikasining ikkinchi muhim xususiyati xisoblanadi.
Pedagogik nuqtai nazardan o‘quvchilarga bu tasviriy-ifodaviy elementlarni
tushuntirishda tasvir ob’ekti (tabiat manzarasi)ni tanish bilishi jarayonni
tushunarli va oson kechishini ta’minlaydi. Shu ma’noda tog‘li xududlar —
Fargona vodiysi, Surxonlaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlari
manzaralari bilan chulli xududlar - Buxoro, Navoiy, Sorakalpogiston
Respublikasi, Qashqadaryo viloyatining ayrim xududlari, Sirdaryo va Jizzax
viloyatlarining manzaralarida keskin farq kuzatiladi. Biroq, bu o‘quvchilarga
faqat tanish manzaralarni chizishni o‘rgatish lozim, degan xulosani keltirib
chiqarmasligi kerak. Faqatgina notanish ob’ektlar misolida manzara ishlash
darslarida o‘quvchilarning badiiy tafakkurlarini maksimal darajada safarbar
qilish, buning uchun xotiradagi tasavvurlarni tiklashga oid yunaltiruvchi
savollar, tavsiya va maslahatlar berish orqali o‘quvchilarga notanish ob’ekt va
uni tasvirlash tartiblari xususida yetarli tushuncha berish lozim. Shuning uchun
ham o‘qituvchidan bolalarni manzara chizishga o‘rgatish metodikasida mazkur
omilga amal qilish, uni samarali vositalar bilan ta’lim amaliyotiga tatbiq etish
talab etiladi.
Manzara janrida ishlashda rasomlar tomonidan aloxida e’tibor
karatiladigan uchinchi element sifatida manzara detallari (daraxt, tog‘, tosh,
sukmok, jilga, jonli mavjudod figuralari va xk.)ni e’tirof etish mumkin.
Masalan, bo‘lutlar tabiat manzarasining kayfiyatini belgilab berishning muhim
komponenti xisoblanadi. Tasvirlangan manzarada bo‘lutning yukdigi ham bir
yondashuv, ijodiy topilma, aslida. Biroq, manzarada bu elementlarni xdsdan
ziyod kup bo‘lishi ham umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga
murakkablik qilishi mumkin. Zero, xar bir detalni ishlash, ayni paytda ularni
tasvirning umumiy xolati (kompozitsiyasi, koloriti va boshqa ko‘rsatgichlari)ga
buysunishini saqlab qolish talab etiladi.
Tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘quvchilarni manzara ishlashga
o‘rgatish metodikasida tasvir uchun tanlanadigan ob’ektning tasvir mazmuni
bilan mutanosibligiga aloxida e’tibor qaratiladi. Masalan, ona yurtim saxovati
deb ataluvchi manzara kartinasi yaratiladigan bo‘lsa, albatta inson uchun rizq-
ro‘z unadigan joylar (masalan, boglar, bugdoyzor, poliz ekinzorlari va x,.k.)
tanlanishi tavsiya etiladi. Shuningdek, ob’ekt tanlashda maktab o‘quvchilarini
katta xdjmdagi manzara ishlashga da’vat etish maqsadga muvofiq emas.
Shuning uchun o‘qituvchining pedagogik faoliyatida qo‘llaniladigan metodik
yondashuvlarida mavzu-mazmun-ob’ekt mutanosbligi masalasini o‘quvchilarga
ishonarli tarzda tushuntirish metodlari mavjud bo‘lmogi lozim.
O‘quvchilarni manzara ishlashga o‘rgatish metodikasi tizimida tasviriy
san’atning qonuniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini tavdim etilishi muhim
rol uynaydi. Ayniqsa, manzara ob’ekti perspektiva qonuniyatlarini ifodalash
uchun qulay joy bo‘lishini ta’minlash maksadida ob’ektdagi detallarning
o‘lchami uzoqlashgan sari kichrayib borishi (chiziqli perspektiva) va ranglarini
xiralashib, umumiy xolatga kelishi (xavo perspektivasi) kabi jixatlarni tasvirlay
olish uchun planlilik yaqqol ko‘zga tashlanadigan ob’ekt tanlanadi.
O‘quvchilarni manzara ishlashga o‘rgatishda iqtidorli o‘quvchilar bilan
ishlash masalasi ham badiiy ta’limning muhim masala1ari sirasiga kiradi. Zero,
tasviriy san’atda uning aniq bir janriga (portret, natyurmort, manzara va x.k.)
alohida qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘shimcha materiallarga
monand tarzda ularga mos metodlardan foydalaniladi. Bu omilning ta’limiy va
tarbiyaviy samarasi shundaki, iqtidorli o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy faolligi va
intilishi bilan boshqa o‘quvchilarga ijobiy ta’sir etadi. Natijada sinfning
umumiy badiiy qiziqish darajasi ortib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdirasilov S “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv
qo‘llanma Toshkent. “Ilm-ziyo”-2011 yil
2.
Abdirasilov S Tolipov N
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. O‘quv
qo‘llanma Toshkent Aloqachi, 2007 yil.
3.
Abdirasilov S. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. Darslik Toshkent Fan
va texnologiya nashriyoti 2012 yil
4.
Ro‘ziev E.I., Ashirboev A.O. „Muhandislik grafikasini o‘qitish
metodikasi“ darslik Toshkent „Fan va texnologiya 2010 yil.
|