|
•
auditoriyangiz vakillari kimlar ekani;
• Pdf ko'rish
|
bet | 209/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik•
auditoriyangiz vakillari kimlar ekani;
•
ularning sizga munosabati qandayligi;
•
siz yuborgan elektron xabar siz haqingizda qanday
taassurot uyg‘otishi;
Emaildan foydalanish boʻyicha ayrim maslahatlar:
•
Xabar yuborishdan oldin xabarni qisqa va professional
tarzda yuborish oʻrinli boʻlishi haqida bir qarorga keling.
•
Insonning o‘ziga ayta olmagan xabarni unga elektron
xabar ko‘rinishida yubormang.
•
Mavzu juda muhim sanaladi. Har doim email nima
haqidaligini koʻrsatuvchi mavzu qatoridan foydalanish
lozim. Qolaversa, ayrim foydalanuvchilar mavzu qatori
boʻsh boʻlgan emailni ochishmaydi.
10.01-rasm. Elektron xabar nima haqidaligini koʻrsatish uchun
ishonchli mavzu tanlanganiga ishonch hosil qiling.
•
Salomlashuv va imzo. Elektron xabar yozayotganingizda
uni shunchaki matn bilan boshlamang, mavzuga mos
salomlashuv so‘zidan foydalaning. Shuningdek, elektron
xabarni yozib tugatgach, uning oxiriga ismingizni joylash
ham muhim hisoblanadi.
• Boshqa insonni ham email orqali tashkil etilgan suhbatga
qoʻshish. Agar xabar nusxasini biror kishiga yubormoqchi
boʻlsangiz, cc deb nomlangan maydondan foydalaning.
bcc maydonidan esa elektron xabarni uni qabul qiluvchiga
bildirmagan holda boshqa kishiga yuborish uchun
foydalaniladi.
• Xabarni qisqa va tushunarli qilib yozing.
• Agar kasbiy faoliyatga oid rasmiy xabar tayyorlayotgan
bo‘lsangiz, grammatik jihatdan xatosini, imlo va tinish belgilari,
bosh harflardan toʻgʻri foydalanilganini tekshirish uchun uni
qayta oʻqib chiqishingiz talab qilinadi.
Tarmoq axloqi va mualliflik huquqi
“Tarmoq axloqi” atamasi ingliz tilida ‘netiquette’ so‘zining
o‘zbekcha tarjimasi bo‘lib, u internet so‘zidagi ‘net’ hamda
‘etiquette“ so‘zlarining birlashmasidan hosil qilinadi. Ushbu
atama Internetda post joylayotganingizda samimiy boʻlishlikni
va boshqalar fikrini hurmat qilishni anglatadi.
Agar siz Internetdagi online guruhlarning muhokamalarida
qatnashib kelayotgan bo‘lsangiz, aksariyat guruhlar oʻzini
10.01-SAVOL
Internet qidiruv tizimiga “Boshqa mamlakatdagi elektron
pochta haqidagi qonunlar” kalit soʻzlarini kiritib, biroz
izlanish olib boring. Sizga mamlakatlar roʻyxati va ayrim
mamlakatlarda qoʻllanadigan qonunlar koʻrinadi.
Ular oʻzida nimani aks ettirishi va nimani bajarishi haqida
eslab qolish uchun bir nechta qisqa izohlar yaratgan
holda oʻzingiz yashayotgan mamlakatda amal qiladigan
qonun va qoidalarni yozib olishingiz kerak.
Agar mamlakatingiz nomi qarshisida biror koʻrsatkichni
yoki hujjat nomini topa olmasangiz, fikringizcha,
mamlakatingizga mos kelishi mumkin boʻlgan qonun
turlari tasvirlangan bir nechta qisqa izohlarni yarating.
|
| |