|
• Toʻlov kartangizni yoʻqotsangiz, bu haqida karta yetkazib
beruvchiga zudlik bilan xabar bering.
• Pdf ko'rish
|
bet | 192/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik• Toʻlov kartangizni yoʻqotsangiz, bu haqida karta yetkazib
beruvchiga zudlik bilan xabar bering.
• PIN-kodingizni kiritayotganda sizni hech kim
kuzatmayotganiga ishonch hosil qiling.
Bulut
Bulutli dasturlar – maʼlumotlar va dasturlarning
kompyuteringiz qattiq diskida emas, internetdagi
markazlashgan joyda saqlanishidir.
KALIT SOʻZLAR
Bulut: baʼzida nimadir “bulut”da saqlanishi haqida
gapiramiz. Bu internetda saqlanadigan va internet orqali
foydalaniladigan dasturiy ilovalar va maʼlumotlarga
taalluqlidir. Bulutli dasturlar maʼlumotlarimiz qayerda
saqlanishini oʻylash shart emasligini anglatadi. Chunki bulutli
dasturlar yordamida biz qayerda boʻlsak, ular ham oʻsha yerda
boʻladi.
Bulutli dasturlarning xavfsizligi bilan bogʻliq muammolar
butun dunyoda mavjud. Bular butun dunyoda qonunlarni
qabul qiladigan shaxslar uchun asosiy muammolardir:
• Maʼlumotlar oqimi mamlakatlar chegarasini kesib oʻtadi.
• Aksariyat maʼlumotlarni saqlash serverlari AQSHda
joylashgan. Biroq ulardan turli mamlakatlardagi shaxslar
foydalanadi. Shu bois maʼlumotlar yuboruvchidan serverga
uzatilganida qaysi mamlakatning qaysi qonuni ularning
maxfiyligini tartibga solishi lozimligi aniq emas.
• Maʼlumotlarni saqlashda bulutli dasturlardan
foydalanuvchi shaxslar oʻz maʼlumotlarini maxfiy deb
oʻylaydi. Chunki bu ularning mulki hisoblanadi. Biroq
maʼlumotlar saqlanadigan joy (internet) ularga tegishli
emas.
Bu kabi huquqiy noaniqlik sharoitida yagona yechim oʻz
maʼlumotlari uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishdir.
Sizga yordam berishi mumkin boʻlgan bir nechta maslahat
quyidagilardan iborat:
• Maxfiy maʼlumotlarni bulutda saqlamang.
• Bulut-provayderingiz xotirasi qanday ishlashini bilish uchun
mayda shriftda yozilgan yozuvni oʻqib chiqing.
• Barcha parollaringizga oʻta jiddiy yondoshing. Elektron
pochtangiz login va parolidan boshqa biror maqsadlarda
foydalanmang. Chunki barcha login maʼlumotlaringiz va
unutilgan parol maʼlumotlari elektron pochtangizga keladi.
|
| |