9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

131
10-bob: Kommunikatsiya


tutishning turli qoidalariga amal qilishlarini allaqachon 
bilsangiz kerak.
Amal qilish lozim boʻlgan ayrim umumiy “qoidalar” quyidagilar:
• 
Internet foydalanuvchilarini haqorat qilish mumkin emas.
Siz samimiylikni saqlagan holda boshqalarning fikr va 
qarashlarini maʼqullamasligingiz mumkin.
Spam tarqatmang.
Postlaringizni aniq qilib yozing, ushbu postlar hamma 
uchun ochiq va doimiy ekanligini, uni boʻlajak ish beruvchi 
(8-bobga qarang), ota-onangiz, do‘stlaringiz, kelajakda 
farzandlaringiz kabi insonlar oʻqishi mumkinligini yodda 
tuting.
Mualliflik huquqiga ega boʻlmasangiz, himoyalangan 
materiallarni post qilmang, aks holda mualliflik huquqiga 
egalik qiluvchi shaxs tomonidan javobgarlikka tortilishingiz 
mumkin.
Elektron xabar mualliflik huquqi haqidagi qonunni buzishi 
mumkinligi hayratlanarli holat, biroq fotosurat, video, matn 
va musiqa yaratilgan vaqtdan boshlab mualliflik huquqi bilan 
himoyalanadi. Umuman olganda, agar sizga email yuborilsa 
va siz uni boshqalarga tarqatsangiz, mualliflik huquqini 
buzishingiz mumkin!
Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti (WIPO) qonunlariga 
koʻra, “Deyarli barcha mamlakatlardagi qonunda mualliflik 
huquqi muhofazasi mahsulot yaratilishi bilan boshlanishini 
nazarda tutilgan”. Shu bois oldingi abzatsda aytib o‘tilgan 
mahsulotlar himoyalanishi uchun qandaydir mualliflik huquqi 
belgisi (©)ga yoki “Barcha huquqlar himoyalangan” yozuviga 
muhtoj emas.
Mualliflik huquqi haqidagi qonun zamonaviy texnologiya 
rivojlanishiga to‘liq mos kelmaydi. Elektron xabarni tarqatish 
alohida nazoratga olinmagan va bu odatiy holat hisoblanadi. 
Biroq xuddi qoʻlyozma maktubni nusxalash va tarqatish 
mualliflik huquqini buzgani kabi boshqalarning emailini 
tarqatish yoki veb-sahifani nusxalash mualliflik huquqining 
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Agar email oʻzida tahdidni ifodalasa, undan sudda dalil sifatida 
foydalanish ayrim mamlakat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan.

Download 132,8 Mb.
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish