Uning afzalligi shundaki, bu usulda maʼlumotlarni
kiritishga
qaraganda elektron jadval maʼlumotlarini import qilish juda tez
amalga oshishi mumkin. Ayniqsa, milliondan ortiq qator va 16000 ta
ustunni import qilishingiz mumkin boʻlganida!
Yana bir afzallik shuki,
ular boshqa elektron jadval dasturiga import qilinishi mumkin.
.csv faylini import qilmoqchi boʻlganingizda, buning eng oson
yoʻli uni elektron jadvalingizda ochish va .xls
fayl kengaytmasi
sifatida saqlashdir.
Import qilinadigan va ochilishi mumkin boʻlgan boshqa fayl
turlariga namuna:
• .xml: kompyuter tizimi va maʼlumotlar bazasi o‘zaro mos
kelmaydigan formatdagi maʼlumotlarni saqlaydi, XML
maʼlumot saqlashning dastur va qurilmalarga bogʻliq
boʻlmagan mustaqil usulini taqdim etadi.
U turli xil dasturlar
o‘rtasida ma’lumot almashinishni osonlashtirish uchun
ularni matn formatida saqlaydi.
XML faylini ochishning
eng oson usuli – uni ikki marta ustiga bosish va shaxsiy
kompyuterda o‘rnatilgan standart
dasturlarning qaysi biri
faylni ochishi kerakligi tanlab berishingiz kerak bo‘ladi.
• .zip: siqish texnologiyasidan foydalanilgan fayl formati.
Asosan ushbu fayl formatidan ma’lumotni yuborish uchun
foydalaniladi.
• .pdf: bepul yuklab olinadigan
dastur yordamida fayllarni
ochish va oʻqish imkonini beruvchi fayl formati.
• .txt: formatlarsiz oddiy matn fayl formati.