• Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish
  • 100 million odam o‘z hayotini saqlash uchun boshqa yurtlarda
  • har jihatdan katta davlatga
  • O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini taqozo
  • Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib




    Download 35,88 Kb.
    bet1/12
    Sana07.12.2023
    Hajmi35,88 Kb.
    #113485
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Yangi tahrirdagi Konstitutsiya


    Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.
    So‘nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyotinson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo‘shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlar ortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasini ta’minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etilmoqda.
    Hammamiz guvohi bo‘layapmizki, dunyoda har kuni kutilmagan xavf-xatar va tahdidlar yuzaga chiqyapti. Bugungi ziddiyatli jarayonlar, iqtisodiy qarama-qarshiliklar qachon va nima bilan tugashini bashorat qilib bo‘lmaydi. Hatto, ayrim davlatlarning dunyo xaritasida qolish-qolmasligi savol ostida qolayotgani ham sir emas. Jahondagi qariyb 100 million odam o‘z hayotini saqlash uchun boshqa yurtlarda boshpana izlab yurgani, oziq-ovqat yetishmasligi, energiya resurslari taqchilligi, pandemiya kabi global muammolar rivojlangan davlatlar aholisini ham jiddiy o‘ylantirmoqdaki, bularning bari bizga ham ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas.
    Qolaversa, mintaqamizdagi vaziyat ham bizni jiddiy tashvishga solmay qo‘ymaydi: yonginamizda qariyb 50 yillik notinchlik davom etyapti.
    E’tibor bersak, mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanmoqda. Aholimiz 2040 yilga borib 50 millionga yetadi, jamiyatning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozim.
    Bular va boshqa ko‘pdan-ko‘p muammolar yechimi mustahkam huquqiy poydevorni – O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini taqozo etadi.

    Download 35,88 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 35,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib

    Download 35,88 Kb.