Suyuq eritmalar va ularning konsentratsiyasi. Raul qonuni. Genri qonuni. Osmotik Suyuq eritmalar va ularning konsentratsiyasi. Raul qonuni. Genri qonuni




Download 39,94 Kb.
bet1/8
Sana22.11.2023
Hajmi39,94 Kb.
#103338
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Suyuq eritmalar va ularning konsentratsiyasi. Raul qonuni. Genri-fayllar.org


Suyuq eritmalar va ularning konsentratsiyasi. Raul qonuni. Genri qonuni. Osmotik

Suyuq eritmalar va ularning konsentratsiyasi.Raul qonuni. Genri qonuni.Osmotik




Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan 2. va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat; undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. E.da erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Mas, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar 2 modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. E. tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi yoki yutilishi ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. E. tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi. Bundan tashqari, E. tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. E. tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farkdantiradi. Shu bois ham E. mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar deb qabul qilinadi.
Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil boʻlishi individual modda molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib, eritma komponentlari orasida yangi molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi boʻylab baravar tarqaladi. Molekulaning qattiq jism yuzasidan ajralishi bir tomondan — erituvchi molekulalari tortishish kuchiga berilishi tufayli roʻy beradi. Mazkur jarayon kristallning butunlay erib tugashiga qadar davom etishi mumkin, lekin bunga ayni vaqtdagi aks jarayon — kristallanishning boshlanishi toʻsqinlik qiladi. Konsentratsiyaning oshishi qayta kristallanishni tezlashtiradi. Maʼlum muddatdan soʻng kristallning erish tezligi qayta kristallanish tezligiga tenglashib dinamik muvozanat vujudga keladi:Erimagan modda <=> eritmadagi modda, yaʼni vaqt birligida qancha molekula erisa, shuncha molekula eritmadan ajralib chiqadi. Eriyotgan modda bilan muvozanatda boʻlgan eritma toʻyingan eritma deb ataladi. Hajm birligidagi konsentratsiyasi toʻyingan eritmanikidan kam boʻlgan eritma toʻyinmagan eritma hisoblanadi. Eritmada kristallanish markazi boʻlmasa, uni shunday sovitish mumkinki, bunda erigan moddaning konsentratsiyasi eruvchanligidan yuqori boʻlib qoladi, natijada eritmaning oʻzi oʻta toʻyingan holatga oʻtadi. Bunday eritma oʻta toʻyingan eritma deyiladi.
Suyuq eritmalarning oʻziga xos xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bugʻ bosimining pasayishi, krioskopik va ebulioskopik nuqtalarning oʻzgarishi orqali oʻrganiladi. E.ning tuzilishi uni tashkil qilgan komponentlarning xossalari bilan aniqlanadi. Agar komponentlar kimyoviy tuzilishi, molekulalarning oʻlchami va boshqalar omillar boʻyicha yaqin boʻlsa, tuzilishi prinsip jihatdan sof suyuqliklar tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi koʻpchilik modda (elektrolit)larda aks jarayon boʻlgan dissotsiatsiya bilan bogʻliq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli erituvchilarda eriganida qisman yoki butunlay ionlarga parchalanadi, bu jarayon E.da zarralar sonining koʻpayishiga sabab boʻladi. Agar erituvchi suv boʻlsa, gidratlar, boshqa modda boʻlsa, solvatlar vujudga keladi. Bu jarayonlar tegishlicha gidratlanish va solvatlanish deyiladi. 1887-yil D,M.Mendeyayeyev oʻzining gidratlanish nazariyasini olgʻa surgan. Uning shogirdi I.A.Kablukov (umrining oxirlarida Toshkentda yashab, ilmiy ishlar olib borgan) oʻz ustozi ishlarini davom etdirdi.
Amaliyotda koʻproq toʻyinmagan E.dan foydalaniladi. Ularda erigan modda konsentratsiyasi toʻyingan E.dagiga qaraganda kamroq boʻladi. Eritmada erigan modda miqdori eritma konsentratsiyasini belgilaydi. Erigan modda miqdori koʻp boʻlgan E. konsentrlangan E., kam erigan (konsentratsiyasi nisbatan kam boʻlgan) E. suyultirilgan E. deyiladi.
E. odam, hayvon va oʻsimliklar hayotida muhim rol oʻynaydi. Oziqovqatlar hazm qilinishidan oldin E.ga oʻtkaziladi. Barcha fiziologik suyukliklar E.dan iborat. E. oʻsimliklarning oʻsishida va hosildorligining oshishida muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklar hosilini E.ga oʻtkazish sanoat texnologiyasining asosidir. Dengiz, okean, daryo, koʻl suvlari ham E., ularni tuzlardan tozalash, kimyoviy ishlash va boshqalar ham E. texnologiyasi bilan bogʻliq. Polimerlar, lokboʻyoqlar, sirt faol moddalar, sovun vaboshqalar koʻp tonnajli mahsulotlar ham E. bilan bogʻliqligi ularning xalq xoʻjaligida tutgan oʻrni muhimligidan dalolat beradi.
Ikki yoki bir necha komponentdan iborat kattik yoki suyuk gomogen sistema eritma deb ataladi. Uz agregat xolatini eritmaga utkazadigan modda erituvchi xisoblanadi. Xar kanday eritma erituvchi va eruvchi moddalardan iborat buladi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddaning foiz mikdori 0 % dan 100 % gacha buladi.
Bunday xollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma yukoladi. Bulardan istaganimizni erituvchi deb kabul kilishimiz mumkin. Lekin juda kupchilik moddalar ayni temperaturada ma'lum chegaraga kadar eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasi NaCL ning mikdori xech kachon 26.48% dan ortmaydi. Eritmalarning fizikaviy xossalari (masalan, kaynash temperaturasi) erigan modda mikdori ortuvi bilan uzgaradi. Kupincha, eritma xosil bulganda xajm va energetikaviy uzgarishlar yuz beradi. Kupchilik moddalar eritmalarning kimyoviy xossalari eritmada eruvchi modda mikdori ortishi bilan kam uzgaradi.
Eritmaning yoki erituvchining ma'lum ogirlik mikdorida yoki ma'lum xajmda erigan modda mikdori eritmaning konsentrasiyasi deyiladi. Eritmaning konsentrasiyasini bir necha usulda ifodalash mumkin.

