Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Download 58,73 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2019
Hajmi58,73 Kb.
#7442
  1   2   3

Tarix fani

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1+

Tarix fanini

o‘rganishning kuchaytirilgan

umumiy darajasi.



Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:

O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.




Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari


1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;

B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

TARIX FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.

5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.

6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.

7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.

7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.

8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.

9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.

9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.

10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.

10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.

10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.

11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.

11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.

11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.

Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.

Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:

tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;

Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;

mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:

Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;

har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;

tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK-tayanch kompetensiya


  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

  6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.


9-SINF. O‘ZBEKISTON TARIXI

DASTUR MAZMUNI

(A2 51 soat, A2+68 soat)

(O‘quv yilining birinchi yarim-yilligida bir soat, ikkinchi yarim-yilligida ikki soat o‘qitiladi)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar tizimi:
A2, A2+

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uniishontira bilish;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud tarix faniga oida axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qilish;

ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: kompetensiya

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;

xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shartsharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.


Kirish (A1 1 soat, A2+ 1 soat)

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. O‘rganiladigan davrning o‘ziga xos xususiyatlari. Vatan jonajon yurt va qadrdon zamin, eng muqaddas bebaho boylikdir.


I BO‘LIM. XIX ASR O‘RTALARIDA O‘ZBEK XONLIKLARINING SIYOSIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI

(A2 5 soat, A2+ 8 soat)
1-mavzu. O‘rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

O‘rta Osiyo davlatlarining hududi. Xiva va Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligining hududiy chegaralari. O‘rta Osiyo davlatlarining aholisi.



2-mavzu. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ma’muriy boshqaruv tizimi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Buxoro amirligining davlat boshqaruvi. Amirlikni mang‘itlar sulolasiga mansub hukmdorlar. Amirlikda ijro hokimiyati.

Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan boshqarilishi. Xonlikda oliy amaldorlar – devonbegi, qo‘shbegi, mehtar, otaliq.

Qo‘qon xonligining minglar sulolasi tomonidan boshqarilishi. Amir lashkar. Mehtar, qozikalon, qozilar, muftiy, rais, mirshab.



3-mavzu. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Yer egaligi va soliq tizimi.XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklariagrar davlatlar. Katta yer egalari, dehqonlarning yer egalari qo‘lida ishlashi. Sug‘orish tizimi va tartiblari. Amudaryo, Sirdaryo suvlari kanallar qazib, to‘g‘onlar qurilib ekin-maydonlariga yetkazilgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. O‘rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar.



Manbalar bilan ishlash (A2+1).

4-mavzu. XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayoti. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Xalq ijodiyoti. Xalq ijodiyoti: baxshilar, qiziqchilar, hofizlar, askiyachilar. Arxitektura.



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
II BO‘LIM. ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA OSIYONI BOSIB OLISHI

(A1 7 soat, A2+ 12 soat)
5-mavzu. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Bosib olish uchun tayyorgarlik. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi. Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun harakatlar. O‘rta Osiyoni bosib olish uchun harbiy istilochilik yurish bosqichlari. Toshkentning bosib olinishi.



6-mavzu. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi. (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Turkiston o‘lkasida mustamlaka boshqaruvining o‘rnatilishi. 1867-yilda markazi Toshkent shahri bo‘lgan Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil qilindi. Yangi ma’muriy hududlarning tashkil qilinishi. 1867-yilgi «Nizom» loyihasi.



7-mavzu. Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Buxoro amirligi bosib olinishining boshlanishi. 1866-yil 8-mayda Erjar jangi. O‘ratepa va Jizzax uchun janglar. 1864-1866-yillar davomida bosib olin­gan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Sirdaryo viloyatining tashkil qilinishi.



8-mavzu. Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Samarqand uchun jang. Zirabuloq tepaligida jang. Samarqandda xalq harakatlari. Buxoro amirligining Rossiya vassaliga aylantirilishi. Podsho hukumati tomonidan yangi bosib olingan hududlarda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat Zarafshon okrugining tuzilishi. 1873-yildagi shartnoma.



9-mavzu. Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi. (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Xiva xonligiga qarshi Kaufman boshchiligida harbiy yurishlarning boshlanishi. Mang‘ishloq, Orenburg, Turkiston va Krasnovodsk okruglarining yurishda ishtirok etishi. 1873-yil 12-avgustda imzolashgan Gandimiyon shartnomasi. Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdorida tovon to‘lanishi.



10-mavzu. Qo‘qon xonligining bosib olinishi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Qo‘qon xonligidagi ichki siyosiy nizolarning kuchayishi. XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar. Andijonga uyushtirilgan hujum.

Namanganning bosib olinishi. 1876-yil 18-fevralda Qo‘qon xonligining tugatilganligi to‘g‘risidagi farmon e’lon qilinishi va Qo‘qon xonligi hududi o‘rnida Farg‘ona viloyatining tashkil qilinishi. Turkmanlarning bo‘ysundirilishi. Mag‘lubiyat sabablari va oqibatlari.

Manbalar bilan ishlash (A2+1).

Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
III BO‘LIM. ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI

(A1 6 soat, A2+ 8 soat)
11-mavzu. Turkiston general gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi. Manbalar bilan ishlash (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Boshqaruvning mustamlakachilik tartiblari. 1865-yil 6-avgustdagi Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom».

Viloyatlar uezdlarga, uezdlar uchastkalarga bo‘lindi. Boshqaruv tartiblarining mustamlakachilik xususiyatlari. Turkiston o‘lkasining ma’muriy hududiy bo‘linishi va boshqaruvi. 1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ning tasdiqlanishi.

12-mavzu. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati. (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar. 1886-yilgi «Nizom»da «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi». Nizom bo‘yicha o‘lkada yirik yer egaligi ham tugatildi. Rossiyaning O‘rta Osiyoda ko‘chirish siyosati. 1875-yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo bo‘ldi.

Toshkent shahri va o‘lkaning boshqa Yangi Marg‘ilon, Samarqand, Andijon kabi shaharlarida ko‘chib kelganlarning posyolkalari paydo bo‘ldi.

13-mavzu. Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Sudlov tizimining mustamlaka manfaatlariga moslashtirilishi. Sud organlarining faoliyati. General-gubernator prokuror va oliy sud vazifasini ham bajargan. XIX asrning oxirida sudlov jarayonidagi o‘zgarishlar. 1898-yilda Toshkent sud palatasi tuzildi.



14-mavzu. Turkistonda harbiy politsiya tartibotining o‘rnatilishi. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Mustamlaka tartibotini kuchaytirish yo‘llari. O‘rta Osiyoga temir yo‘llarning o‘tkazilishi. O‘lkada harbiy politsiya tartiboti. 1881-yilgi «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom». 1892-yildan boshlab 1916-yilga qadar Turkistonda «kuchaytirilgan qo‘riqlov». Mahalliy aholi armiyada xizmat qilishdan ozod etildi.



Download 58,73 Kb.
  1   2   3




Download 58,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari

Download 58,73 Kb.