• Spam bilan qanday kurashish mumkin Spam bilan kurashishda yordam beradigan maslahatlar quyidagilardan iborat: •
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet213/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    KALIT SOʻZLAR
    Spam-xabar: qabul qilishni xohlamagan elektron xabar. 
    Koʻpincha, bir xil xabar email orqali koʻp foydalnuvchilarga 
    yuboriladi.
    Spam yuboruvchilar spamni tarqatish uchun oʻzlari toʻplagan 
    elektron pochta manzillaridan iborat roʻyxatni tuzadilar. Internetdan 
    foydalanishda biror veb-saytdan roʻyxatdan oʻtish, online dasturiy 
    taʼminot yoki biror narsani xarid qilish uchun roʻyxatdan oʻtish 
    jarayonida sizdan boshqa manbalar orqali ma’lumot yuborilishiga 
    rozi ekanligizni bildiruvchi tasdiq belgisini qoʻyish yoki uni olib 
    tashlash soʻralishi mumkin. Agar bu haqida bilsangiz va rozilik 
    berishdan avval yaxshilab oʻqib chiqsangiz, o‘zingizni spamdan 
    ancha saqlagan boʻlasiz. Biroq spamning aksariyat qismi siz qabul 
    qilishga rozilik bildirmagan xabardan iborat boʻladi.
    Hattoki siz email manzilini ehtiyotkorlik bilan bo‘lishsangiz 
    ham, spam tarqatuvchilar email manzilini qonuniy toʻplaydigan 
    insonlardan email roʻyxatini sotib olishlari mumkin.
    Spam bilan qanday kurashish mumkin?
    Spam bilan kurashishda yordam beradigan maslahatlar 
    quyidagilardan iborat:
    Biror veb-saytda roʻyxatdan oʻtayotganingizda elektron 
    xabar yuborilishiga rozi ekaningizni bilish uchun shartlar 
    bilan to‘liq tanishing, tanlashingiz yoki rad qilishingiz 
    mumkin boʻlgan belgini toping.
    Qabul qilayotgan har qanday marketing xabarining quyi 
    qismidagi unsubscribe (Obunani rad etish) funksiyasidan 
    foydalaning. Natijada sizning ma’lumotlaringiz tarqatmalar 
    roʻyxatidan oʻchirilishi kerak.
    Email akkauntingizda Mark as Spam (Spam sifatida 
    belgilash) funksiyasidan, shuningdek, 
    Block Senders 
    (Yuboruvchilarni bloklash) funksiyasidan foydalaning.
    Parolingiz himoyalanganiga ishonch hosil qiling (8-bobga 
    qarang).
    Antivirus dasturingizni yaroqli holatda ekanini tekshirib 
    turing.
    Email guruhlari
    Email guruhlari kontakt ro‘yxati yoki ma’lumotlarni tarqatish 
    ro‘yxati kabi bir xil xabarni bir necha emailga yuborish 
    jarayonini osonlashtiradi. Agar xabarni kontaktlar guruhiga 
    yuborsangiz, bu koʻp vaqtni tejaydi, chunki har bir oluvchining 
    manzilini kiritib chiqishingiz shart emas; u bu guruhning 
    barcha aʼzosiga bir vaqtda yuboriladi.
    Kontakt guruhini yaratish email akkauntingizda foydalanish 
    mumkin boʻlgan funksiyadir.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish