• Ko’p ishlatiladigan SQL kalit so’zlari quyidagilar
  • SQL GROUP BY va HAVING orqali guruhlash
  • 33-dars Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash bo’yicha so’rovlarda guruhlash uchun group by bandidan foydalanish




    Download 99.69 Kb.
    Sana23.03.2024
    Hajmi99.69 Kb.
    #175501
    Bog'liq
    SQL
    4- mavzu Sharq va G’arb falsafasida inson masalasi, masofaviy-talim-mazmuni-imkoniyatlari-va-kamchiliklari

    33-dars
    Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash bo’yicha so’rovlarda guruhlash uchun GROUP BY bandidan foydalanish
    SQL nima?
    SQL (Structure Query Language) - strukturalashgan so'rov tili bo'lib, relyatsion ma'lumotlar bazasida ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun mo'ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Relyatsion ma'lumotlar bazasi ma'lumotlarni jadval ko'rinishida saqlaydi, jadvalning ustun va qatorlari ma'lumotlarning turlarini va qiymatlari orasidagi aloqalarni ifodalaydi. SQL ifodalari orqali siz ma'lumotlarni saqlashingiz, qayta ishlashingiz, o'chirishingiz, qidirishingiz va filtrlab olishingiz mumkin. Shuningdek SQL ma'lumotlar bazasini tez va sifatli ishlashini ta'minlay oladi.
    SQL nima uchun muhim?
    SQL barcha turdagi dasturlarda eng ko'p ishlatiladigan mashhur so'rovlar tili hisoblanadi. Ma'lumot tahlilchilari va dasturchilar SQL-ni o'rganadilar va undan foydalanishadi, chunki u turli dasturlash tillari bilan yaxshi mos keladi. Masalan, Java dasturchilari yuqori samarali ma'lumotlar tahlili uchun Oracle yoki MS SQL serveri kabi SQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanishadi. Shuningdek, SQL o'z kalit so'zlari sifatida ingliz tilidagi so'zlardan foydalanadi, shuning uchun uni o'rganish bir muncha oson hisoblanadi.
    Tarixi
    SQL 1970-yillarda IBM tomonidan relyatsion ma'lumotlar modeli asosida yaratilgan va u dastlab SEQUEL (Structured English Query Language) deb nomlangan. Oracle kompaniyasi (avvalgi Relational Software) birinchi bo'lib o'zining relyatsion ma'lumotlar bazasi tizimini sotuvga chiqardi.
    Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
    Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (RDBMS) – relyatsion ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan dastur bo’lib, asosan SQL so’rovlari asosida ishlaydi. Bugungi kunda eng keng tarqalgan relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bular, MySQL, Oracle, PostgreSQL, MS SQL, IBM DB2.
    Ma'lumotlar bazasi elementlari
    Ma’lumotlar bazasi bir yoki bir nechta jadvallardan iborat bo’ladi. Jadval – bu ma’lumotni qator va ustunlar yordamida saqlaydigan bog’langan ma’lumotlar to’plami. Qator – bu jadvaldagi har bir ma’lumot. Ustun – bu jadvaldagi qatorlar haqida ma’lumot beruvchi xususiyat. Har bir jadval takrorlanmas nomga ega va biror haqiqiy obyektni anglatadi. Masalan: joy, shaxs, hayvon va hokazo.

    Ko’p ishlatiladigan SQL kalit so’zlari quyidagilar:


    • SELECT – ma’lumot bazasidan ma’lumot olish

    • UPDATE – ma’lumot bazasidagi ma’lumotni yangilash, tahrirlash

    • DELETE - ma’lumot bazasidagi ma’lumotni o’chirish

    • INSERT INTO – ma’lumotlar bazasiga ma’lumot qo’shish

    • CREATE DATABASE – ma’lumotlar bazasi yaratish

    • ALTER DATABASE - ma’lumot bazasini o’zgartirish

    • CREATE TABLE – jadval qo’shish

    • ALTER TABLE – jadvalni o’zgartirish

    • DROP TABLE – jadvalni o’chirish

    • CREATE INDEX – indeks yaratish

    • DROP INDEX – indeksni o’chirish

    • SQL so’roviga misol: SELECT * FROM Xaridorlar;

    • Yuqoridagi so’rov Xaridorlar jadvalidagi barcha qatorlarni olib beradi.

    • Eslatma: SQL kalit so’zlarini xohlagan shaklda yozish mumkin: ya’ni katta yoki kichik harflarni farqlamaydi: SELECT, select, Select...

    • Eslatma: Ba’zi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari har bir SQL so’rovi oxirida nuqtali-vergul (;) qo’yishni talab qiladi.

    SQL GROUP BY va HAVING orqali guruhlash


    SQL tilida qatorlarni biror shart (masalan, bir xil qiymat) bo'yicha guruhlash uchun GROUP BY kalit so'zidan foydalaniladi. GROUP BY odatda aggregat funksiyalar (COUNT(), MAX(), MIN(), SUM(), AVG()) bilan ishlatiladi.
    Sintaksisi quyidagicha:
    SELECT ustun_nom(lar)i FROM jadval_nomi WHERE shartli_ifoda
    GROUP BY ustun_nom(lar)i ORDER BY ustun_nom(lar)i;
    Quyidagi Xaridorlar jadvalaridan har bir websayt bo'yicha nechta xaridor borligini hisoblaydigan so'rovni GROUP BY va COUNT kalit so'zlari yordamida yozamiz va natijani ko'ramiz:

    GROUP BY kalit so'zi ishlatilgan so'rovlarda aggregat funksiyalarga WHERE kalit so'zi bilan shart berib bo'lmaydi.
    Download 99.69 Kb.




    Download 99.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    33-dars Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash bo’yicha so’rovlarda guruhlash uchun group by bandidan foydalanish

    Download 99.69 Kb.