|
-bob haqida umumiy maʼlumot Pdf ko'rish
|
bet | 222/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik11-bob haqida umumiy maʼlumot
Fayl qanday dasturda yaratilganiga qarab, oʻziga xos
xususiyatlarga ega boʻladi. Masalan, matn bilan ishlash
dasturi yordamida yaratilgan fayl, elektron jadval yordamida
yaratilgan faylga nisbatan boshqa xususiyatga ega boʻladi.
Turli xil dastur yoki maqsadga bogʻlangan fayllar qaysi fayl
kengaytmasida ekanini foydalanuvchi va kompyuter bilishi
uchun ular belgilangan boʻlishi kerak (11.01-rasm). Fayllarni
belgilash usuli
fayl kengaytmasi deb ataladi.
KALIT SOʻZLAR
Fayl nomi: faylni aniqlash usuli.
Fayl kengaytmasi: fayl turini aniqlash usuli.
11.01-rasm. Turli xil fayl turlari mavjud
Fayl kengaytmasi fayl nomining oxirida, nuqta bilan ajratilgan
holda joylashadi va kompyuter atamasida u “nuqta” (‘dot’) deb
nomlangan tinish belgisi bilan ajralib turadi.
Sodda qilib tushuntirganda, matnli fayl matn bilan ishlash
dasturining qaysi versiyasidan foydalanib yaratilganiga qarab,
agenda.doc yoki agenda.docx deb nomlanishi mumkin. Audio
fayllar .wav va elektron jadval fayli .xls kengaytmasiga ega
boʻlishi mumkin.
Fayl ustiga ikki marta bosish orqali uni ochsangiz, kengaytma
ushbu faylni ochish uchun qaysi dasturni ishga tushirish
kerakligi haqida kompyuterga xabar beradi.
Windowsning standart sozlamasida foydalanuvchiga
fayl kengaytmasi koʻrinmaydi, shuning uchun sozlamani
oʻzgartirmasangiz, ularni koʻra olmaysiz. Buni
Folder Options
menyusi orqali amalga oshirishingiz mumkin: View menyusini
tanlang va
Hide extensions for known file types (Maʼlum
fayl turlari uchun kengaytmalarni yashirish) yorligʻini bosing.
11.01 Fayllarni samarali
boshqarish
Fayllarni tartib bilan saqlash katta ahamiyatga ega, shunda
ularni ochishni istaganingizda, qayerdan izlash kerakligini
bilasiz (11.02-rasm). Faylni boshqarishdan maqsad –
qidirayotgan narsangizni tez va oson topishingizga ishonch
hosil qilishdir.
11.02-rasm. Ishonchim komilki, mening fayllarim ana shu
atrofda joylashgan!
|
| |