I. A. Karimov "Oz kelajagimizni Oz qOlimiz bilan qurmoqdamiz" degan asarida biz Ozbek xalqi mansub bOlgan xalqning tarixi goyat uzun, beqiyos, betakror ekanini takidlab, bunday degan edilar; "Biz jahon maydonida ku




Download 36.56 Kb.
Sana30.03.2024
Hajmi36.56 Kb.
#182740
Bog'liq
mardonov javlonbek dinshunoslikdan referat
19 Maskalardan foydalanish, 0-16 yoshlar jadvali umumiy, 000, ccccc, 8-ma\'ruza PL (2-semestr), Документ Microsoft Word, Taqdimot, Taqdimotlar, Тесты по предмету Физиология человека2 курс (1), 1668548294, Amaliy mashgni Corel Draw da bajarish tartibi, 17-мактаб Ватан таянчи отряди (3) (Lotincha), Mkroprotsessorlar, mikroEHM asoslari (1), MAQOLA ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, maqola-------------------


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTERI
‘’AT- SERVIS’’ YO’NALISHI



BAJARDI:MARDONOV JAVLANBEK
QABUL QILDI:MUHAMMADIYEV.H
ZARDUSHTIYLIK DINIY IYERARXIYASI
Reja:

1.Zardusht xayoti va faoliyati.


