b Auditoriyangiz haqida nimani bilishingiz kerakligini




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

b Auditoriyangiz haqida nimani bilishingiz kerakligini 
aniqlang. Hamisha auditoriyaning tanlangan mavzu 
boʻyicha mavjud bilimlarini, shuningdek, demografik 
omillar: yosh, jins, irqi va hokazolarni bilish talab qilinadi.
c Tahlilni qanday oʻtkazish haqida bir qarorga keling 
va keyin uni oʻtkazish uchun kerakli vositani 
yarating. Yuqoridagi b) qadamda bilishni xohlagan 
narsalaringizni to‘plash uchun so‘rovnoma yoki intervyu 
savollari kabi usullarning qaysi biridan foydalanishingizni 
belgilab oling.
d Savollar to‘plami tayyor boʻlishi bilan maqsadli auditoriya 
vakil guruhini tanlash kerak bo‘ladi. Barchani tahlilga 
jalb qilish shart emas. Ushbu jarayon uchun vakil guruhini 
tanlaganingizga ishonch hosil qiling.
e Ana endi xulosalaringizni tahlil qilish vaqti keldi. 
Buning uchun olingan natijalarni tezda umumlashtirishga 
yordam beruvchi elektron jadvaldan foydalanish mumkin.
f Endi sizda oʻz auditoriyangiz haqida yaxshi tasavvur paydo 
bo‘ladi va uning ehtiyoji hamda maqsadini qondirishingiz 
mumkin.
123
9-bob: Auditoriya
9.01-rasm. Auditoriyangiz vakillari kim? 


Nima uchun yechimlar auditoriya ehtiyojiga 
mos kelishi muhim hisoblanadi?
Auditoriya ehtiyojini hisobga olish, ular uchun ishlab 
chiqiladigan yechim turi uchun kerakli omil hisoblanadi:
· Agar bu yangi routerdan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar 
berilgan buklet boʻlsa, auditoriyangiz ilgari umuman router 
xarid qilmagan kishilar yoki AT mutaxassisi boʻlishi mumkin 
ekanini inobatga oling. Buklet auditoriyani inobatga 
olgan holda aniq tilda yozilishi talab qilinadi. Aks holda 
koʻrsatmalar bukleti samara keltirmaydi.
• Agar sizdan tashkilotda qoʻllanadigan barcha hujjatlar 
uchun ichki uslubni ishlab chiqish soʻralsa, qamrab olinishi 
kerak boʻlgan barcha axborotlar, shuningdek, tashkilotdagi 
undan foydalanuvchi kishilar bilan tanishib chiqishingiz 
talab qilinadi.
• Agar mijozning ehtiyoji qondirilmasa yoki talablari 
inobatga olinmasa (9.02-rasm), sizga pulni toʻliq yoki 
umuman toʻlamasligi mumkin.
9.02-rasm. Auditoriyaga nima kerak ekanini bilishingizga ishonch 
hosil qilish muhim ekani.
Koʻp hollarda biror yangi loyiha ustida ishlashni boshlayotgan 
bo‘lsangiz, shunchaki unga tezroq kirishishni xohlaysiz. Talab 
etilgan natijaga erishishni kafolatlash uchun ishni rejalashtirib 
boshlash kerak boʻladi.

Download 132,8 Mb.
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



b Auditoriyangiz haqida nimani bilishingiz kerakligini

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish