10.01 AKT foydalanuvchisi bilan
email orqali muloqot qilish
Foydalanuvchilar o‘zaro muloqot qilish uchun bir qancha
dasturdan foydalanishlari mumkin.
Ulardan eng keng tarqalgan
usullardan biri
email (elektron pochta) hisoblanadi. Bunda
muloqot qiluvchi ikkita shaxsda ham email dasturi boʻlishi kerak,
biroq dastur aynan bir xil turga mansub boʻlishi shart emas.
Email dasturi orqali xabar yozilishi,
fayllar biriktirilishi, elektron
xabarni qabul qiluvchi tanlanishi va xabar yuborilishi mumkin.
Elektron xat qabul qiluvchi ham buning teskarisini amalga
oshirishi: elektron xabarni oʻqishi, biriktirilgan
faylni yuklab olishi
va elektron xabarni kim yuborganini koʻrishi mumkin.
Internet xizmatidan yakka va guruh muloqoti uchun ham
foydalanish mumkin. Elektron xabar bir zumda uni qabul qiluvchi
shaxs pochta qutisiga kelib tushadi.
Shuni unutmangki, aloqaning
haqiqiy tezligi foydalanuvchi emailini qanchalik vaqt oralig‘ida
tekshirishi va oʻqishiga bogʻliqdir.
Elektron pochta xizmatining afzalligi shundaki,
elektron xabar
jismoniy manzilga emas, insonga yuboriladi. Elektron xabar
foydalanuvchi aslida emaildan foydalanayotgani yoki yo‘qligidan
qatʼiy nazar aniq manzilga yetkaziladi.
Foydalanuvchi qayerda
boʻlishdan qatʼiy nazar elektron xabarni istalgan kompyuterda
ochishi mumkin. Aloqa qilishning bunday usuli koʻp safar qiluvchi
insonlar, ayniqsa ko‘p muloqotda boʻlishi
talab qilinadigan tadbirkor
kishilar uchun qulay hisoblanadi.
Cheklov
Mamlakat qonunlari
Email yozish uslubi
Email hamda auditoriyaga mos holda elektron xabar rasmiy,
kundalik yoki qisqa uslubda boʻlishi mumkin. 9-bobda
auditoriya ehtiyojini hisobga olishning
ahamiyati haqidagi
bilimlar bilan tanishgansiz.
Elektron xabar yozishda nimalarni hisobga olish kerak ekanini
yodda tuting: