-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (A1 1 soat, A2+ 1 soat)




Download 58,73 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2019
Hajmi58,73 Kb.
#7442
1   2   3

15-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Iqtisodiyotning mustamlakachilik manfaatlariga bo‘ysundirilishi. 1867-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasi ishlab turdi. Paxta xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyoj. 1884-yilda Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi) yetishtirish boshlandi.



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

IV BO‘LIM. XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDA MILLIY OZODLIK HARAKATLARI

(A1 5 soat, A2+ 6 soat)
16-mavzu. Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Mustamlakachilik jabr-zulmining kuchayishi. Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining sabablari. Milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi. Xalq harakatlariga qarshi jazo tadbirlarining kuchayishi.



17-mavzu. Toshkentda “Vabo isyoni (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari. Qo‘zg‘olonning boshlanishi. “Vabo isyoni”, “Toshotar voqeasi”. Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyingi chora-tadbirlar. 1892-yil 18-iyundan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirdi.



18-mavzu. Andijon qo‘zg‘oloni (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Qo‘zg‘olonning sabablari. 1891-yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib keltirilishi. Qo‘zg‘olonning boshlanishi. Qo‘zg‘olonchilarning xatolari. Qo‘zg‘olonning bostirilishi.



19-mavzu. Milliy ozodlik harakatlarining ahamiyati (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlarning umumiy xususiyatlari. Qo‘zg‘olonlarning ahamiyati. Milliy ozodlik harakatida. O‘zbeklar, qirg‘izlar, tojiklar, turkmanlar bir bo‘lib mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganlar.



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).

V BO‘LIM. XIX ASR IKKINCHI YARMIXX ASR

BOSHLARIDA QORAQALPOQLAR

(A2 5 soat, A2+ 6 soat)
20-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning hududiy joylashuvi va ijtimoiy ahvoli. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

XIX asrda qoraqalpoqlar. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti. Qoraqalpoq ulusining shakllanishi. Xo‘jaligi va mashg‘ulotlari. Qoraqalpoqlarda urug‘chilik va qabilaviy munosabatlar. Urf-odatlar va turmush tarzi.



21-mavzu. Soliq va majburiyatlar. Xalq qo‘zg‘olonlari. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Soliq va majburiyat turlari. Xalq qo‘zg‘olonlari.



22-mavzu. Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Gandimiyon shartnomasidan so‘ng qoraqalpoqlar hayotidagi o‘zgarishlar. 1870-yillarning boshlariga kelib esa ular deyarli o‘troq turmush kechirishga o‘tishdi. XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarning ma’muriy markazi Chimboy. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar.



23-mavzu. XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Xalq og‘zaki ijodiyoti. «Qirqqiz» dostoni. Ilm-fan. Qoraqum eshon va Tosh madrasalar.



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).

VI BO‘LIM. JADIDLAR HARAKATI VA UNING TURKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTIDAGI AHAMIYATI

(A1 6 soat, A2+ 8 soat)
24-mavzu. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Turkistonda jadidchilik oqimi paydo bo‘lishining shart-sharoitlari. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi. Jadidchilik harakatining Turkistonga yoyilishi. Qo‘qon, Andijonda, Toshkentda jadid maktablarining ochilishi.



25-mavzu. Jadidlar: dasturiy maqsad va vazifalari (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Jadidlarning g‘oyalari va mafkurasi. Hurriyat, Musavvot, Adolat (Ozodlik, Tenglik, Adolat). Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi.


26-mavzu. Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalari. Turkiston jadidlar harakatining milliy xususiyatlari. Turkiston jadidlari podsho yakka hukmronligiga qarshi turdilar. Jadidlar yoshlarni chet elda o‘qitish tarafdorlari.



27-mavzu. Jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga ta’siri (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Jadidlar faoliyatining kuchayishi. Jadidlar faoliyatining Turkiston aholisi hayotiga ta’siri. Jadidlarning islom diniga bo‘lgan munosabati. Rossiyadagi siyosiy jarayonlar ta’sirida jadidlar harakatining faollashuvi. Xorazmda jadidlar siyosiy partiyasi tashkil topdi. Yosh xivaliklar. Buxoroda Yosh buxoroliklar partiyasi tuzildi. 1917-yil-mart Toshkentda jadidlarning yangi partiyasi «Milliy markaz».



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Nazorat ishi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
O‘quvchilarda quyidagi fanga oid kompetensiyalar tizimi shakllanadi:
Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

A2

O‘zbekiston tarixiga oid davr va-yillar hisobini biladi. Hijriy-yilni milodiyga, milodiy-yilni hijriy-yilga o‘gira oladi, tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilgachasodir bo‘lgan voqealar yuzasidan insoniyatning tarixiy evolyusiyasi, inson va jamiyat, jamiyat ma’naviy hayotining shakllanishi, taraqqiyot, davlat, iqtisodiy, ijtimoiy, diniy, siyosiy va madaniy jarayonlari haqida ma’lumot bera oladi;

Mamlakatimizda ilm fan rivojining jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi.



A2+

O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilgasodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr nuqtainazaridan munosabat bildira oladi.


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

A2

fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha tarixiy materiallar yordamida hozirgi kun bilan bog‘lay oladi;

O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan tarixiy voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay oladi.

Quyidagi tarixiy atamalar mazmunini tushuntira oladi:

Amirlik, Xonlik, Qushbegi, Devonbegi, Mirzaboshi, Mushrif, Dodhox, Parvonachi, Shaxul islom, Muftiy, Muxtasib, Qozikalon, Sadr, Otaliq, Vaqf, Xiroj, Yarimchi, Amlok, Mutavalli, Shushr, Qozon puli, Solg‘ut, Zakot, Mirob, podsho Rossiyasi, Mustamlakachilik siyosati, Jadidlar, Ultimatum, chor Rossiyasi, Nizom, yarim podsho,Imperator, general-gubernator , turkvo shtabi, Kaspiyorti, Mahkama, Politsiya, Diplomatiya, Xarbiy Gubernator, Protektarant, Vassal, To‘ra, Kotributsiya, Pristan, Volost, U’ezd, Duma, Komendant, Xalq sudlari, Uchastka mirovoy sudyalar, Ispravnik, Zamstvo, Qozi sudlar, Vabo isyoni, Eshon dukchi, Kazarma, Katorga, Otaliq, Beklarbegi, Maorif, Senzura, Delegat, Muxtoriyat, Jevachi, Pulmet, Tanobona, Kafsan, Stixiyali, Notarial, Assambleya, Muttassib, Radikal, Muvaqqat, Mehtar, Afanak, Ameta, Sex, Manifest, Konservativ,Tuzem, Gimnaziya, Matbuot, Metralogiya, Feleton.

Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi.

Munis, Ogahiy, Ahmad Donish, Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon Xudoyorxon, M.Murkroft, A.Byorns, I.Volf, J.Ebbot, Perovskiy, Amir Muzaffar, Amirlashkar Alimqul. Hakimxo‘ja, Abdurahmon eshon, Solihbek oxun, K. P. fon Kaufman, F.Romanovskiy, Bobobek, Jo‘rabek, Abdumalik To‘ra, Abdurahmon Oftobachi, Nasriddinbek, Skobelev, Aleksandr, Aleksandr III, Po‘laton, Yetimxon, Darvishxon, Muhammad Ali eshon, Ernazarbiy, Bobo Go‘klan, Kunxo‘ja, Otash Olshinboy, Ajiniyoz, Berdaq, Ismoil G‘aspirali, Salohiddin domla, Shamsiddin domla, Mannon qori, Behbudiy, Munavvar, Nikolay II, Nazir Hoji eshon va Abdurahmon jevachi, Amir Olimxon, Asfandiyorxon, Junaidxon, Sayid Abdulla, Ismoil Obidov, Mulla Olim Mahdum, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar, Ahmad Donish, V.F.Komissarjevskaya.

Quyidagi sanlarda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida ma’lumot bera oladi.

1847-1864-yil – Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo hududini bosib olishining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

1847-yil – Raim (Orol) qal’asi qurildi.

1851-1855-yil – Muhammad Aminxon madrasasi bunyod etildi.

1853-yil – Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy tomonidan Oqmachit qal’asi bosib olindi (bugungi kunda Qizil O‘rda).

1855–1856-yil – Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni bo‘ldi.

1859-yil – Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

1860–885-yil –Amir Muzaffar hukmronlik-yillari.

1863-yil – Qo‘qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi boshlandi.

1864–1910-yil – Feruz taxallusiga bilan shoir sifatida tanilgan Sayid Muhammad Rahimxon II ning Xiva xonligida hukmronlik qilgan davr.

1864-yil – Toshkent ahlining shaharni bosib olishga urinib ko‘rgan general Chernyaev qo‘shinlariga qarshi kurashi bo‘lib o‘tdi.

1865–1868-yil – Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

1865 -yil– Rossiya bosib olgan hududlarda Turkiston viloyati tuzildi.

1865 -yil– «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom» e’lon qilindi.

1865-yil – Podsho qo‘shinlari Toshkentni bosib oldi.

1866-yil – Erjar to‘qayida (Sirdaryo bo‘yida) Buxoro amirining lashkari podsho qo‘shinlari tomonidan tor-mor etildi.

1866-yil – podsho qo‘shinlari O‘ratepaga hujum qilib, uni bosib oldi.

1866-yil – podsho qo‘shinlari Jizzax shahrini egalladi.

1867-yil – Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. Aleksandr II tomonidan tayinlangan birinchi general-gubernator Konstantin fon Kaufman Turkistonni, 1881-yilga qadar idora qildi.

1867-yil – Toshkentda O‘rta Osiyoda birinchi meteorologiya stansiyasi ochildi.

1868-yil – Buxoro amirining o‘g‘li Abdulmalik to‘ra rahbarligida Samarqand mustamlakachi hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.

1868-yil – podsho qo‘shinlari Cho‘ponota Zirabuloq yonida Buxoro amiri qo‘shinlarini tor-mor etib, Samarqand shahrini egalladi.

1868-yil – Kaufman qo‘shinlari Kattaqo‘rg‘onni bosib oldi.

1868-yil, 1 iyul – Rossiya va Buxoro o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi.

1868-yil – yangi bosib olingan yerlarda Zarafshon okrugi tashkil etildi.

1873–1879-yil – Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olishining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

1873-yil, iyun – podsho qo‘shinlari Xivani bosib oldi.

1873-yil, 12-avgust – Rossiya va Xiva xonligi o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Gandimiyon shartnomasi.

1873-yil – Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kirgan Amudaryo bo‘limi tashkil qilindi.

1873-yil – Buxoro amiri va Rossiya imperiyasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolandi.

1875-yil – O‘rta Osiyoda dastlabki rus qishloqlari paydo bo‘la boshladi.

1876-yil – Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg‘ona viloyati tashkil etildi.

1877-yil – Toshkentda «Ishahar nizomi» joriy qilindi.

1878-yil – Mingtepada Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi.

1880-1885-yil – Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududini bosib olinishining to‘rtinchi bosqichi bo‘ldi.

1881-1891-yil – Bobo Go‘klan boshchiligida qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni bo‘ldi.

1884-yil – Turkistonda Amerika paxta navi ekila boshlandi.

1885-yil – Andijon, O‘sh va Marg‘ilon uezdlarida aholining mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

1886-yil – Rossiya imperatori Aleksandr II «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga imzo chekdi.

1888-yil – O‘rta Osiyo temiryo‘li bilan dastlabki poezd Buxoroga yetib keldi.

1888-yil, 15-may – Kaspiyorti temir yo‘li bilan dastlabki poezd Samarqandga yetib keldi.

1892-yil – Turkistonda «Davlat tartibotini va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlash to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi.

1892-yil, 24-iyun – Toshkentda «vabo isyoni» bo‘lib o‘tdi.

1898-yil,-may – Muhammad Ali (Dukchi) eshon rahbarligida Andijon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi.

1899-yil – Andijongacha Toshkent orqali temir yo‘l harakati ochildi.

1906 -yil– Ismoil Obidov boshchiligida ilk o‘zbek gazetasi chiqdi.

1910 -yil– Yosh xivaliklar Xiva xonligida islohotlar o‘tkazishga urinib ko‘rdi.

1914-yil – Buxoro amirining Sitorai Mohi Xosa saroyi qurilishi nihoyasiga yetdi.

1914-yil, 1-avgust – Birinchi jahon urushi boshlandi.

1916-yil, 25 iyun – Nikolay II mahalliy aholini front ortidagi ishlar, ya’ni mardikorlikka olish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi.

1917-yil, 17-mart – Buxoro amiri Sayid Olimxon islohotlar to‘g‘risidagi manifestni imzoladi.

1917-yil 28 fevral (13mart) – Rossiyada fevral inqilobi g‘alaba qozondi.

1917-yil 14-mart – Toshkentda «Sho‘roi Islomiya» tashkiloti tuzildi.

1917-yil 16-23-aprel – Butun Turkiston musulmonlarining I qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston o‘lka musulmonlari kengashi (Kraymussovet) tashkil etildi.

1917-yil 26-aprel –-noyabr oxiri – Xiva xonligida Majlis (Mahkamai adliya) va hukumat faoliyat ko‘rsatdi

1917-yil iyun – «Sho‘roi Ulamo» tashkiloti tuzildi.

1917-yil 10-11sentabr – Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

1917-yil 17–20-sentabr – Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston mintaqasi uchun umumiy «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasi tuzildi.

1917-yil 1-noyabr – Toshkentda bolsheviklar zo‘ravonlik bilan hokimiyatni egallashdi.

1917-yil 26-28-noyabr (9-11-dekabr) – Qo‘qon Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston muxtoriyati hukumati tuzildi.

Quyidagi joylarni tarixiy xaritadan ko‘rsata oladi, ma’lumot bera oladi:

Buxoro, Qo‘qon, Xiva, Urganch, Chust, Urgut, Marg‘ilon, Namangan, Skobevka, Chimkent, Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor, Shayxontahur, Labzak, Tahtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Samarqand darvoza, Kamalon, Qo‘ymas, Qo‘qon darvoza, Qashg‘ar darvoza, Orenburg, Jizzah, Toshkent, Kogon, Shahrixon, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Rim Qa’la, Oq masjid, port Perovsikiy, fetro Aleksandvsk, Yettisuv, Samarqand, Kaspiy orti, Turkiston, Sharqiy Turkiston, Yassi, Chirchiq, Verniy, Irtish, Raim qal’a, Qoryog‘di.

VII BO‘LIM. TURKISTON VA BIRINCHI JAHON URUSHI

(A1 5 soat, A2+ 5 soat)
28-mavzu. Birinchi jahon urushi va uning Turkistonga ta’siri (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri. 1914-yil Turkistonda “favqulotda muhofaza holati”. 1916-yil 25-iyunda Rossiya imperatori Nikolay II (1894-1917) “front orqasidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklar safarbarligi”ni e’lon qildi.



29-mavzu. Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonlarning boshlanishi. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari. 1916-yil 4-iyulda Xo‘jand shahrida norozilik. Qo‘zg‘olonning Turkiston bo‘ylab tarqalishi.



30-mavzu. Jizzax qo‘zg‘oloni (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Qo‘zg‘olonning boshlanishi. Qo‘zg‘olonning bostirilishi. 1916-yil Jizzax qo‘zg‘olonining ahamiyati va uning oqibatlari.



31-mavzu. Turkistonda 1916-yilgi voqealarning ahamiyati va oqibatlari. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Qo‘zg‘olonning yengilish sabablari va oqibatlari. Qo‘zg‘olonning ahamiyati. Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining ko‘plab norozilik harakatlarga sabab bo‘ldi. 1916-yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomonidan zamonaviy qurollar yordamida bostirildi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari podsho hukumati tomonidan jazolandi.



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

VIII BO‘LIM. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGI VA XIVA XONLIGI

(A1 6 soat, A2+ 8 soat)
32-mavzu. Buxoro amirligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli. “Rossiya imperatorining siyosiy agentligi” Soliq va majburiyatlar. Xalq qo‘zg‘olonlari. Baljuvonda, Ko‘lob bekligida, Kalifda dehqonlar qo‘zg‘oloni. Hunarmandchilik. Savdo-sotiq munosabatlari. Rossiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron bilan savdo-sotiq.



33-mavzu. Yosh Buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

«Yosh buxoroliklar». Amir Olimxon islohotlari. 1917-yil namoyishlar. 1920-yil 29-avgustda Chorjo‘yda qo‘zg‘olon uyushtirildi. Buxoro amirligining qulashi. 1920-yil BXSR tashkil qilindi.



34-mavzu. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Xonlikning ijtimoiy-siyosiy tuzumi. Xonlik ma’muriy jihatdan 20 ta beklikka bo‘lingan. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot. Mehtar (bosh vazir) va devonbegi (devonxona mutasaddisi). Yer egaligi. Soliq va majburiyatlar.



35-mavzu. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Sanoatning rivojlanishi. Dastlabki paxta tozalash zavodlari. Xonlikning Rossiya imperiyasi bilan savdo aloqalari. 1885-yilda Kaspiyorti temir yo‘lining qurilishi, 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasi ta’sis etilishi. Hunarmandchilik va ichki savdo. Kasanachilikning rivojlanishi.



36-mavzu. Xiva xonligining tugatilishi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Mamlakatda xalq harakatlarining kuchayib borishi. Yosh xivaliklarning faoliyati. Islohotlar uchun kurash. Xonlikning tugatilishi. 1920-yil 27-aprel XXSRning e’lon qilinishi.



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
IX BO‘LIM. MUSTAMLAKA SHAROITIDA TURKISTONDA MADANIY HAYOT

(A2 8 soat, A2+ 8 soat)
37-mavzu. Ta’lim tizimi. Matbuot (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

An’anaviy ta’lim muassasalari. Rus-tuzem maktablari. Yangi usul maktablari. Mustamlakachi hukumatning yangi usul maktablariga qarshi kurashi. Matbuot va jurnalistika. Ilk o‘zbek gazetasi.



38-mavzu. Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti (A1 1 soat, A2+ 2 soat).

Tarix fanidagi yutuqlar. Mulla Olim Mahdum Hoji «Tarixi Turkiston». Tabiiy fanlarning rivojlanishi. Adabiyotda yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi.



39-mavzu. Teatr va musiqa san’ati (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Turkistonda xalq teatri. Turkistonda Yevropa va rus teatrlarining kirib kelishi. Jadid teatrlarining vujudga kelishi. Turkistonda 1911-yil dastlabki yozma milliy sahna asarlar. Musiqa san’ati.



40-mavzu. Me’morchilik va tasviriy san’at (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Me’morchilik maktablari. Xorazm me’morchilik maktabi. Buxoro me’morchilik maktabi. Yevropa uslubidagi binolar qurilishi. Sitorayi Mohi Xosa, Nurillaboy saroyi Sharq va G‘arb an’analari asosida bunyod etilgan. Tasviriy san’at. Naqshamaliy san’at markazi Buxoro.



Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

Nazorat ishi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).

O‘quvchilarda fanga oid quyidagi kompetensiyalar tizimi shakllanadi:

Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

A2

O‘zbekiston tarixiga oid davr va-yillar hisobini biladi. Hijriy-yilni milodiyga, milodiy-yilni hijriy-yilga o‘gira oladi, tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilgacha sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan insoniyatning tarixiy evolyusiyasi, inson va jamiyat, jamiyat ma’naviy hayotining shakllanishi, taraqqiyot, davlat, iqtisodiy, ijtimoiy, diniy, siyosiy va madaniy jarayonlari haqida ma’lumot bera oladi;

Mamlakatimizda ilm-fan rivojining jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi.



A2+

O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilga sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi.


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha tarixiy materiallar yordamida hozirgi kun bilan bog‘lay oladi;

O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan tarixiy voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay oladi.

Quyidagi tarixiy atamalar mazmunini tushuntira oladi:

Amirlik, Xonlik, Qushbegi, Devonbegi, Mirzaboshi, Mushrif, Dodhox, Parvonachi, Shaxul islom, Muftiy, Muxtasib, Qozikalon, Sadr, Otaliq, Vaqf, Xiroj, Yarimchi, Amlok, Mutavalli, Shushr, Qozon puli, Solg‘ut, Zakot, Mirob, podsho Rossiyasi, Mustamlakachilik siyosati, Jadidlar, Ultimatum, chor Rossiyasi, Nizom, yarim podsho,Imperator, general-gubernator , turkvo shtabi, Kaspiyorti, Mahkama, Politsiya, Diplomatiya, Xarbiy Gubernator, Protektarant, Vassal, To‘ra, Kotributsiya, Pristan, Volost, U’ezd, Duma, Komendant, Xalq sudlari, Uchastka mirovoy sudyalar, Ispravnik, Zamstvo, Qozi sudlar, Vabo isyoni, Eshon dukchi, Kazarma, Katorga, Otaliq, Beklarbegi, Maorif, Senzura, Delegat, Muxtoriyat, Jevachi, Pulmet, Tanobona, Kafsan, Stixiyali, Notarial, Assambleya, Muttassib, Radikal, Muvaqqat, Mehtar, Afanak, Ameta, Sex, Manifest, Konservativ,Tuzem, Gimnaziya, Matbuot, Metralogiya, Feleton.

Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi:

Munis, Ogahiy, Ahmad Donish, Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon Xudoyorxon, M.Murkroft, A.Byorns, I.Volf, J.Ebbot, Perovskiy, Amir Muzaffar, Amirlashkar Alimqul. Hakimxo‘ja, Abdurahmon eshon, Solihbek oxun, K. P. fon Kaufman, F.Romanovskiy, Bobobek, Jo‘rabek, Abdumalik To‘ra, Abdurahmon Oftobachi, Nasriddinbek, Skobelev, Aleksandr, Aleksandr III, Po‘laton, Yetimxon, Darvishxon, Muhammad Ali Eshon, Ernazarbiy, Bobo Go‘klan, Kunxo‘ja, Otash Olshinboy, Ajiniyoz, Berdaq, Ismoil G‘aspirali, Salohiddin domla, Shamsiddin domla, Mannon qori, Behbudiy, Munavvar, Nikolay II, Nazir Hoji eshon va Abdurahmon jevachi, Amir Olimxon, Asfandiyorxon, Junaidxon, Sayid Abdulla, Ismoil Obidov, Mulla Olim Mahdum, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar, Ahmad Donish, V.F.Komissarjevskaya.

Quyidagi joylarni tarixiy xaritadan ko‘rsata oladi, ma’lumot bera oladi:

Buxoro, Qo‘qon, Xiva, Urganch, Chust, Urgut, Marg‘ilon, Namangan, Skobevka, Chimkent, Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor, Shayxontahur, Labzak, Tahtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Samarqand darvoza, Kamalon, Qo‘ymas, Qo‘qon darvoza, Qashg‘ar darvoza, Orenburg, Jizzah, Toshkent, Kogon, Shahrixon, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Rim Qa’la, Oq masjid, Pishpak, port Perovsikiy, fetro Aleksandvsk, Yettisuv, Samarqand, Kaspiy orti, Turkiston, Sharqiy Turkiston, Yassi, Chirchiq, Verniy, Irtish,Raim qal’a, Qoryog‘di.


Download 58,73 Kb.
1   2   3




Download 58,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (A1 1 soat, A2+ 1 soat)

Download 58,73 Kb.