Raul qonuni


Qattiq jismlarning suyuqlilarda yoki bir suyuqlikning ikkinchi suyuqlikda erishi, yopiq idishdagi suyuqlikning bug’lanishi va to’yingan bug’ning hosil bo’lish jarayonini eslatadi.
Masalan, suvli idish tubida joylashtirilgan kristallning (osh tuzi) erishi davom etadi, qachonki kristall erishi va eritma molekulalarining kristall sirtida o’tirish jarayoni dinamik muvozanat holatga kelgunga qadar.
Dinamik muvozanatga kelgan eritmaga to’yingan eritma deb aytiladi. Haroratning oshishi bilan bir oz miqdorda qattiq faza eriydi, haroratning pasayishi bilan esa erigan moddaning bir qismi kristallanadi. Izotermik bug’lanishda to’yingan eritmada erigan moddaning massasi olinadi, ya’ni bir miqdori kristallanadi. Suyuqliklarning bir-birida erishi to’liq va qisman bo’lishi mumkin, ayrim suyuqliklar esa boshqa bir suyuqliklarda umuman erimaydi. Masalan, suv va spirt bir-birida to’liq, suv va anilin qisman eriydi, simob va suv bir-birida umuman erimaydi. Suyuqliklarning bir-biriga eruvchanligi haroratga bog’liq. Ayrim suyuqliklarda eruvchanlik haroratga mutanosib bo’lsa, ayrimlarida nomutanosib va to’liq eruvchanlik kritik haroratdan past haroratlarda kuzatiladi.
Raul erigan moddaning kam konsentratsiyalarida eritma to’yingan bug’larining elastikligi konsentratsiyaga mutanosib ekanligini ko’rsatdi.
P0 – toza erituvchining to’yingan bug’ elastikligi, P – eritma to’yingan bug’larning elastikligi, n – erituvchi N molekulalariga to’g’ri keluvchi erigan modda molekulalarining soni
Bunga Raulning 1-qonuni deb aytiladi.
Eritma to’yingan bug’i elastikligining kamayishi eritmaning qaynash haroratini oshishiga olib keladi. Bu oshish Raulning 2-qonuniga mos tushadi.
Disperslik to’g’risida tushuncha. Kolloidlar
Modda ichida boshqa bir moddaning ma’lum darajada maydalangan zarrachalar holida taqsimlanishi natijasida vujudga kelgan sistema dispers sistema deyiladi.
Ma’lum darajada maydalangan holda taqsimlangan modda dispers faza (yoki faza) deb, bu modda taqsimlangan (uni o’rab olgan) modda esa dispers muhit (yoki muhit) deb ataladi. Eritmalarni ham dispers sistemalar deb qarash mumkin. Agar dispers faza zarrachalarining o’lchami 10-9 m va 10-7 m (ya’ni 1 nanometr bilan 100 nanometr orasida) bo’lsa, kolloid eritma deyiladi. Agar u 10-9 m dan kichik bo’lsa chin eritma bo’ladi.
Barcha eritmalar o’zidan elektr tokini o’tkazish tabiatiga qarab ikki sinfga bo’linadi: elektrolit va noelektrolitlar. Elektrolit eritmalar o’zlaridan elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Bu xil eritmalarga kislota, asos va tuzlarning suyuq eritmalari misol bo’la oladi. Noelektrolit eritmalarga ko’proq organik moddalar eritmasi kiradi.
Biz quyida noelektrolit – chin eritmalar to’g’risida so’z yuritamiz. Chin eritma ikki (yoki bir qancha) moddaning bir jinsli aralashmasidir. Chin eritma har xil agregat holatlarda bo’lishi mumkin, biz quyida, asosan, suyuq eritmalar ustida to’laroq to’xtalib o’tamiz.
