|
Huquqiy, maʼnaviy, axloqiy Pdf ko'rish
|
bet | 199/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik9.02 Huquqiy, maʼnaviy, axloqiy
va madaniy jihatdan baho berish
AKTni loyihalash jarayoniga oid juda ko‘p huquqiy cheklovlar
mavjud. Ushbu dasrlikning 4-bobida maʼlumotlarni
himoyalashga oid qonunchilik tamoyillari boʻyicha ayrim
vazifalarni bajardingiz. Natijada ushbu qonunlar jismoniy
shaxsning shaxsiy maʼlumotlari va tashkilotlarning maxfiy
maʼlumotini himoyalash uchun foydalanilishini bilib oldingiz. Endi
mualliflik huquqi qonunchiligining zaruriyatini koʻrib chiqamiz.
Mualliflik huquqi
Agar ishlab chiqaruvchi shaxs biror narsani ishlab chiqarishga
koʻp vaqt sarflasa, ushbu saʼy-harakatlar katta foyda keltirishini
kutadi. Agar ishlab chiqarilayotgan mahsulot biror qattiq jism
boʻlsa, bu oson amalga oshiriladi.
Tasavvur qiling, kompaniya yangi 3D printer ishlab chiqarib, uni
savdoga qo‘ymoqchi. Agar siz 3D printerdan foydalanmoqchi
boʻlsangiz, uni xarid qilishingiz kerak bo‘ladi. Siz mahsulot
uchun toʻlaydigan narx printerni tayyorlash uchun sarf qilingan
narxdan ancha yuqori boʻlishi mumkin. Chunki, kompaniya
mahsulot gʻoyasini ishlab chiqish uchun sarflagan xarajatlarni
ham mahsulot tan narxiga kiritib hisoblagan bo‘ladi. Qolaversa,
to‘lovning bir qismi 3D printer gʻoyasi va uni qanday ishlashini
oʻylab topgan shaxsga ham sarflanishi kerak. Demak, xaridor
pulning bir qismini printerning oʻzi uchun, bir qismini ishlab
chiqish xarajatlari uchun, yana bir qismini esa dastlabki gʻoya
uchun to‘lar ekan. Printerning o‘zi uchun pul to‘lashingizni
tushunish oson, biroq yuqorida keltirilgan yana ikkita alohida
band uchun toʻlov qilayotganingizni tushunish qiyinroq.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishi kompaniya
laboratoriyasida oʻtkazilishi mumkin. Bu yerdagi olimlarga
maosh toʻlash, ular foydalanadigan jihozlarni esa sotib olish
talab qilinadi. 3D chop etish texnologiyasi asosida original
gʻoyalarni aniqlash murakkab jarayon hisoblanadi. Biror
insonda, hattoki sizda ham ideal gʻoya tug‘ilib, ushbu gʻoyani
roʻyxatdan o‘tkazgan bo‘lishingiz mumkin. Agar kompaniya
ushbu gʻoyadan foydalanmoqchi va uni rivojlantirmoqchi
boʻlsa, avvalo, uning muallifidan ruxsat olish va gʻoyadan
foydalanish uchun toʻlov qilishiga toʻgʻri keladi. Gʻoyalarni sotib
olish ularni koʻra olmaganingiz uchun murakkabdek tuyuladi.
Kinofilmlarni DVD diskga yozish va ularni sotish jarayonini
tahlil qilaylik. DVD disk – bu “qattiq” jism va juda arzon turishi
mumkin. Biroq kompaniya filmni DVD diskka joylab, keyin uni
sotish ishlarini amalga oshiradi. Shuning uchun DVD diskning
narxi tannarxidan ancha qimmatga aylanadi. Kinofilmni ishlab
chiqish uchun avval boshqa kimdir hikoya yozishi, undagi
qahramonlarni rolini oʻynash uchun aktyorlar yollanilishi,
kimdir filmga musiqa bastalashi kerak boʻlgan. Hamma uchun
unchalik aniq boʻlmagan bu qoʻshimcha xarajatlar DVD disk
sotib olayotganingizda toʻlov qilayotgan jarayonlar hisoblanadi.
Siz boshqalarning gʻoyasi va malakasi uchun toʻlov qilasiz. Bu
ularning
|
| |