Reja: Office dasturlar paketi tarkibi




Download 304,5 Kb.
bet1/4
Sana21.05.2024
Hajmi304,5 Kb.
#248031
  1   2   3   4
Bog'liq
Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar



OFIS DASTURLARI VA ULARNING YANGI IMKONIYATLARI. OFIS DASTURLAR PAKETI VA UNING TARKIBI
 
Reja:

  1. Office dasturlar paketi tarkibi.

  2. Office dasturlar paketining versiyalari.

  3. Microsoft Office vositalari.


Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob – kitob ishlari kabi amallar misol bo`la oladi Amaliy dasturlardan keng tarqalganlaridan biri Microsoft Office paketidir. Microsoft Office paketi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqariladi va er yuzining barcha davlatlarida aynan shu paketdan foydalanib kelinmoqda.
Microsoft Office dasturlar paketi o`z ichiga bir necha amaliy dasturlarni mujassamlashtirgan. Bu dasturlarga Microsoft Word matn muxarriri, Microsoft Excel elektron jadvali, Microsoft Power Point taqdimotchisi, Microsoft Access ma`lumotlar ombori, Microsoft FrontPage Web sahifalarni tayyorlovchisi va Outlook Express elektron pochta orqali ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadida ishlatiladigan dasturlar kiradi. Yuqorida aytib o`tilgan barcha dastular yoki hech bo`lmaganda bittasi o`rnatilishi kerak bo`lsa u holda Microsoft Office paketi inisializasiya qilinadi. Inisializasiya jarayoni odatda Windows operasion sistemasi o`rnatilgandan keyingina amalga oshiriladi. Sababi o`rnatilishi kerak bo`lgan paket Windows muhitiga moslashtirilgan. Office dasturlarining mavjudligi foydalanuvchini to`liq qondira oladi.
Microsoft Office paketini o`rnatishdan oldin, biz o`rnatayotgan kompyuterning xotira zaxirasining mavjudligi, paket tarkibidagi dasturlarning zarurligini va qaysi komponentlarning talab etilishini bilishimiz shart. Inisializasion dastur odatda ancha katta hajmga ega bo`lganligi tufayli arxivlangan holatda kompakt disklarda (CD-R) va mantiqiy disklarda (vinchesterlarda) yozilgan bo`ladi.
Office paketining turli versiyalari mavjud. Ularga misol qilib Office 95, OSR, OSR2, malakali foydalanuvchilar uchun Office 97 pro, yuqori interfeysga ega Office 2000, Office XP va h.k.z.lar. Yana shuni ta`kidlash joiski, har bir versiya ishlanmasining to keyingi versiya chiqqunicha ularning yangi ishlanmalari tavsiya etib borilgan va Office ning yangi imkoniyatlari qo`shimcha qilib borilgan.

Download 304,5 Kb.
  1   2   3   4




Download 304,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Office dasturlar paketi tarkibi

Download 304,5 Kb.