• Maʼlumotlar bazasining “hisobot” elementi Maʼlumotlar bazasida hisobot
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet227/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    oxirgi nusxasini chop etish oʻrniga hujjatning 
    qoralamasini chop etish mumkin. Aksariyat dasturlar 
    hujjatning qoralama versiyasini chop etish imkoniyatini 
    beradi. Bu xususan, hujjatda bir nechta turli xil shriftlar yoki 
    grafiklar mavjud boʻlganda chop etishni tezlashtiradi, chunki 
    qoralamani chop etishda turli shriftlar ishlatilmaydi va grafiklar 
    belgilangan joyda joylanmaydi.
    11.02-SAVOL
    Bir fayl turidan boshqasiga almashtirishning yana bir oson 
    usulini siz allaqachon bajarib ko‘rgansiz. Ushbu jarayonda 
    ma’lumotni bir dasturdan ikkinchisiga oʻtkazish uchun uni 
    kompyuterning RAM xotirasida vaqtincha saqlash kerak 
    bo‘ladi. Masalan, elektron jadval dasturidan foydalanib 
    diagramma yaratilgan va diagrammadan nashriyot 
    dasturida foydalanmoqchi bo‘lganingizda ushbu usuldan 
    foydalanish mumkin.
    O‘ylab ko‘ringchi bu metod qanday nomlanadi?
    142
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Skrinshot
    Agar Windowsdan foydalanayotganda ekrandagi istalgan 
    narsaning rasmini hosil qilishni istasangiz, buni klaviaturadagi 
    print screen tugmasi yordamida amalga oshirish mumkin. 
    Tugma 
    PrnScrPrtScn yoki shunga oʻxshash yorliqqa 
    ega boʻladi. Laptopda ushbu jarayonni 
    Fn yoki funksional 
    tugmani bosib ushlab turish orqali amalga oshiriladi. Uni 
    bosganingizdan keyin, ekraningiz tasviri xotira bufferida 
    saqlanadi. Keyin tasvirni chop etish uchun uni mos dasturga 
    joylashtirish mumkin. Agar uni grafik fayl sifatida saqlamoqchi 
    boʻlsangiz, tasvir bilan ishlovchi dasturga joylashtiring va 
    kerakli papkaga foydalanish mumkin boʻlgan grafik fayl sifatida 
    saqlanadi.
    Maʼlumotlar bazasining “hisobot” elementi
    Maʼlumotlar bazasida 
    hisobot yaratishni 18-bobning, 18.03 - 
    boʻlimida oʻrganasiz. Hisobot yaratiladi va so‘ng ehtiyojga ko‘ra 
    formatlanadi. Koʻrish sahifasidan ‘Reports’ tugmasi bosiladi va 
    oldindan koʻrish uchun printer ikonkasi tanlaniladi. Hujjatning 
    ko‘rinishidan qoniqish hosil qilganingizdan soʻng, Print Report 
    tugmasini bosing.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish