• Qizil Sertifikat eskirgan, haqiqiy emas yoki xato. Sariq
  • Fishing Agar sizdan qandaydir maxfiy axborotni aldov yoʻli bilan olishga urinish yuz bersa, bu fishing
  • Men koʻrayotgan veb-sayt xavfsiz ekanini qanday




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet186/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Men koʻrayotgan veb-sayt xavfsiz ekanini qanday 
    qilib bilish mumkin?
    Baʼzida himoyalangan saytlarga kirish yoki chiqishda 
    ogohlantiruvchi xabarlar olasiz. Biroq, aksariyat brauzerlarda 
    ular himoyalanganini anglatuvchi ikonka ham mavjud va u
    odatda, kichkinagina yopiq qulfdan iborat (8.07-rasm). Mozilla 
    Firefox, Internet Explorer va Google Chrome brauzerlarida 
    ikonka manzil qatorida joylashgan.
    URL-manzilning boshi http:// oʻrniga https:// ekani yoki 
    yoʻqligini tekshirib koʻrishingiz ham mumkin. Agar shaxsiy 
    yoki maxfiy axborotni yuborsangiz, URL-manzil https:// bilan 
    boshlanishiga ishonch hosil qiling.
    Brauzer xavfsizligi holati qatorining ranglari, shuningdek, joriy 
    veb-sayt xavfsiz aloqadan foydalanishi haqida xabar qiladi. U 
    8.02-jadvalda koʻrsatilganidek, sertifikat haqiqiyligini anglatish 
    uchun har xil ranglarni aks ettiradi.
    Qizil
    Sertifikat eskirgan, haqiqiy emas yoki xato.
    Sariq
    Sertifikat yoki uni taqdim etgan 
    sertifikatlash markazining haqiqiyligini tekshirish 
    imkonsiz.
    Oq
    Sertifikat odatdagidek tekshiruvdan oʻtgan.
    Yashil
    Sertifikat kengaytirilgan tekshiruvdan 
    foydalanadi. Bu brauzer va veb-sayt oʻrtasidagi 
    aloqa shifrlanganini anglatadi.
    8.02-jadval. Brauzer xavfsizligi holatining ranglari.
    Fishing
    Agar sizdan qandaydir maxfiy axborotni aldov yoʻli bilan 
    olishga urinish yuz bersa, bu 
    fishing deb ataladi. Sizdan 
    axborot olishga urinayotgan shaxslar kredit kartasi yoki 
    bank maʼlumotlarini, ijtimoiy sugʻurta yoki haydovchilik 
    guvohnomasi raqamini soʻrashi mumkin.
    Sizga haqiqiydek tuyuladigan, biroq sizni elektron pochta 
    orqali muloqotga undovchi elektron xabar yuboriladi. Masalan, 
    oʻz bank rekvizitlaringizni soʻrovchi elektron xabar. Chunki 
    soʻrov bankingizdan kelgan deb oʻylashingiz mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Men koʻrayotgan veb-sayt xavfsiz ekanini qanday

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish