Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj
Xakerlar hujumi, virus, spam, fishing va shaxsiy maʼlumotni 
oʻgʻirlash kabi tahdidlarning koʻpayishi sababli elektron pochta 
xavfsizligi biznes uchun ustuvor masala boʻlib qolmoqda 
(8-bobga qarang).
Elektron pochta xavfsizligi nima uchun muhim? Xavfsizlikning 
to‘liq ishlamasligi unga virus tushishiga hamda tizimni 
buzilishiga olib kelishi mumkin. Tijorat nuqtai nazaridan 
qaraganda, maʼlumot va mavjud yozuvlar yoʻqotilishi kabi 
tizimdagi nosozliklar biznesga jiddiy zarar keltirishi mumkin. 
Shuningdek, yuridik jihatdan, biznes raqibingiz boʻlgan shaxsga 
o‘zingiz anglamagan holda yuborgan virusning tarqalishi 
natijasida keltirilgan moliyaviy zarar uchun javobgarlikka 
tortilish ehtimoli mavjud.
4-bobda paketli maʼlumotlar tarmoq boʻylab harakatlanishi 
hamda tarmoqdagi kompyuter va boshqa jihozlar ushbu 
maʼlumotlarni, shu jumladan elektron xabarlarni tarmoq 
boʻylab harakatlanishi uchun maqbul yoʻnalishni aniqlashi 
haqida ma’lumotlar berilgan.
Paket analizatori haqida eshitganmisiz?
10.02-rasm. Paket analizatori – bu raqamli tarmoq orqali 
oʻtuvchi har bir paketni tahlil qilishi va kodini ochishi mumkin 
boʻlgan dasturdir.
Paket analizatori, “paket iskovchi” dastur (10.02-rasm), 
tarmoq analizatori, simsiz analizator va boshqa nomlar 
bilan ataladi. Paket analizatori ma’lumotlar paketi tarmoqda 
harakatlanayotganda ularni tutib qolishga qodir kompyuter 
dasturi yoki qurilma. U ma’lumotlar paketidagi maydonlarning 
qiymatini topish va kontentni tahlil qilish uchun maʼlumotning 
kodini ochishi mumkin.
Analizator barcha ma’lumotni emas, balki uning fragmentini 
ko‘rishi mumkin. Biroq elektron xabarni aniqlash biroz oson 
hisoblanadi, chunki u “Subject” maydonini yoki “Mail from: 
” kabi SMTP buyrugʻining (10.02-boʻlim) bir 
qismini koʻrishi mumkin. Elektron xabar qabul qiluvchiga yetib 
borguncha email turli mamlakat yoki tashkilotlar tomonidan 
ekspluatatsiya qilinadigan qurilma, kabel va havo yo‘llari 
orqali harakatlanadi. Safar paytida spam emasligi yoki zararli 
dasturdan iborat emasligini aniqlash uchun istalgan joyda uni 
skanerlash mumkin. Emailni qabul qiluvchi shaxs qaysi turdagi 
reklamaga javob berishi mumkinligini bilish uchun kontentni 
oʻqishi mumkin.

Download 132,8 Mb.
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish