aniqlash maqsadida ayrim muhim savollar bilan tanishib
chiqishingiz talab qilinadi:
· Mahsulot jamoatchilik konvensiyasini ifodalaydimi yoki
ularni buzilishiga olib keladimi?
• Gʻarb jamiyati uchun moʻljallangan
mahsulot Afrika
yoki Yaqin Sharq madaniyatlarida, yoki umuman jahon
bozoridagi o‘z o‘rnini topa oladimi? Mahsulot maʼnaviy
qadriyatga taʼsir qiladimi?
Boshqacha aytganda, mahsulot
foydalanuvchining madaniy tuygʻusiga qanday taʼsir
koʻrsatishi mumkin? Ayrim tasvir va shiorlar foydalanuvchini
kamsitishi yoki haqoratlashi mumkin.
• Kelgusi avlodning hayoti uchun
zarar keltirmaslik uchun
salbiy taʼsirlarni kamaytirishga intilib, kelgusi oqibatlari
qanday boʻlishini va mahsulot
atrof-muhitga unchalik
katta zararli taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlash
barqaror
yondashuv deb ataladi.
• Barqaror rivojlanish, qayta ishlash va muhofaza qilish
haqida qanday fikrdasiz?
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda
faoliyat yuritadigan
tashkilotlar maʼlumotning bir butunligini saqlash, hujjatni
yaratish va uni saqlash, maxfiylikni asrash,
firibgarlik hamda
kompyuterdan notoʻgʻri foydalanishning oldini olish bilan
shugʻullanadi. Shuningdek, ulardan global AKTning oʻz
xodimlari va boshqalar uchun oʻzgarishlarga taʼsirini
hisobga
olishi talab qilinadi.