Suyuq eritmalar erituvchi va erigan yoki eruvchi moddadan tashkil topadi. Chin eritmada dispers muhit erituvchi, dispers faza eruvchi deb ataladi. Erish jarayonida o’z agregat holatini saqlab qolgan modda erituvchi hisoblanadi. Agar olingan moddalar o’z agregat holatini saqlab qolsa, u holda miqdori ko’p modda erituvchi bo’ladi. Oddiy sharoitda qattiq holda bo’lib (masalan, tuz, metall, metall oksidlari) ularning aralashmasi qizdirib suyuqlikka aylantirilganda hosil bo’lgan suyuq aralashmada, sovitilganda birinchi navbatda (oldin) kristallangan, yoki cho’kmaga tushgan modda eruvchi hisoblaniladi. Chin eritmada erigan modda erituvchi molekulalari ichida ayrim molekula yoki ionlar holida bir tekis tarqalgan bo’ladi.
Molekula (ion) ko’zga yoki mikroskopda ko’rinadigan chegara sirtiga ega bo’lmaganligidan eritmaning xossalari hamma joyda bir xil bo’ladi. Shu sababli chin eritma bir fazali, ya’ni gomogen sistema hisoblanadi.
Eritmalarning xossalarini tushuntirishda ikkita nazariyadan: fizik va kimyoviy nazariyalardan foydalaniladi. Fizik nazariyaga ko’ra erigan moddaga inert erituvchida tarqalgan gaz deb qaraladi (Vant-Goff, Arrenius bo’yicha).
Kimyoviy nazariyaga muvofiq, erituvchi bilan turli kimyoviy birikmalar hosil qiladi (D.I.Mendeleyev va boshqalar bo’yicha).
Eritmalarda, asosan, ikki masala o’rganiladi: eruvchanlik – ma’lum sharoitda, ma’lum erituvchida qancha moddaning erishi va eritmaning xossalari va bu xossalarning eritmani tashkil qilgan moddalar xossasiga va miqdoriga bog’liqligi.
Bu masalalarning ikkalasi ham amaliy ahamiyatga ega. Birinchi masala to’g’risida ko’p tajriba ma’lumotlariga egamiz, ammo ular umumlashtirilmagandir. Birinchi masalaga nisbatan ikkinchi masala ko’proq o’rganiladi.
Eritmaning tarkibi uning konsentratsiyasi bilan tavsiflanadi. Eritma yoki erituvchining ma’lum og’irlik miqdori yoki hajmidagi erigan modda miqdoriga konsentratsiya deyiladi.
Konsentratsiyani bir necha usulda ifodalash mumkin: hajm va og’irlik o’lchamlarida (birligida).
Hajm birligida ifodalangan konsentratsiyaga – normal, molyar, og’irlik o’lchamida ifodalangan konsentratsiyaga foiz, mol, mol nisbati (mol foizi) kiradi, bir sistemadan ikkinchisiga o’tish uchun eritmaning zichligi ma’lum bo’lishi kerak.
Eritma turlari. Termodinamik faollik
Eritmalar uch turga bo’linadi: ideal eritmalar, cheksiz suyultirilgan eritmalar va real eritmalar.
Ideal eritmalar deb bir xil agregat holatdagi va istalgan nisbatdagi tarkibiy qismlardan hosil bo’ladigan issiqlik effekti ajralmaydigan hajm o’zgarmaydigan ideal gazlar aralashganda entropiyaning o’zgarishi sodir bo’lgan o’zgarishga hamda teng bo’lgan eritmalarga aytiladi.
Ideal eritmalarning termodinamik xossasi parsial molyar kattaliklar yordamida ifodalaniladi.
Genri qonuni

Download 39,94 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 39,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuq eritmalar va ularning konsentratsiyasi. Raul qonuni. Genri qonuni. Osmotik Suyuq eritmalar va ularning konsentratsiyasi. Raul qonuni. Genri qonuni

Download 39,94 Kb.