• 9.01 Auditoriyaning bahosi Auditoriya ehtiyojlarini tahlil qilish
  • 9-bob haqida umumiy maʼlumot




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet197/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    122


    9-bob haqida umumiy maʼlumot
    7-bobda IT tizimini ishlab chiqishda barcha mijozlarni yoki 
    o‘z mijozingiz ehtiyojini qondirishning ahamiyati haqida 
    oʻrgangan edingiz. Bu bobda esa auditoriyaning bahosi va 
    auditoriyaning ehtiyoji siz ishlab chiqayotgan mahsulotning 
    boshlangʻich nuqtasi hisoblanishini koʻrib chiqamiz. Auditoriya 
    uchun multimediali taqdimot, ilmiy maqola, dasturiy taʼminotni 
    oʻrnatish boʻyicha koʻrsatma, relyatsion maʼlumotlar bazasi, veb-
    sayt, hisobot, nutq, kunlik sport mashgʻuloti natijasini kuzatish 
    boʻyicha elektron jadval yoki mijozning maʼlumotlar bazasi 
    kabilarni yaratishingizdan avval maqsadli auditoriyaning oʻzi 
    haqida kerakli ma’lumotlarni aniqlab olish kerak.
    Har qanday holatda ham istalgan hujjat yoki taqdimotni 
    juda samarador yoki muvaffaqiyatli ishlab chiqish uchun oʻz 
    auditoriyangiz xohishlarini bilishingiz lozim.
    Sizning ishlab chiqayotgan mahsulotingizni yaxshi qabul qilinishi 
    uchun muhim faktor hisoblangan auditoriya ushbu mavzuda 
    nimani bilishi, yana nimalar bilishni xohlashi hamda ularning 
    ehtiyojlarini o‘rganishi kerak bo‘ladi. 
    Ushbu boʻlimning maqsadini ifodalash uchun birinchi 
    xatboshisida tilga olingan barcha turdagi hujjat yoki taqdimotni 
    ifodalashda “taqdimot” soʻzi umumiy holda ishlatiladi.
    9.01 Auditoriyaning bahosi
    Auditoriya ehtiyojlarini tahlil qilish
    Taqdimot yaratayotgan auditoriyangiz kutayotgan natijalarini 
    tahlil qilganingizdan keyingina ularning talablariga maksimal 
    yaqin bo‘lgan taqdimotni yaratish boʻyicha o‘z ishingizni 
    boshlashingiz mumkin.
    Auditoriyangizning yosh oralig‘i va ularning avvalgi faoliyati 
    (9.01-rasm) kabi faktlarni bilib olishingiz mumkin. Ushbu 
    jarayonni qadam-baqadam bajarish maqsadga muvofiq:
    a Auditoriyangizdagi insonlar kim ekanini aniqlang. 
    Boshqachasiga aytganda, taqdimotni kim qabul qiladi? 
    Taqdimotni yaratishni nimadan boshlashni bilolmasangiz, 
    ishni auditoriyani tahlil qilishdan boshlang;

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish