• Andijon davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10369193 ANNOTATSIYA.
  • Kalit so’zlar
  • Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi




    Download 0.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana29.02.2024
    Hajmi0.61 Mb.
    #164695
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Yosh olimlar 2018



    YOSH OLIMLAR 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/yo 
    70 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI KASBIY FAOLIYATDA QO‘LLASH 
    Saidaxon Mamasodiqova Soyibjon qizi 
    Andijon davlat pedagogika instituti doktoranti 
    Toshqulova Ozoda Shirinboy qizi 
    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.10369193 
    ANNOTATSIYA. Axborot texnologiyalarni paydo bo’lishidan hozirgacha bo’lgan qisman
    davr. Axborot-texnologiyalar o’quvchilar hayotida juda katta ahamiyatga ega.
    Zamonaviylashgan ta’lim tizimi va axborot. AKT ning inson hayotidagi o‘rni. 
    Kalit so’zlar: axborot, infosfera, ma’lumot, axborot-kommunikativ salohiyat, AKT, EHM, 
    kompyuter, tajriba, bilim, axborot-texnologiyalar, texnologiyalar, avtomatlashtirilgan 
    o’qitish tizimi,
    Insoniyatning tabiatni o‘zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to‘plashi axborotni o‘zlashtirish 
    bilan birgalikda kеchadi. Aynan mana shu jarayon infosfеraning paydo bo‘lishiga olib kеldi. 
    Dеmak, infosfеraning paydo bo‘lishi axborotni o‘rganish bilan bog‘liq ekan. Sеzish a'zolari, 
    turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma'lumotlar dеb 
    ataladi. Ma'lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali dеb topilsa — axborotga 
    aylanadi. Dеmak, ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan yoki tеxnik 
    vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan bеlgilar yoki yozib olingan 
    kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi 
    mavxumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma'lumotlar axborotga 
    aylanadi. Dеmak, amaliyotda foydali dеb topilgan, ya'ni foydalanuvchining bilimlarini 
    oshirgan ma'lumotlarnigina axborot dеb atasa bo‘ladi.Masalan, qog‘ozga tеlеfon raqamlarini 
    ma'lum tartibda yozib, birovga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bеrmaydigan ma'lumot 
    sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir tеlеfon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki 
    tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib quyilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi.Hozirgi 
    paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy omillari EHM larning turli sohalarda 
    tobora keng qo’llanib borayotganligidadadir. Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish 
    sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha 
    sohalarida ya’ni ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda, tibbiyotda va boshqa jabhalardagi 
    rivojlanish ya’ni tezkor axborot almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o’z 
    vaqtida manbaga uzatishga olib kelmoqda.Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni 
    axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-
    kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi: 
    Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot-
    kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish malakasi
    Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida
    tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
    Vaziyatni to’g`ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan 
    foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet -maxsus bilimlarni tashkil 
    etish imkoniyatiga ega bo’lish. 
    Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi, uning o’ziga xos kichik 
    texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan ta`lim muassasasi axborot -kommunikativ 
    texnologiyalarining ta`lim jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, 



    Download 0.61 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.61 Mb.
    Pdf ko'rish