|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 230/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikMatnni kodlash
.txt fayl kengaytmasidan foydalanish – matnni qanday
saqlanganini bilmasdan ham matnli faylni almashinish mumkin
ekanligini anglatadi. Agar matnli faylni boshqa dasturlash
tilidan foydalanuvchi insonlar yoki boshqa kompyuter tizimlari
foydalanuvchilari bilan almashmoqchi bo‘lsangiz hamda
ochish yoki saqlash amallarini bajarish uchun standart fayl
kengaytmasidan foydalangan ma‘qul.
Sizning ekraningizdagi matn matnli fayl shaklida saqlansa ham
kompyuter xotirasida raqamli qiymat sifatida saqlanadi va
kompyuter bu qiymatni siz oʻqiy oladigan belgiga oʻgiradi. Buni
kodlash standarti yordamida amalga oshiradi.
Kodlash standarti – biror belgi terilganda, ushbu matnli
belgiga raqamli qiymat beradigan raqamlash sxemasi
hisoblanadi. Belgilar toʻplami alifbo belgilari, raqamlar va
boshqa belgilardan iborat boʻlishi mumkin. Turli tillarda
odatda turli xil belgilar toʻplamidan foydalniladi.
Xulosa
●
Tarkibidagi maʼlumotni bilib olishni osonlashtirish uchun faylni nomlashda mazmunli nomdan foydalaning.
●
Fayllarni ierarxik tuzilishda saqlang.
●
Ma’lumotlarni siqish texnologiyasi hech qanday maʼlumot yoʻqolmasligi uchun asosan hujjatlar, matn va raqamli maʼlumot uchun
ishlatiladi.
●
Yoʻqotishli siqish maʼlumotning baʼzi bitlarini oʻchirish, keraksiz maʼlumotlarni oʻchirib tashlash yordamida fayl hajmini kamaytiradi.
●
Zip siqish texnologiyasi – bu namunalarni aniqlash va bitta belgi bilan almashtirish yordamida ishlaydigan, yoʻqotishsiz siqish
turidir.
●
Hujjatni chop etish mumkin boʻlgan juda koʻp turdagi formatlar mavjud boʻlib, chop etilishi kerak boʻlgan formatni oʻylab topishingiz
va tasavvur qilishingiz muhim ahamiyat kasb etadi.
ASCII va Unicode atamalari haqida tadqiqot olib boring va
ular nima ekanligi hamda .txt fayllari bilan qanday ishlashi
haqida hisobot yozing.
|
| |