9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

10.05 – SAVOL
“Wiki” atamasining maʼnosi va bu soʻz qayerdan kelib 
chiqqanligini aniqlang.
135
10-bob: Kommunikatsiya


Ijtimoiy tarmoq veb-saytlari aloqa vositasi 
sifatida
Ijtimoiy tarmoqlar qanday aloqa qilishimizning markaziy 
qismini tashkil qilishi mumkin va onlayn hamjamiyatlar 
juda katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu shaxslar bilangina 
cheklanmaydi; barcha darajadagi kompaniyalar uni 
marketing va brendlash vositasi sifatida ishlatmoqda. Yirik 
tashkilotlar oʻz kompaniyalari yoki mahsulotlari haqidagi 
munozaralarni kuzatib boradi, chunki ijtimoiy tarmoqlardagi 
munozaralarning jamoaviy ovozi ularning muammolari, 
shuningdek eʼtibor tortadigan narsalar haqida ogohlantirib, 
oʻzlarining marketingini shunga mos ravishda yoʻnaltirishiga 
imkon yaratadi. Ular oʻzlari taklif qilayotgan narsalar haqida 
xabarlar yetkazishi mumkin, shuningdek, blogdagi postlar 
va tvitlar tashkilotlarga hamjamiyatlar yaratishda yordam 
beradi, bularning barchasi oʻz mahsulotlarini yoki xizmatlarini 
ommalashtirishga yordam beradi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarni 
marketingga boʻlgan anʼanaviy yondashuvlariga nisbatan 
ancha tejamkor hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda aloqaning turli darajasi mavjud. 
Shuningdek, “bevosita xabar almashish” deb ataluvchi 
imkoniyat mavjud boʻlib, u siz bilan aloqani oʻrnatgan kishiga 
ijtimoiy tarmoq ichida bevosita xabar yuborish imkonini 
beradi. Bu koʻplab keraksiz xat va siz hech qachon eshitmagan 
insonlardan xabarlarni qabul qilishi mumkin boʻlgan elektron 
pochtadan foydalanish ehtiyojisiz bir kishidan boshqasiga 
bevosita xabar yuborishidir. Ijtimoiy tarmoqlarning aksariyati 
uchun bunday bevosita xabarlarda ruxsat etilgan belgilar soni 
cheklangan boʻladi.
Bu anʼanaviy elektron pochtani qayta koʻrib chiqishga chorlaydi. 
Elektron pochtaning haligacha oʻz oʻrni bor, lekin u koʻpincha 
uzun boʻlishi sababli, ish joylarida koʻp vaqt yoʻqotishiga olib 
keladi, sababi odamlar kunning koʻp qismini elektron pochta 
xabarlarini boshqarish bilan oʻtkazishlari mumkin (10.06-rasm). 
Bu elektron pochta oʻz oʻrnini saqlab qolishi uchun xabarlar 
qisqa va diqqat markazida boʻlishi kerakligini anglatadi.
10.06-rasm. Ish joyida boʻlgan odamlar elektron pochtasini 
samarali boshqarish uchun vaqt topishga qiynalishlari 
mumkin.

Download 132,8 Mb.
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish