c Agar kibertahqirlash bilan toʻqnash kelsangiz, nima qilgan boʻlardingiz (agar ijtimoiy tarmoqdan foydalansangiz)?
d Birovning parolidan foydalanish nima uchun notoʻgʻri hisoblanadi? Bu jarayonda qanday oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?
e Biror kishi haqida eshitgan mish-mishingizni tarqatish uchun ijtimoiy tarmoqdan foydalanishning nimasi notoʻgʻri
hisoblanadi?
f Qaysi holatda doʻstingizni suratga olish va ularni internetga joylash notoʻgʻri hisoblanishi mumkin (9.06-rasm)?
Katta masshtabdagi axloqiy masalalar
Quyidagi masalalarning har biri axloqiyligi, axloqqa zidligi, soʻz
erkinligi huquqini buzishi, aniq salbiy yoki ijobiy javobga egaligi
haqida bir qarorga keling. Ulardan har biriga nisbatan bu variantlardan bir nechtasini qoʻllash mumkin. Oʻz tanlovingizni asoslay
olishingizga ishonch hosil qiling.