|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 203/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikEkologik masalalar
Quyida loyiha bilan ishlash jarayonida e’tiborga olinishi kerak
bo‘lgan muammolar keltirilgan:
• Global muhit ifloslanishiga sanoat, transport va boshqa
yo‘nalishlarda yetkaziladigan zararni cheklovchi texnologik
materiallardan foydalanish.
• Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish.
Almashtirish mumkin boʻlgan energiya manbalari quyosh,
shamol, gidroelektrik va oqim energiyasi kabi tabiiy qayta
tiklanadigan manbalarni oʻz ichiga olishi mumkin.
• Qayta tiklanadigan materiallar – foydalanish uchun tezda
almashtirish mumkin boʻlgan materiallar hisoblanadi.
Masalan, boshqariladigan oʻrmonlardan olingan qogʻoz
kabi.
• Koʻp martalik mahsulotlar – qayta ishlab chiqish zaruratisiz
takroran ishlatish mumkin boʻlgan mahsulot hisoblanadi.
Masalan, eski sxemadan olingan va yangi sxemaga qo‘yib
ishlatiladigan chiplar.
• Qayta ishlash va takroran foydalanish mahsulotlari.
Masalan, alyumin banka va qogʻozni qayta ishlab, yangi
mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
Internetni nazorat qilish
Internetni nazorat qilish kerakmi? Agar “ha” boʻlsa, unda kim
internetni tartibga soladi va bunga qanday qilib erishish mumkin?
Ilgari hech qachon ommaviy kommunikatsiya va ijtimoiy
oʻzaro muloqot bugungi kunda internet taklif etayotgan
imkoniyatlar kabi katta taʼsirga ega boʻlmagan edi. Ayni
paytda hukumatda biz internetdan muloqot uchun qanday
foydalanishimizni monitoring qilish uchun katta imkoniyatlar
mavjud. Bu jarayonni o‘rganish katta boshqotirmani hal
etishga o‘xshaydi (9.04-rasm): Internetdan foydalanishni
tartibga solish kerakmi? Agar bu savolning javobi “ha” boʻlsa,
unda kim buni amalga oshiradi?
9.04-rasm. Internetni nazorat qilish.
9.04-SAVOL
Qayta ishlangan materiallar yordamida tayyorlangan
mahsulotlar, odatda, aniq yorliq bilan belgilanadi (9.03-rasm).
9.03-rasm. Ayrim qadoqlarda uchratish mumkin boʻlgan
qayta ishlash ikonkasi namunalari.
|
| |