• Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi
  • Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi




    Download 4.49 Mb.
    bet1/5
    Sana15.03.2024
    Hajmi4.49 Mb.
    #173704
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Lecture - 10
    700-20 TJB-Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (5), 96 soat diplom oldi 20-22, Ariza YDA ivtiyoriy fan, СТРУКТУРА СТАРОСЛОВЯНСКОГО ЛЕКСИКИ, 5 d sinf, 1476966157 65778, далолатнома 2, gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari, Alimova Mayramxon Karimovna, 0fh70HLsiCbqIJMdWxYhbX0J40wWn3FvEKQNjHXN

    Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi


    Reja:
    1.Kashta turlari
    2.Bezakli va mazmunli kashtalar
    1.Kashta turlari.
    Azaldan sharq mamlakatlarida, xususan markaziy osiyoda go’zallikka intilish, yashash joylari, xonalarga, oddiy buyumlar va kiyimlarga ham sayqal berib bezatish an’anaviy odat bo’lgan. Bu jarayon bugungi kunda ham dolzarb bo’lib, san’at darajasiga ko’tarilgan. Ayollarimiz va qizlarimiz milliy kiyimlar do’konlaridan kashtachilik va zardo’zlik usulida bezalgan kiyim va buyumlarni harid qilishlari mumkin. Lekin, doim ham ko’ngildagidek narsani harid qilish imkoni bo’lavermaydi. Bu masalani ijobiy hal qilishda ayollarimizni bichish-tikish ishidan habardor bo’lishlari juda qo’l keladi. Lekin, kiyim va buyumlarni kashtachilik va zardo’zlik usullarida bezashni uddalash har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. O’ylaymizki, har bir xonadonda chevar ayol-qizlarning bo’lishi oila byudjetiga va ma’naviy hayotiga katta yordam
    bo’ladi.
    Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi
    O`rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo`lib, oilada kashta tikish bilan ayollar shug`ullanishgan. O`tmishda bu kashtalar oq va tabiiy malla shoyi, adras, hisoriga, baxmal matolarga tikilgan, keyinchalik satin, shoyi, baxmalga tikiladigan bo`ldi. Ish jarayonida ular o`z mahoratlarini oshirishgan, bir-biridan va kattalardan avlodlar tajribasini o`rganishgan. Xalq badiiy hunarmandchilik mahsulotlari faqat bizning mamlakatimizda emas, balki chet mamlakatlarda ham cheksiz talab qilinadi. Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo`lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o`sha yerda kashf etishgan.
    Keyinchalik Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach ipak, zar yoki jun ip qo`shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Kashtachilik san'atining an'analari Vizantiyada ham rivoj topgan.
    XIII va XV asrlarda Kichik Osiyo doirasida paydo bo`lgan hamda Vizantiya imperiyasini barbod qilgan usmoniy turklar ham ushbu san'atga o`zlarining munosib ulushlarini qo`shganlar.
    Qrim va Kavkazning qayeridaki Vizantiya madaniyati uzoq vaqt kuchli ta'sir o`tkazgan bo`lsa, o`sha yerda kashtachilik rivojlanavergan. Qadimgi Rus ham Vizantiyaga taqlid qilib kashtachilik san'atini o`rgangan. Rus kashtasi gullarining xarakteriga va tikilish usullariga ko`ra juda turli-tumandir. Popok (yo`rma) chokli kashta tikish Olonets, Vologda oblastlari va Arxangelsk oblastining g`arbiy qismida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda Rossiyada ellikdan ortiq baxyasimon kashtado`zlik korxonalari bor. Ivanovo, Ryazan, Kalinin, Smolensk va boshqa oblastlarda kashtado`zlik markazlari bo`lib, u yerdagi korxonalarda turli kiyimlar va uy ro`zg`orni bezaydigan turli buyumlar ishlab chiqariladi
    kirpech
    gulko’rpa
    zardevor
    so’zana
    choyshab
    kabilar Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Afg’oniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Farg’ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozistiyaga aylanib qolgan. Hozirgacha buyumlar o’ziga xos go’zallik, nafis bezaklarning rang - barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda.
    O’zbek milliy kashtachiligi amaliy san’tning eng qadimiy turlaridan bo’lib, u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O’zbek xalq ustalari qo’llari bilan tikilgan:

    Download 4.49 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 4.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi

    Download 4.49 Mb.