|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 190/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
Josus-dasturlar: foydalanuvchining kompyuterga kiritadigan
parollari kabi harakatlarini yozib oladi va bu axborotni
malware dasturlarini yozgan shaxsga uzatadi.
Agar siz juda ehtiyot boʻlsangiz ham, boshqalar bilan musiqa,
fayl va fotosuratlarni ayirboshlash kabi odatiy veb-faoliyat
orqali kompyuter viruslarini yuqtirib olishingiz yoki oʻzingiz
bilmagan holda zararlangan veb-saytga kirishingiz mumkin.
Ehtimol, xato tufayli spam-xabarni ochgan boʻlishingiz
mumkin. Hattoki bepul oʻyinlarni yuklab olayotganingizda yoki
dasturiy taʼminotni oʻrnatayotganingizda ham xatarga duch
kelishingiz muqarrar.
Kompyuterni viruslardan qanday himoyalash
mumkin?
Kompyuteringizni virus zararlashidan saqlashning bir nechta
oddiy usullari mavjud:
• Antivirus dasturi oʻrnating va uni yaroqli holatda saqlang.
• Ruxsatingizsiz dasturiy taʼminot vositalari oʻrnatilishidan
saqlanish uchun antivirus dasturini oʻrnating.
• Agar ishonchli manbadan ekaniga ishonchingiz komil
boʻlmasa, hech qachon internetdan dasturlarni yuklab
olmang va oʻrnatmang.
• Agar skaner qilib koʻrmagan boʻlsangiz, elektron pochta
ilovasidagi hujjatlarini ochmang.
• Veb-saytlardagi shubhali tuyulgan havolalar ustiga bosmang.
• Agar xotira kartasi yoki kompakt-diskdan foydalansangiz,
biror faylni ochishdan oldin viruslarga qarshi tekshiruvni
ishga tushiring.
Moderatsiya qilinmaydigan forum ishtirokchilari amal
qilishi lozim boʻlgan qanday qoidalar mavjud?
8.07-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
Spam-xabarni qanday aniqlash va u haqida xabar
berishni oʻrganing. Outlook.com akkaunti orqali olingan
spam-xabarga qarshi qanday kurashishni oʻrganishni
boshlashingiz mumkin.
8.08-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
Har oy qancha yangi viruslar yozilishini aniqlashga urinib
koʻring. Keyin sizning antivirus dasturingiz qanchalik
tez-tez yangilanishini biling.
|
| |