2. «Avesto» zardushtiylikning asosiy manbai va mukaddas kitobi.
3. Zardushtiylikning talimoti.
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bOlib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda dastavval Orta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bOlgan. Uning paygambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdaiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik-ilgarigi diniy tasavvurlar va kOp xudochilikka asoslangan diniy etiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. KOp tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bOlib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini etirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir.
Zardushtiylik paydo bOlgan davr dastlabki sinfiy jamiyat, yani quldorlik tuzumi endigina paydo bOlayotgan davr edi. U urug-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bOlinayotgan davr bOlgan. Bu din eng avval Orta Osiyo, sOng Eron, Ozorbayjonda qaror topgan edi.
I.A.Karimov “Oz kelajagimizni Oz qOlimiz bilan qurmoqdamiz” degan asarida biz Ozbek xalqi mansub bOlgan xalqning tarixi goyat uzun, beqiyos, betakror ekanini takidlab, bunday degan edilar; “Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bOlgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz xalqimiz kOxna Xorazm zaminida “Avesto” paydo bOlgan zamonlardan buyon Oz hayoti, Oz madaniyati, Oz tarixi bilan yashab keladi”.
Ozining “Tarixiy xotirasiz kelajak yOq“ degan asarida bu fikrni yanada kengaytirgan va terranlashtirgan akademik olimimiz yana bunday degan edi: “Eng mOtabar, qadimgi qOlyozmamiz “Avesto” ning yaratilganiga 3000 yil bOlyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oraligida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan manaviy, tarixiy merosidir”. Bu, tabir joiz bOlsa shaklan diniy, mazmunan boshdan oyoq dunyoviy yozuvning qadr-qimmatini teran anglab, uning Ozbek yozma madaniyatining ilk sarchashmalaridan biri sifatida Xorazmda yaratilgan durdonaga yuksak baho berib, yana bunday deb yozgan edi muallif: “Avesto” ayni zamonda bu qadim Olkada buyuk davlat, buyuk manaviyat, buyuk madaniyat bOlganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”.
Butun Orta Osiyo xalqlari, jumladan Ozbek xalqi moddiy va manaviy madaniyatining beshigi Xorazm vahasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bOlgan. Shulardan keyinchalik Ozbek elati, sOng xalqi, millati tashkil topgan.
I.A..Karimov yuqorida qayd etilgan asarida juda Orinli qayt qilganidek, Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Bu Orinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi “yozma tarix” nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari Oz xotiralarida yozib qoldirgan,keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarixiy dalillar goyat Orinli tarzda nazarda tutilgan.
Xorazmda Otroq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan; davlat esa uning maxsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan “Avesto”ning qOlyozmasi, binobarin, yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. Yuqorida qayd qilganimizdek, yurtboshimiz “Avesto” Xorazmdek qadimiy Olkada buyuk davlat, boy manaviyat, qimmatli madaniyat yodgorligi ekanligi hech kim inkor eta olmasligi ham takidlagan.
diniy islohotini tushunish uchun Osha davr Turonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va siyosiy vaziyatni etiborga olish kerak. Gap shundaki, Turon iqlimining kontinental, yani nisbatan mOtadilligi, geografik jihatdan ikki katta qita Ortasida, Amu va Sir daryolari oraligida joylashgani sababli savdo-sotiqning kuchayishi bu mintaqada suniy sugorishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga kelishiga sabab bo’lgan.Xuddi shu tarixiy davrda hunarmandchilik va ovchilik ham anchagina rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa Fargona vodiysida qorabariy zotiga Oxshash otlar boqish keng kOlam olgani ham ijtimoiy hayotda katta rol Oynagan. Buning ustiga mis va qOrgoshin konlariga boy bOlgan Oltoyning yaqinligi bu yerda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bOlgan.
Zardusht yashagan davrda Otroqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bOlgan. Ammo unga qabilalar Ortasidagi qirginbarot urushlar raxna solayotgan edi. Urushlar kOpincha har bir qabila va elatning Oz xudolariga kOplab qurbonliklar qilish odatlari zaminida ham yuzaga kelardi. Oz davrining kohinlari, sehrgarlari va mOtabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht yuqoridagi odatlarni bartaraf etish va halqlarga tinch mehnat bilan shugullanish imkonini yaratish uchun kOpxudolik etiqodlariga va otashparast-likka barham berib, yakkaxudolikka siginishni targib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan.
