Veb-brauzer va qidiruv mexanizmi
Veb-brauzerdan qanday maqsadda foydalaniladi? Veb-brauzer
– bu Internet serveridan veb-sahifani qidirib topish va uni
foydalanuvchiga namoyish qilishda
foydalaniladigan dastur
hisoblanadi.
Qidiruv mexanizmi qanday maqsadda ishlatiladi?
Qidiruv
mexanizmi – bu milliardlab veb-sahifalarni indekslagan veb-
saytdir; u Internetda axborotni qidirish uchun ishlatiladi.
Agar har
qanday qidiruv mexanizmining bosh sahifasiga oʻtsangiz, qidirish
uchun kalit soʻz kiritiladigan maydonni koʻrasiz. Kalit soʻzga eng
muvofiq keluvchi sahifaning uzun roʻyxati hosil qilinadi.
Ushbu dasturiy ta’minotning o‘zaro farqi nimada? Siz
brauzerdan Internet orqali maʼlumotga kirish uchun
foydalanasiz va qidiruv tizimi sizga uni topib beradi. Qidiruv
tizimiga kirish va undan foydalanish imkoniga ega boʻlish
uchun sizga brauzer kerak.
Blog – muloqot vositasi sifatida
Blog soʻzi “veb-jurnal” atamasining shakli oʻzgargan
koʻrinishidir. Bu fikrlar kundaligi (fikrlash) yoki gʻoya, fikr va
havola bilan boʻlishishda foydalanishingiz mumkin boʻlgan
veb-saytdir (10.04-rasm). Blogni oʻqiyotgan
inson istalgan
yozuvga bevosita fikr bildirish imkoniyatiga ega boʻladi. Blog
haqiqatdan ham bilim ulashish uchun foydali hisoblanadi va
baʼzi bloglar katta auditoriyani oʻziga jalb qiladi.
Sign in now
Your account
Username
Password
Blogger
Chat
Post
Publish
GO!
10.04-rasm. Odatiy blog saytning muqova sahifasi.
Wiki kommunikatsiya vositasi sifatida
Wiki – bu oʻzining yaratilishida ishtirok etishingizga imkon
beruvchi veb-saytdir (10.05-rasm).
Haqiqatan ham, veb-sayt
kontentini yaratish yoki uni tahrirlash mumkin. Shunday
qilib, bu doimiy tekshirib turiladigan
hamkorlik veb-sayti
hisoblanadi. Wikipedia bunga yaqqol namuna bo‘la oladi.
10.05-rasm. Vikipediya sahifasi.
Blogda keng ommaga xabar yuborish va boshqalarning
xabariga izoh qoldirish imkoniyati mavjud boʻlishiga
qaramay, hech kim post yoki izohni oʻzgartira olmaydi. Wiki
foydalanuvchiga ma’lumotni oʻzgartirishga imkon beradi.
Shuning uchun blogda koʻproq shaxsiy fikr va wikida esa
guruh fikriga oid maʼlumotlar mavjud.
10.04-SAVOL
10.02 - jadvalga qarang. Qay biri
qidiruv tizimi va qay biri
veb-brauzer ekanini aniqlang.
Berilgan nomdagi dasturiy ta’minotni qidiruv tizimi deb
hisoblasangiz uning chap tomonidagi katakka “S” belgisini
yoki uni veb-brauzer deb hisoblasangiz “B” belgisini qoʻying.
Agar birortasini qaysi
guruhga mansub ekanini
bilolmasangiz, kompyuteringizdagi brauzer va qidiruv
tizimidan foydalanib, aniqlashingiz mumkin!
Altavista
AOL
Bing
Chrome
Deepnet Explorer
DuckDuckGo
Excite
Firefox
Google
Google Chrome
Internet Explorer
Lycos
Maxthon
Opera
Rockmelt
Safari
Yahoo
10.02-jadval. Brauzermi yoki qidiruv tizimi?