• 41 ta davlat oliy o‘quv yurtiga
  • Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi




    Download 35,88 Kb.
    bet5/12
    Sana07.12.2023
    Hajmi35,88 Kb.
    #113485
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

    Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi taqdim etilmoqda. Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab nodavlat oliy o‘quv yurtlari ochildi, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, 41 ta davlat oliy o‘quv yurtiga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.
    Yana bir muhim yangilik – davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda. Ushbu normaning kiritilishi jamiyatimizda oila mustahkamligi va mo‘tabarligini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
    Endi farzandlar tarbiyasi, ularga ta’lim berish, barkamol voyaga yetkazish ham ota-ona majburiyati sifatida belgilanmoqda. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish esa davlatning burchi sifatida belgilanmoqda.
    Konstitutsiyada har kimning mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqi kafolatlanmoqda. Mazkur normaning Konstitutsiyada belgilanishi fuqarolarning ish haqlari miqdori shunchaki emas, aynan ularning munosib turmush kechirishini ta’minlashda, pirovard natijada aholi turmush darajasini yaxshilashda va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirishda muhim ahamiyatga ega.
    Loyihada homiladorligi yoki bolasi borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi belgilanmoqdaki, bular davlatimizda gender tengligi prinsiplari to‘laqonli amal qilishiga olib kelishi tayin.
    Bundan tashqari, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi ham mustahkamlanmoqda.
    Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda rag‘batlantirishi qayd qilinmoqda. Bu yangi norma ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldi olishga yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan tegishli choralar ko‘rilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi.
    Konstitutsiyada bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi belgilanmoqda. Shukrki, bugungi O‘zbekistonda uzoq yillar yurtimizning xalqaro imidjiga salbiy ta’sir qilib kelgan majburiy mehnatga to‘liq barham berildi.
    Loyihada har kim ishsizlikda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egaligi mustahkamlanyapti. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilmoqda.
    Bu degani, hozirning o‘zida 2 million 200 ming ehtiyojmand oilalar davlatdan kafolatli moddiy yordam oladi, deganidir. Bu – jami oilalarning 25 foiziga to‘g‘ri keladiki, ayni xarajatlar uchun har yili 11 trillion so‘m ajratiladi.

    Download 35,88 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 35,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi

    Download 35,88 Kb.