KALIT SOʻZLAR
Mualliflik huquqi: qonunga muvofiq intellektual mulkni
muqarrar himoyalash.
Intellektual mulk: boshqa insonlarga tegishli boʻlgan gʻoya va
ko‘nikma.
Biror usulda yozilgan yoki yozib olingan kitob, musiqa, sanʼat
asari va shu kabi boshqa narsalarni
himoya qiluvchi qonun
mavjud. Ushbu qonun
mualliflik huquqi haqidagi qonun
deb ataladi. Mualliflik huquqi ariza orqali murojaat qilish shart
bo‘lmagan avtomatik qonun hisoblanadi.
Agar biror narsa
mualliflik huquqi bilan himoyalangan boʻlsa, bu mualliflik
huquqi tegishli boʻlgan shaxsdan uni nusxalashga ruxsat
olinishi kerakligini anglatadi va koʻpincha oʻsha kishi mualliflik
huquqidan foydalanganlik uchun oʻziga pul toʻlashlarini so‘raydi.
Dasturiy taʼminot, kitob yoki
jurnal maqolasi singari
kompyuterda yaratiladi va dastur kodi yoziladi. Shu bois u
himoyalanishi lozim. Chunki foydalanuvchilar pul toʻlamasdan
uni osonlik bilan nusxalab olishi mumkin.
Dasturiy taʼminotga nisbatan mualliflik huquqi –
dasturni ruxsatga ega boʻlmagan shaxs foydalanishidan
himoyalash usulidir.
Bu dastur, veb-sayt, oʻyin va maʼlumotlar
bazasiga taalluqli huquqdir. Odatda, agar egasi dasturdan
foydalanganlik uchun unga pul toʻlanishini xohlasa, dastur
bilan
birga foydalanish shartini, jumladan, narxini aniqlovchi
litsenziyani ham yaratadi.
Aksariyat dasturlar ularni kompyuterga oʻrnatish vaqtida
takrorlanmas litsenziya kalitini kiritish talab qiladi.
Yodda
tutingki, dasturni xarid qilayotganingizda siz aslida dasturni
emas, undan foydalanish uchun litsenziyani xarid qilasiz.
Xarid paytida litsenziyani bitta, beshta yoki undan ortiq
kompyuterlar uchun sotib olayotganingizni koʻrsatishingiz
mumkin. Siz toʻlaydigan summa shunga qarab farqlanadi.
Dasturlarni oʻgʻirlashga qarshi kurash federatsiyasi (FAST)
– Buyuk Britaniyada dasturiy taʼminot
sanoati tomonidan
foydalanuvchi tomonidan mualliflik huquqi haqidagi
qonun buzilishining oldini olish uchun tuzilgan tashkilot.
Qoidabuzarlar javobgarlikka tortilishi va qoʻlga olingan
taqdirda, ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. FAST,
shuningdek, maslahat va yoʻriqnomalar taqdim etadi.