Turli fayllarni eksport va import qilish
Yuqorida o‘rgangan bilimingizga qaramay, maʼlumot
faylini
import qilish zarur boʻlgan holatlar haligacha koʻp uchraydi.
Ushbu talab tufayli turli dasturlar tushuna oladigan standart
fayl turlari ishlab chiqilgan.
Standart turdagi fayllarga misollar: ovozli ma’lumot uchun
.mp3
fayl kengaytmasi, grafik ma’lumot uchun .gif va .jpg fayl
kengaytmasi, matn va elektron jadvalli maʼlumotlar uchun ham
standart fayl turlari mavjud.
Agar elektron jadvalni
comma separated values (vergul bilan
ajratilgan qiymat, .csv) formatida saqlasangiz,
u har qanday
elektron jadval dasturida ishlatilishi mumkin. Ushbu formatdagi
fayl elektron jadval turidan farq qilib, har qanday .csv
kengaytmali faylda bor dona jadval boʻlishi
mumkin va u katak,
ustun yoki formatlash xususiyatlarini saqlamaydi; formulani
ham saqlamaydi. Maʼlumotlar o‘zaro
vergul bilan ajratilgan
holda matnli fayl shaklida saqlanadi.