Shunday qilib, Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bOlgan din sifatida undan oldingi urug-qabilachilik dinlari negizida paydo bOlgan yakka xudolik dini bOlgan. U eramizning to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, sOngra uning Orni islom egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va Orta Sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, Ozi tarqalgan Olkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va manaviy qarashlari, diniy etiqodlari, urf-odatlari haqilagi manba hamdir. Unda bayon etilgan asosiy goyalar diniy etiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht degan paygambar nomi bilan boglangan. U “Avesto” ning eng qadimiy qismi “Gat” (xat nomi) ni ijod etgan. “Avesto” tarkibiga kirgan bilim, malumotlar qariyb milloddan avval 3000-yillik oxirlari va 2000-yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha Otgan davrda yuzaga kelgan; avloddan-avlodga ogzaki Otib olingan, uning buqa terisiga yozilgan kOp qismi yOqolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U miloddan avvalgi 3 asrda Ashrakiylar sulolasi davrida tOplangan.
Zardushtiylik dini talimotini quyidagi uch tarixiy qismga bOlish mumkin;
1.Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urugchilik tuzumidagi etiqodlar, kOp xudolik tasavvurlari tasvirlangan;
2.Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan;
3.Qadimiy kOpxudolilik va keyingi yakkaxudolik goyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan.
Shoh Vishtasia farmoniga binoan “Zardusht 1200 bobdan iborat pandnomasi “Avesto”ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan” deb yozgandi Firdavsiy. Keyinchalik bu “Kitob” 12 ming buqa terisiga bitilgan, makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn Sharq ulamolari bir qismini zabt etganda uning nodir nusxasini Elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini yondirgan”. “Avesto” yuqorida aytilganidek, eng qadimiy yakka xudochilikka asoslangan dinning birinchi muqaddas kitobigina bOlib qolmay hozirgacha, etiborli tarixiy manba va madaniyat yodgorligi hisoblanadi. Unda dastlabki oddiy ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan diniy-mifologik tasavvurlar uygunlashib ketgan; shu zaminda manaviy, jumladan ahloqiy barkamol odam ezgulikni barqaror qila oladigan kurashchan, adolatparvar insonni shakllan-tirish goyasi markaziy Orinni egallagan. “Avesto”da tabiiy bilim-lar-agronomiya, meteorologiya, zootexnika, meditsina, falakiyot, astronomiya, geografiyaga doir bilimlar ham mavjud.
Zardushtning diniy islohoti bOsh joyda yuzaga kelgan emas. /arbiy Yevropa va rus tadqiqotchilarning fikricha, milodgacha bOlgan 3-2 ming yilliklarda Markaziy Osiyoda oriy deb atalgan qabila yashagan. A.P.Primakning aytishicha, oriylar kOchmanchi chorvadorlar bO`lishgan.Ularda yozuv bOlmagan, ammo hayratomuz ogzaki ijod istedodiga ega bOlib, ular yaratgan Oziga xos ashula, gimn, pand-nasihat shaklidagi qOshiqlar avloddan avlodga Otib borgan. Umuman Sharqda qadimdan inson ichki olamini munavvar etish, niyat bilan amal mushtarakligiga jiddiy ahamiyat berish diniy va falsafiy fikrlarning markazida turgan. Angliyadagi Oksford universiteti-ning professori Maks Myuller Pomir atrofida yashagan Oriy qabilalarining bir qismi bundan 3,5 ming yil muqaddam Hindistonga, bir qismi Yevropa va Eronga kOchib ketganini takid-lagan. Ular albatta Ozlari bilan birga shu yerdagi osoriatiqalarni (mifologiya) ni ham olib ketishgan, deb hisoblagan. Demak, Yevropa va Hindistonga hamda Yaqin va Orta Sharqqa tarqalgan kOp xudolik asoslari avvalo Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Shu bilan birga Zardusht asos solgan yakka xudolik dini ham boshqa joyda yashayotgan xalqlar etiborini Oziga jalb etgan. Zardushtiylikning muqaddas yozuvlar tOplami “Avesto” mintaqada Iskandar asos solgan hokimiyat tugagach, eramizgacha bOlgan 250-yillarda arshohiylar sulolasi hukmronligi davrida yana tiklana boshlagan; u yangi matnlar bilan tOldirilgan. Sosoniylar sulolasi hokimiyati davrida (milodning III-VII asrlari) bu ish nihoyasiga yetkazilgan. “Avesto”ning uchta kitobi (bobi) qadimgi turon tilda va bittasi pahlaviy tilida tiklangan. Uning birinchi kitobi “Vadovdot”, yani devlarga qarshi qonun, deb atalgan. “Yosin” va “Visparad”ni qOshgan holda “Vadavdot-Sade” nomi bilan yuritilgan. “Vadovdot”ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi deyish ham mumkin. “Avesto”ning ikkinchi kitobi “Yosin” bOlib, Zardusht Xat (noma)lari uning asosiy mazmunini tashkil etgan. U 72 “ha”- bashoratdan iborat bOlib, birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kelmasdan ilgari mavjud bOlgan xudolar shaniga shukronalar bayon etilgan.
“Avesto” ning uchinchi kitobi “Visporat” deb nomlangan. Unda olamni yoki hamma narsani bilishga doir pand-nasihatlar Orin olgan. U ibodat namozlari yigindisi bOlib, 25 qismdan iborat. Oxirgi kitob “Bundaxash” qadimgi Eron tili - pahlaviy tilida yozilgan.
Yoshtlar va yosinlar 3 qatlamdan iborat: Birinchisi xalq dostonlarining Zardushtgacha bOlgan qOshiqlari (sherlari); ikkinchisi Zardusht Xat (noma) lari va uchinchisi Zardusht halok bOlgandan keyin kitob holiga keltirilgan va Kichik Avesto nomi bilan yuritiladigan qismidir. Demak, “Avesto” ning ilk va kichik (keyingi) qismlaridan uning asosiy qismi Zardusht Nomalarini farqlash lozim. Bu Nomalar kOp xudolikni, Otga va tabiatning stixiyali kuchlariga siginishni qoralab, yakka xudolikka etiqod qilishni talab etgan. Hozirgacha bOlgan ilmiy adabiyotlardagi farqlar kOproq “Kichik Avesta” ga asoslanib bildirilgan. Bunda yakka xudolik goyalari kOp xudolilik etiqodlari bilan qorishib ketgani uchun tadqiqotchilar zardushtiylik kOp xudolik yoki ikki xudo dini sifatida talqin etadilar. Bunday qarashlar zardushtiylikning uchinchi yOnalishi-kOpxudolilik bilan yakka xudolilik qorishmasi-dan iborat mazdaizm bilan aralashtirish oqibatidir.
Zardushtgacha bOlgan Oxura, Mitra, Mazda, Onaxit va boshqa xudolar haqida har xil fikrlar bOlgan. Ammo ular odamlardek hayot kechirgan bOlsalar, Zardusht talqinida Oxuramazda Oliy ibtido bOlib, uning na xotini, na bolalari bor. U hamma mavjudotlarni yaratuvchi va boshqaruvchi sifatida, ezgulikni barqaror qiluvchi, odamlar qalbini munavvar etuvchi Oliy ruh sifatida namoyon bOlar emish.
Eron shohlari Oz imperiyalarini barqaror qilishda zardushtiylikning Orni va roliga tOgri baho berganlar. Biroq, bu dindagi Ortahol dehqonchilik, mOtadil, kamtarona hayotdan iborat turmush tarzini ilohiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash ularga yoqmaydi. Shuning uchun Eron shohlari zardushtiy-likni Zardusht paygambargacha bOlgan va Yaqin Sharqda ham keng tarqalgan kOp xudolilik g`oyalari bilan aralashtiradilar.Zardusht Orniga Ozlarini xudo vahiylarini odamlarga yetkazib turuvchi paygambar Orniga qOyadilar. “Kichik Avesto”da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib Ornatuvchilikdan kOra kOproq qabilaviy xudolarni boshqaruvchi Bosh xudoga aylantirib qolgan. Ahamoniylar Gretsiyani bosib olish uchun olib borgan urushlari (bunda Markaziy Osiyodagi turk jangchilari katta rol Oynagani uchun Iskandar Zulqarnayn ulardan qasos oladi) hamda greklarning Eron va Turonni ishgol etishi oqibatida Oxuramazda qadimgi Gretsiyada bosh xudo Zevs, Aflotun (Platon) sifatida talqin etila boshlaganiga tadqiqotchilar etiborni qaratadilar. Ahamoniylar zardushtiylikni Oz etiqodla-riga bOysundirgan bOlsalar, Iskandar bu dinni butunlay yOq qilish uchun unga oid yozuvlarni yoqtirib yuborgan. Arab istilochilari Eron va Turonni bosib olishgach, mazdaizm kOrinishidagi zardushtiylikka etiqod qiluvchilarni zOrlik bilan islomga kiritganlar. Oz etiqodidan voz kechmaganlarni Oldirganlar, quvgin ostiga olganlar. Zardushtiylikning bizgacha yetib kelishida unga etiqod qilib kelayotgan Hindistondagi eronliklarning hissasi kattadir.
Zardushtiylikning asosiy goyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va Olim Ortasidagi kurashga bogliq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam asosiy kuch va rolni Oynaydi, u tanlash erkinligiga ega, u Oz gayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga tasir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, Ozining irodasi, aql-zakovatiga ishonib, uni ishga solsa, Oziga biror kasbni tanlab olsa, gayratli bOlsa, adolatsiz-likka duch kelsa, unga qarshi kurashsa aslo kam bOlmaydi, adolatning tantanasiga erishadi.
“Avesto” ning muqaddas kitoblarida qadimgi dunyo falsafaning 4 asoslari (substansiyasi)-tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashti-rilgan. Tuproq, suv, havoni bulgash, ifloslantirish eng ogir gunohlar qatoriga qOshilgan. Hatto marhumlarning murdalari yerni, suvni, havoni zaharlab qOymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda kOmish rasm bOlgan. Oxuramazda “yerga yaxshi, mustahkam uruglar sepishdan ortiq savob ish yOq“, degan. Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni qurbonlikka sOyishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish yerdagi yovuzlikka barham berish, hisoblangan. “Odam gOzalligi dehqondan, dehqonchilikdan, - deyilgan bashoratlarda,-kimki yerga urug qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, shu yOlgina yagona haqiqat bOlib, qolgani sarobdir. Zardushtiylikning vazmin, musiqa bilan uygunlashib ketgan dono Ogitlari ona zaminga, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka va Vatanga, xalqqa ulug muhabbat ruhi bilan uygunlashib ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar kOp bOlganidan dalolat beradi.
Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, NavrOz, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bOlgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizgaldoqning ochilishi, bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning gOzallashib borishi ezgulik ruhining tantanasi bOlib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bOlgan. Odamlar tabiatning bu gOzalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar.
Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidagi goyalar bilan birga real, dunyoviy, hozir ham foydali nasihat, tavsiya, cheklash, taqiqlash, ragbatlantirishga doir ugit va davatlar kOp bOlgan. Ulardan hozirgi mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin va lozim.
Hozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, yani meros qilib olish tamoyili bor. Shunga binoan Orta Osiyoda tarqalgan Yahudiylik va islomda zardushtiylikning muayyan tasiri borligi hozir ham seziladi. Bu din keng yoyilganligi va uzoq vaqt davom etganligi uchun u ajdodlarimiz ongi, turmushiga katta tasir Otkazgan. U ham vaqt, sharoit, Oringa qarab O`zgargan, zamonaviylash-gan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va bilvosita singgan.Masalan, mehnatga, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga davatlar bajonidil qabul qilingan. Uning tOrt element: suv, tuproq, havo, olovni ezozlash, avaylash, asrash haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa dolzarbdir. Shuningdek zardushtiylikdagi halollik, poklik, vijdonlilik, odillik, mehnatsevarlik kabi nasixatu davatlari deyarli barcha diniy talimotlarda ham uchraydi.
Zardusht asos solgan goyalar kishilar ongi, turmushiga singib, uzoq vaqtlar yashab kelmoqda. Uning olam, odamning yaratilishi, ikki dunyo haqidagi goyalari, jannat va dOzax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar yozib borilishi, sOroq-savollar, “Chinvot” kOprigi, jihod, erkin va ozod turmushga asoslangan barqaror tartibotlarni qaror toptirish, yakka xudo bilan odamlar Ortasidagi vositachi-paygambar v.h. tOgrisidagi fikrlar budda, xristian, islom dinlarida Oziga xos ravishda hanuz yashab kelmoqda. Shuning uchun tadqiqotchilar jahon dinlarining vujudga kelishi va shakllanishida Zardusht asos solgan dinning Orni va rolini munosib baholashlari talab etiladi. Masalan, zardushtiy-likka binoan katta va izchil tadqiqot olib borayotgan ingliz olimasi Meri Boys bunday deb yozgan: “Zardushtiylikning ulugvor va original talimotlari butun Yaqin Sharq hududiga tasir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va islom paydo bOlgan”, shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham zardushtiylikdan oziqlangan. “Shuning uchun, - degan u, - jahon dinlarining barcha jiddiy tadqiqotchilari zardushtiylikni Organadilar”.
Agar zardushtiylik qadimgi Turon va Baqtriyadagina emas, balki Araxoziya, Sakiston (hozirgi Afgoniston va Shimoliy Hindiston), Fore, Midiya, Parfiya, Assuriya, Vaviloniya, Lidiya, Likiya va Kappodoniya (Kichik Osiyo), Gretsiya, Suriya, Falastin hududlariga ham tarqalgani hisobga olinsa, uni haqli ravishda jahonga tarqalgan birinchi din deyish mumkin. Zardushtiylikning Markaziy Osiyoda vujudga kelganligi, u jahon madaniy hayoti (sivilizatsiyasi) ga kOrsatgan zOr tasirini inkor etish qiyin. Bu din haqidagi malumotlarga ega bOlishimizda avvalo ingliz D.J.Buger, sOngra fransuz tadqiqotchisi A.Dyupperondan minnatdor bOlishimiz lozim. 1755 yilda Dyupperon Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy) lar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishgan va “Avesto” ni fransuz tiliga tarjima qilgan. Hozir “Avesto” ning tOrtdan bir qismini eng nodir nusxasi Bombaydagi Kama sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. U 1915 yilda kOchirilgan bOlib, 672 betdan iborat. “Avesto” ning /arbiy Yevropa, Eron va Hind tillari orqali bizga malum bOlgani uchun undagi nomlar va terminlar, aftidan asliga mos kelmaydi. KOpgina osoriatiqalar, ismlar, joylarning nomlari hindcha tus yoki hind-yevropa tillariga xos shakl olgan. Undagi turkona jihatlar kam qolgan. Har bir sohada birinchi ish, ilk qadam, dastlabki kashfiyot bagoyat qadrlanib, insoniyat bu qadamni boshlab bergan kishilarni minnatdorchilik tuygulari bilan doimo eslab turishni Oz burchi deb hisoblab kelmoqda. Shu manoda jahon dinlari keyingi 2,5-1,5 ming yil davomida takomillashgan, ularning marosimlari, urf-odatlari, rasm-rusumlari nechoglik xilma-xil tus olgan bOlmasin, ular baribir Zardusht asos solgan yakka xudochilik etiqodlarining vorisi hisoblanishi kerak. Ulug vatandoshimiz Zardusht Sepitomaning tarixda, madaniy taraqqiyotda Oynagan buyuk rolini tiklash orqali Oz milliy qadriyatlarimizni ham tiklagan bOlamiz. Markaziy Osiyoliklar, jumladan Ozbeklar ham milliy adabiyotlar xaritasida Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Eron, Arabiston, Yevropa xalqlari orqasidan doimo ergashib yuradigan xalq bOlmaganligi, u Oz mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi jahon afkor ommasiga ayon bOlib qoladi.Bizning kunlarimizda eng kichik xalqlar, elatlar ham jahon hamjamiyatlari orasida Oz Orinlarini topish uchun Otmishlarini ilmiy asosda tiklashga intilmoqdalar. Bazi kOp sonli va qudratli millatlar esa boshqa xalqlar madaniyati va qadriyatlarini Ozlariniki qilib kOrsatishgacha borib yetmoqdalar va kOpincha bunni isbotlashga muvaffaq bOlmoqdalar. Ammo turkiy xalqlarning bunday qalbaki ishlar bilan shugullanishlari uchun hojat yOq. Ular tarixning “ichkarisi” ga kirib borishdan qaytmasalar va bosqinchi- kelgindilar qadriyatlari doirasidan chiqib olishga aqllari yetib qolsa, bas, boy va ibratomuz tarix tiklanadi; shunda Ozbekning ham kOzi ochilib, istiqlol sari intilishda qudratli kuchga ega bOlib qoladi. Bu esa uning millat sifatida Oz milliy manfaatlarini tOla-tOkis anglashi, natijada maxalliychilik, urug-aymoqchilik, separatizm illatlaridan xoli bOlish uchun kafolat bOlib qolishi mumkin va lozim.

Adabiyotlar;



  1. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlikshartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

  2. Karimov I. A. Ozbekiston milliy istiklol, iktisod, siyosat, mafkyra. 1996y.

  3. Mo’minov A.Q. Dinshunoslik asoslarini o’qitish va o’rganishning yagona

  4. kontseptsiyasi. Toshkent, 1999.

  5. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie. M., 1996.

  6. Ugrinovich D.M. Vvedenie v religiovedenie. M., 1985.

  7. Fromm E. Psixoanaliz i religiya.//Fromm E. Imet ili bit? M., 1990.

  8. Zakon bojiy: Vtoraya kniga o pravoslavnoy vere. Volgograd, 1987.

  9. Jo ’raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., 1998.

  10. Men A. Istoriya religii. M., 1994.

  11. Mifi narodov mira. V2-x tomax. M., 1973.


  12. Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix uchebnix

  13. zavedeniy. pod obsh.red. I.N. Yablokova. M. 1995.

  14. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie religii. M., 1996.

  15. Religioznie traditsii mira. V2-tomax. M., 1996.

  16. Religioznie traditsii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997.

  17. Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1997.

  18. Krivelev I.A. Istoriya religii. M., 1989.

  19. Levi-Bryul. Pervobitnoe mishlenie. M., 1930.

  20. Qur'oni Karim. Tarjima va izohlar A.Mansurniki. Toshkent, 1992.

  21. Bibliya. Moskva, 1997.

  22. Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi. T., 1992, 54-63-betlar.

  23. Yahudiy oy-quyosh kalendari. M., 1990.

  24. Marhaban bikum fi Isroil (Isroilga xush kelibsiz). Al-Qohira, 1988.

Download 36.56 Kb.




Download 36.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. A. Karimov "Oz kelajagimizni Oz qOlimiz bilan qurmoqdamiz" degan asarida biz Ozbek xalqi mansub bOlgan xalqning tarixi goyat uzun, beqiyos, betakror ekanini takidlab, bunday degan edilar; "Biz jahon maydonida ku

Download 36.56 Kb.